6-ma’ruza. Sulton Jo‘ra va Quddus Muhammadiy ijodi reja



Download 46,79 Kb.
bet5/8
Sana28.01.2023
Hajmi46,79 Kb.
#904281
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-ma\'ruza

Yo dengizda suzuvchi,
Nimani qilsang tilak,
Bariga o`qish kerak.
O`quvchi, sendan talab,
Maktabga bor ertalab.
O`qi berib mehringni,
Qo`yib ko`ngil, zehningni,–
satrlari minglab bolalarning kelajagini belgilashda, ularni ilm-ma’rifatga oshno qilishda yo`l boshlovchi bo`lib xizmat qilgan bo`lsa, ajab emas. Chunki nihoyatda samimiy bu she’rida shoir har bir yosh kitobxon bilan g`oyibona uchrashib, dildan suhbatlashadi, ularni hayotda o`z o`rnini topib, vataniga, xalqiga, oilasiga munosib farzand bo`lishga chorlaydi. Juda katta ma’rifiy-ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan ushbu she’r badiiy-estetik qimmati nuqtayi nazaridan ham bolalar she’riyati xazinasidan o`rin egallaydi.
Quddus Muhammadiy ijodiga xos bo`lgan asosiy xususiyat uning asarlarida badiiylik, ma’rifiylik va tarbiyaviylikning uyg`unligi, chambarchas bog`lanib ketganligidadir. Shoir asarlarining yetakchi mavzulari Ona-Vatanga muhabbat, a’lo o`qish, fan va texnikani egallash, xulq-odobda kamolotga intilish singarilarda namoyon bo`ladi. U har bir she’rini bevosita bolalar hayotidan olib yozishga intiladi, kichkintoylarni a’lo o`qishga, kasb-hunar o`rganishga, odobli va mehnatsevar bo`lishga chorlaydi.
Shoir ijodida mehnatsevarlik va mehnatkashlar timsolini yaratish mavzusi ham alohida o`rin tutadi. "Mirob", "Bu binoni kim qurgan?", "Mamajon shofyor", "Mashinistka", "Ipak nimadan paydo bo`ladi?", "Militsioner amakim", "Sharofat xolam pazanda" she’rlarida shoir turli kasb egalarining fazilatlarini ulug`laydi, yosh kitobxonni kasb-hunar sirlari bilan tanishtiradi, mehnatkash inson qo`li bilan yaratilgan har bir buyumning yaratilish tarixini hikoya qilib beradi, eng oddiy kasb-hunardan ham go`zallik izlaydi, oddiy mehnat kishisi timsolini bolalar nazdida o`rnak bo`ladigan ulug`vor inson darajasiga ko`taradi Quddus Muhammadiy ijodiga xos jihatlardan yana biri ona-tabiatni tarannum etishda namoyon bo`ladi. U yurtimiz tabiati, fasllarining go`zalligini berilib tasvirlash bilan o`quvchida go`zallikni sevish hissini tarbiyalaydi, o`z fikrlarini tabiat tasviri, ko`rinishlari va fasllari orqali jonlantirib beradi. "Bahor ostonasida", "Bahor keldi", "Bahor meni chaqirar", "Bahor bilan so`zlashdim" turkum she’rlarida bahor kelishi bilan tabiat uyg`onishi, dala-dashtlar dehqonlar mehnati bilan yanada yashnab, ko`rk ochishi yorqin tasvirlar, poetik epitetlar, o`xshatish va jonlantirishlar vositasida go`zal badiiy bo`yoqlarda tasvirlasa, "Qish ham chiroyli", "Qish ertasi", "Qish boboning hazili" she`rlarida qish fasli go`zalliklarini yosh kitobxon nigohi bilan kashf etadi. Bu jihatdan, ayniqsa, shoirning "Bahor keldi" she`ri e`tiborga sazovordir:
Qo`llarida soz bilan,
Gul-g`uncha pardoz bilan,
Silkinib parvoz bilan,
Uchib turna g`oz bilan
Sevimli bahor keldi.
Shoir tabiatning uyg`onish fasli bo`lgan bahorni tom ma’noda jonlantirish bilan tabiatning uyg`onishini xursandchilik ayyomi, to`y-tomoshaga o`xshatadi, bahorning qo`llariga sozini olib, gul-g`unchalar bilan bezanib – pardoz qilib, yurtimizga bahorda tashrif buyuradigan turna-yu g`ozlar bilan birgalikda parvoz qilib kirib kelishi manzarasini yosh kitobxon ko`z o`ngida yorqin namoyon qilishga erishadi. "Bizning kuz" she’ridagi: Kuzimizning go`zalligin, Og`aynilar, ko`rganmisiz? Tokdan husayn, yerdan qirqma, Shoxdan behi uzganmisiz? Uzum uzib, sharbat suzib, Shinniga o`t yoqqanmisiz? Gala-gala do`stlar bilan Duv-duv yong`oq qoqqanmisiz? satrlari esa serquyosh o`lkamizdagi pishiqchilik fasli hisoblanmish kuzning o`ziga xos manzarasi yaratilganligi bilan e’tiborni tortadi.
Shoir ijodining ushbu qirralari qay jihatlardandir, xalq og`zaki ijodiga yaqinlashib ketadi, tasvir va ta’riflarning xalqona soddaligi, tabiiyligi, beg`uborligi bilan e’tiborni tortadi. Ma’lumki, Quddus Muhammadiy 1941-45- yillarda Islom shoirning kotibi bo`lgan. Ta’bir joiz bo`lsa, ushbu xalqonalik shogirdga ustozdan ko`chgan bo`lib, xalq og`zaki ijodi donoligining shoir ijodiga samarali ta’siri dalolatidir.
Quddus Muhammadiy she’rlaridagi yana bir fazilat shoirning jonli tabiatga tabiatshunos murabbiy sifatida nigoh tashlashi va undagi har bir dov-daraxt, o`simlik, gullar hamda jonivorlar – qushlardan qurt-qumursqalargacha har birini yosh kitobxonga tanishtirishi, eng oddiy narsalardan ham go`zallik izlashi, o`quvchining tabiat haqidagi tasavvurini boyitishi, bilmaganini bildirishi, ko`rmaganini ko`rsatishida aks etadi. "Tok daraxti bir xil-u, uzumi nega har xil?", "Tolim gullaydi-yu, nega meva tugmaydi?", "Shaftoli doktor", "Chuvalchang-traktor" she’rlari shu jihatdan xarakterlidir.
Shoir ijodining yana bir qirrasi yosh avlodning a’lo o`qishi, xulq-atvorining shakllanishiga xalaqit beradigan yomon odatlarni hajv yo`li bilan tasvirlash hamda o`tkir satira tig`i va yengil kulgi vositasida tuzatishga harakat qilishida ko`zga tashlanadi. Mashhur "Dum" she’ridan boshlab, "Ahmadjonga uyat", "O`tkirjon va vaqt", "Do`nansher nega “2” chi?", "Ravshanjonning qo`li tilga kirdi", "Tugmacha" singari ko`plab she’rlarida bolalar tabiatidagi turfa nuqsonlar ba’zan bevosita, ba’zan majoziy yo`lda hajv tig`i ostiga olinadi. Bu she’rlarni o`qigan yosh kitobxon hajv qilingan qahramonlar timsolida o`zini ham ko`radi, xulq-atvoridagi shunday kamchiliklardan tezroq qutulishga harakat qiladi. Muhimi shundaki, shoir ijtimoiy hayot voqealari va tabiat hodisalariga teran nazar tashlaydi, o`ziga xos ichki va tashqi tomonlarini, rivojlanish qonuniyatlarini chuqur idrok etgan holda ularni bolalar adabiyoti talablariga muvofiq, jonli va dinamik tarzda gavdalantiradi, badiiy umumlashma obrazlar yaratadi, asarlarini bolalarning yoshiga, talabiga va saviyasiga mos qilib yaratadi.
Quddus Muhammadiy "nimavoylar"ning savollariga jamiyatning ertasini o`ylagan holda javob izlashi sababi, she’rlar sarlavhasi ham savollardan iborat: "Dadajon, nima uchun oftob yerga qarab turadi?", "Kimning uyi eng kattakon?", "Hamma narsa yer ustida, yer o`zi nima ustida?", "Olcha nega qip-qizil?", "Yong`oqning qobig`i nega qattiq?", "Yong`oqni nega yong`oq deymiz?", "Tok daraxti bir xil-u uzumlari nega har xil?", "O`rik nega sarg`ayib pishadi?", "Jiydaning shoxi nega egik?", "Shaftolining bargi nega achchiq?", "Sada nega meva qilmas?", "Dada, bog`bon tokni nega qirqib turadi?", "Qora mushukchani mashina nega bosdi?", "Nima uchun mushuk odamlardan ajralmaydi?", "Mol nega kavsh qaytaradi?", "Chittak nega qittak?", "Qaldirg`ochlar charchamaydimi, dada?", "Laylakning oyoq-tumshug`i nega uzun?", "Qushlar qishda qayda qo`noqlar?", "Xo`roz nega qichqiradi?" kabi. Bular shunchaki jo`ngina savollar emas, har qanday ota-ona ham ularga dabdurustdan nima deb javob berishga qiynaladi. Aytaylik, o`rik nega sarg`ayib pishadi? – degan savolga g`o`raligida turshak bo`lgan o`rik quyosh nuri bilan haroratdan xlorofill so`rib, qizarib pishib yetiladi, deb javob bergudek bo`lsangiz, unda xlorofill nima, quyoshdan uni qanday so`radi, kabi yangidan-yangi savollar tug`iladi. Quddus Muhammadiyning topqirligi shundaki, u bunday savollarga insonning mehnati va kasbu korini sharaflovchi ma’noga ega didaktik javob topadi, bu didaktik javob yangi savolning tug`ilishiga deyarli o`rin qoldirmaydi. Aytaylik, chindan ham o`rik nega sarg`ayib pishadi? Shoir bu savolga shunday javob beradi: o`rik o`zini ekkan, vaqtida sug`organ, vaqtida tagini yumshatgan, vaqtida quruqshagan shox-shabbasini qirqib parvarishlagan inson dasturxonini ziynatlashni intiqlik bilan kuta-kuta rangi sarg`ayib, yetilib pisharmish. Shoir bunda xalqning "kuta-kuta rangi somon bo`ldi" iborasi mazmunini yangicha talqin etgan.
Quddus Muhammadiy she’rlarini to`plam tarzida tartib berishda sharqona mumtoz adabiyotimizning devon tartib berish an’analariga ijodiy munosabatda bo`lishga harakat qilib, o`z asarlaridan saralarini "Oftob, Yer, Suv, Havo", "Dovdaraxt mehrigiyo yashil do`stlar", "Yerdagi jon-u jondorlar", "Qanotlilar" hamda "Odam va maqollar" sarlavhalari ostida besh guruhga jamlab, 1971-yilda "Tabiat alifbesi" nomi bilan nashr ettirgan edi. Bu kitob yosh she’r ixlosmandlari tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilingach, shoir uning qismlarini kengaytirib kitob holiga keltirishga kirishdi, bu sohadagi izlanishlarini 1974-yilda boshlab, 1988-yilda intihosiga yetkazdi. Yetti yil davomida umumiy "Tabiat alifbesi" nomi ostidagi besh she’riy to`plam, chunonchi, "Tabiat alifbesi" (1-kitob, 1974), "Bog`larda bolalar" (2-kitob, 1976), "Qanotli do`stlar" (3-kitob, 1977), "Cho`pon bobo qo`shig`i" (4- kitob, 1979), "Odam - olam qo`shig`i (5-kitob, 1981) kabilar bosilib chiqdi.
Shu tariqa, Quddus Muhammadiy o`zbek bolalar adabiyoti tarixida ilk bor besh kitobdan iborat yaxlit majmua yaratish an’anasini boshlab berdi. Bu besh kitobdan iborat she’rlar majmuasi har qanday ko`p tomlik saylanma, yoki tanlangan asarlardan shunisi bilan farq qiladiki, ularning har bir kitobida alohida bir mavzudagi she’rlar, ertaklar jamlangan bo`lib, barchasi birgalikda tabiat alifbesidan saboq beruvchi yagona konsepsiyaga birlashtirilgan.
"Tabiat alifbesi" deb atalgan birinchi kitobda olam va uning tuzilishi, yil fasllari, jismlar va ularning inson hayotiga daxldorligini ifodalovchi quyosh, yer, suv va havo haqida bahs etuvchi she’rlar jamlangan bo`lsa, "Bog`larda bolalar" nomli ikkinchi kitob nabotot olamini tashkil etuvchi dov-daraxtlar, gullar, xullas, yashil do`stlar haqidagi she’rlardan tarkib topgan.
Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo`lgan uchinchi kitob "Qanotli do`stlar" deb nomlangan va unda qushlar olami, ularning xilma-xil tabiati hamda insonlar hayotiga daxldor qirralarini ifodalovchi she’rlar jamlab berilgan.
Masalan, kaptar haqidagi she’rda uning “g`uv-g`uv” xonishi va unga ohangdosh tovushlarning faolligi qush haqidagi tasavvurni uyg`ota oladi:

Download 46,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish