6-ma’ruza. Sulton Jo‘ra va Quddus Muhammadiy ijodi reja



Download 46,79 Kb.
bet6/8
Sana28.01.2023
Hajmi46,79 Kb.
#904281
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-ma\'ruza

Kaptarim deydi g`uv-g`uv,
G`uv-g`uvlab nima der u?
Kaptarimning so`zi bu,
Kaptar so`zi qizig`-u!
G`uv-g`uv degani o`quv,
O`quvga kerak uquv,
Kaptar maktabi yo`g`-u
Kitob-daftari yo`g`-u.
G`uv-g`uv so`zi– maktabi,
Daftar, qalam, kitobi.
Uni o`qib der g`uv-g`uv,
G`uv-g`uvning ma’nosi shu!
Diqqat qilinsa, butun she’r vujudidan kaptar ovozi taralayotganday, kaptar ovozini ifodalovchi “g`uv-g`uv” taqlidiy so`zi satrlar oxiridagi “u-bu”, “o`quv-uquv”, “yo`g`-u” va “shu” so`zlari hosil qilgan ohangdoshlik asosida nafaqat uning shakily, balki didaktik ma’nosi ham ahamiyatli ekani oydinlashadi. Kasb-hunar va mehnatga havas uyg`otuvchi she’rlar "Cho`pon bobo qo`shig`i" nomli to`rtinchi kitobga jamlangan bo`lsa, insonning tabiat farzandi ekanligi haqidagi she’rlar beshinchi kitob sanaluvchi "Odam – olam qo`shig`i" mundarijasini tashkil etadi. Shu zaylda besh she’riy kitob inson va uning hayoti, inson va uning tevarak-atrofida yashovchi qushlar, hayvonlar, hasharotlar, nabotot olami, osmon jismlari, yerdagi narsalar bilan munosabati mohiyatini bolalarga xos qarashlar zamirida badiiy talqin qilishga yo`naltirilgan xilma-xil janrlardagi asarlar silsilasini qamrab olgan. Shu fazilatiga ko`ra, bu besh she`riy kitob nainki Quddus Muhammadiy ijodida, balki XX asr o`zbek bolalar she’riyati tarixida ham o`ziga xos adabiy hodisa bo`lib qoldi. Uning bosh qahramoni esa bolalik va shoirning o`zidir.
Quddus Muhammadiy butun ijodiy faoliyati davomida xalqni o`z ustozi deb bildi, xalqning boy va qadimiy og`zaki badiiy ijodiga mehr bilan qaradi, uni qunt bilan o`rgandi. Xususan, xalq shoiri Islom ota Nazar o`g`liga shogird tushib, ancha vaqt davomida ijodiy muloqotda bo`lishi uning xalq ijodi sirlarini yanada chuqurroq idrok etishiga keng imkoniyat yaratdi. Xalq qo`shiqlari ritmidagi o`ynoqilikni yuzaga keltirgan vositalarni his eta boshladi, xalq afsonalari, rivoyat, naql, ertak va topishmoq janrlariga xos shakl, syujet motivlari va ritmidan ijodiy ilhomlanib, o`zbek bolalar epik poeziyasini folklorizmlarning xilma-xil jilolari bilan boyitdi. Natijada, "Tovuq nega qaqillaydi?", "Xo`roz nega qichqiradi?", "Mushuk nega pixillaydi?", "Olahakka og`zidan tug`ar emish", "Hakkavoyning xom xayoli", "Bulbul bilan mayna qissasi", "Oy yuzida nega dog` bor?", "Tentak soy", "Buvi va sandiq" qissasi, "Tut daraxti va ipak qurti tutilishi", "Zag`izg`on", "Toshbaqa" singari she’riy afsona va she’riy rivoyatlar, "Bir mayizni qirq bo`lib" she’riy naqli, "Bir o`zboshimcha chumchuq haqida", "Qo`ng`izoy bilan Sichqonvoy", "Sandal va pechka", "Chivin urushqoq va shamol botir", "Oltin daraxt", "Dono bobo va bir yuz besh pahlavon o`g`il va qizlari haqida ertak", "Ola bola va a’lo bola qissasi", "Bog`bon chol uch xum ertak aytganmish", "Erkinjon oyga chiqibdi", "Adashgan bola qissasi" kabi she’riy ertaklar hamda "Oltin olov, shirin palov va yashil qozon haqida topishmoq" she’riy ertak-topishmog`idan iborat oraliq janrlardagi asarlari dunyoga keldi.
Bundan tashqari, Quddus Muhammadiy mumtoz she’riyatimizdagi chistonnavislik an’analarini ijodiy rivojlantirib, "Toping-chi?", "Viz-viz", "O`ylab top", "Buni toping, bolalar, aytib bermang onalar" kabi qator she’riy topishmoqlarni yaratdi.
Aytaylik, “Toping-chi” topishmog`ida mikroskop, “O`ylab top” topishmog`ida kirpi yashiringan:
Dumdumaloq jonivor,
Tikanak choponi bor.
Kechasi ovga chiqar,
Ilonni tutib qirqar.
Hech narsadan qo`rqmaydi,
Suvga tushsa cho`kmaydi.
Olma, uzum yemishi,
Olmosdek o`tkir tishi.
Odamni ko`rsa koptok,
O`zi hayvon, o`ylab top!
Shoir topishmoq janri imkoniyatlaridan keng miqyosida foydalanishni ko`zlab, bolalarni ijtimoiy voqelikka faolroq aralashtiradigan va shu xususda fikr yuritishga da’vat etadigan topishmoq-she’r va topishmoq-ertak singari oraliq janrlarda quvnoq asarlar ijod qildi. "Buni toping, bolalar, aytib bermang, onalar" topishmoq she’rining dastlabki bandi yettilik shaklida: olti satri jumboqni tasvirlasa, so`nggi satri o`sha jumboq yechimini ifodalaydi. Keyingi bayti sakkizlik shaklida: yetti satrda jumboq tasvirlangan, keyingisida yechim berilgan. Jumboqlarning birinchisi – lolalar, ikkinchisi – buloqlar! Keyingi jumboq 21 satrda, to`rtinchi jumboq 20 satrda, beshinchi jumboq 10 satrda, oxirgi jumboq 11 satrda tasvirlanib, javobi sir tutilgan. Bularni topish o`quvchilarga havola qilingan.Topishmoq:

Download 46,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish