6-ma`ruza: Tojikiston hududi mezolit davri yodgorliklari. Reja: Dara-i-Sho‘rg‘or makoni. Tutqovul manzilgohi



Download 39,46 Kb.
bet1/6
Sana06.07.2022
Hajmi39,46 Kb.
#743714
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-ma`ruza


6-ma`ruza:Tojikiston hududi mezolit davri yodgorliklari.
Reja:
1.Dara-i-Sho‘rg‘or makoni.
2.Tutqovul manzilgohi.
3.Shugnov makoni.
4.Oq tanga manzilgohi.
5.Oshxona manzilgohi.
6.«Istiq» g‘or makoni.
Tojikiston hududi mezolit davri yodgorliklari nisbatan yaxshi o‘rganilgan. Bu borada arxeolog olimlardan, A.P.Okladnikov, V.A. Ranov, A.G.Amosova, A.Yusupov, V.A.Jukov, T.G. Filimonova kabi olimlarning tadqiqotlari muhim hisoblanadi. 1965 – 1984 yillar maboyinida 10 dan ortiq mezolit davri yodgorliklari tadqiqotiga erishilgan. Asosiy yodgorliklar Vaxsh, Kofirnigon va Panj vohalaridan topilgan bo‘lib, ulardan Tutqovul, Say-Sayyod, Oq tanga, Snugnov va Darai-Sno‘r yodgorliklarida bevosita qazilma ishlari bajarilgan. Madaniy qatlamlari buzilgan, lekin yaxshi tosh buyumlari to‘plami topilgan yodgorliklar Cnilchor-Cnashma, Makoni-Mor manzilgohlari hamda Beshkent vohasi manzilgohlari hisoblanadi(26-rasm).
1.Dara-i-Sho‘rg‘or makoni. Bu makon 1978 yil A.X.Ynsupov tomonidan Nurek suv ombori atrofini arxeologik qidiruv va kuzatuv jarayonida kashf etilgan. 1977-78 yillarda V.A.Ranov, A.X.YUsupov, T.Filimonovalar tomonidan makonda qazilma ishlari amalga oshirilgan. A.X.YUsupov va T.Filimonovalar ko‘rsatishicha mazkur g‘or makoni madaniy qatlamlari qisman buzilgan qatlamlar hisoblanadi. SHu bois arxeologik topilmalar aralashib ketgan. Hammasi bo‘lib 5000 dan ortiq arxeologik topilmalar qo‘lga kiritilgan va tosh buyumlari to‘plamlarining tipologik tahlili ularning 10 foiziga yaqini Hisor madaniyati elementlari tashkil etganligini ko‘rsatgan. Tosh qurollari T.T.Filimonova tomonidan maxsus trassalogik jihatdan o‘rganilgan bo‘lib, ilmiy tahlillar natijalaridan tosh buyumlarning ko‘pchiligi maxsus ishlov berilmasdan turmushda ishlatilgani ma’lum bo‘ldi.
2.Tutqovul manzilgohi. Bu yodgorlik Dushanbe shahridan chamasi 70 km Janubiy-SHarqiy tomonda Vaxsh daryosining yon bag‘rida joylashgan bo‘lib, 1956 yilda taniqli arxeolog A.P.Okladnikov tomonidan topilgan. Keyingi yillarda V.A.Ranov yodgorlikni atroflicha tadqiq etgan. Qazilma ishlari natijalari yodgorlikni ko‘p madaniy qatlamli ekanligini ko‘rsatdi va ular mezolit, neolit davri jamoalariga tegishli hisoblanadi. Xususan, tadqiqotchining ma’lumoticha 3-gorizont ilk mezolit davriga mansub bo‘lib, undan 300 dan ortiq tosh buyumlaridan iborat to‘plam qo‘lga kiritilgan. Tosh qurollari asosan chaqmoqtoshdan yasalgan bo‘lib, ularning tipologik tahliliga ko‘ra, bu to‘plamda yaxshi ishlov berilgan mikrolit qurollar, jumladan geometrik qurollar ko‘pchilikni tashkil etgan. O‘zaksimon qirg‘ich qurollarining, ponasimon qurollarning uchratilganiga asoslanib tadqiqotchilar bu madaniy qatlam mezolit jamoalariga tegishli ekanligi haqidagi xulosaga kelishgan. Qolgan madaniy qatlamlari neolit davriga oid deb topilgan.

Download 39,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish