16.3-расм.
Kulachokli PKV markali PU lar nisbatan takomillashgan PU lar deb
hisoblanadi.
Rubilpniklar (uzgichlar) ga nisbatan paket uzgichlar va qayta ulagichlar
quyidagi afzalliklarga ega:
-
kichik o‘lchamlarga egaligi va montaj qilish osonligi;
-
elektr yoyining yopiq ‘ajmda o‘chirilishi;
-
bir vaqtning o‘zida bir necha zanjirni boshqarish imkoniyati;
-
nominal toklarni kommutatsiya qilish imkoniyati;
-
turtinish va tebranishga yuqori darajada bardosh berish qobiliyati.
Boshqarish apparatlari.
Bunday apparatlar toifasiga kontrollerlar,
komandoapparatlar va reostatlar kiradi.
Kontrollerlar
deb, dvigatelning bosh yoki qo‘zg‘atish zanjirlarini
o‘zgartirish, shuningdek, shu zanjirlarga kiritilgan qarshiliklar qiymatini
o‘zgartirish uchun belgilangan qo‘l bilan boshqariladigan ko‘p zanjirli, ko‘p
bosqichli apparatga aytiladi.
Kontrollerlarning uch turi mavjud bo‘lib, bular
baraban tipidagi,
kulachokli
va
yassi kontrollerlardir
.
Baraban tipidagi kontrollerlar
emirilishga qarshiligi nisbatan oz kontrollerlar
toifasiga kiradi va soatiga cheklangan miqdorda (240 martagacha) ulash
imkoniyatiga ega. SHunga ko‘ra bunday kontrollerlar nisbatan kam ulab-
uziladigan elektr zanjirlarida qo‘llaniladilar.
Kulachokli kontrollerlar
kontaktlarining kam emirilishi, soatiga ulab-uzish
miqdorini, PV=60% bo‘lgan xollar uchun, 600 tagacha oshirish imkonini beradi.
Kulachok tuzilishining asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, zanjirni uzish
kulachokning bo‘rtiq qismi (kengaygan qismi) hisobiga amalga oshiriladi, ulash
esa purjinaning bosish kuchi hisobiga amalga oshiriladi. SHu munosabat bilan
kontaktlar payvandlanib qolgan ‘ollarda ‘am ularni kulachok yordamida uzish
(ajratish) mumkin.
Katta quvvatga ega generatorlarning qo‘zg‘atish maydoni parametrlarini
ravon boshqarish, katta dvigatellarni yurgizish va ularning aylanish chastotalarini
boshqarish uchun bir necha bosqichli boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lish kerak.
Bunday ‘ollarda kulachokli kontrollerdan foydalanish maqsadga muvofiq deb
hisoblanmaydi, chunki ko‘p bosqichlilik ‘ususiyatiga ega bo‘lish apparatning
o‘lchamlarini keskin kattalashib ketishiga olib keladi. Dvigatelni yuritish va
boshqarishda soatiga bajarilishi lozim bo‘lgan ulab-uzishlar soni 10-12 martadan
ortmaydi. SHu sababli kontrollerlarga emirilishga bardoshlilik nuqtai nazaridan
katta talablar qo‘yilmaydi. Bunday ‘ollarda
yassi kontrollerlar
dan keng ko‘lamda
foydalaniladi.
Komandoapparatlar
deb, katta tok (kuchli tok) elektr apparatlarining
(kontaktorlarning) boshqarish zanjirlarida ulab-uzishni ta’minlash uchun
belgilangan uskuna (ji’oz)larga aytiladi. SHushningdek, bunday apparatlar kichik
quvvatdagi elektr mashinalarini, elektromagnitlarni va boshqa shu kabi
iste’molchilarni manbaga ulab-uzishda qo‘llaniladi.
Komandoapparatlar qo‘l yordamida ishga tushirilishlari mumkin (boshqarish
kalitlari, knopkalari; komandokontrollerlar) yoki nazorat etuvchi mexanizm
yordamida ishga tushirilishi mumkin (yo‘l (masofa) o‘chirgichlari- putevqe
vqklyuchateli).
Boshqarish knopkasi
eng oddiy komandoappart hisoblanib, dvigatellarning
yuritish, to‘xtatish, revers qilishning turli sxemalarini, kuch zanjirlarining
kommutatsiyasini amalga oshiruvchi kontaktorlarning elektromagnitlari zanjirlarini
ulab-uzish orqali, boshqarish uchun belgilangan. Boshqarish knopkalari
o‘zgaruvchan tok elektromagnitlarining zanjirlarini ‘am ulab-uzishni amalga
oshirishi, uning kontaktlari 60A tokni ishonchli o‘tkazishini ta’minlashi kerak
degan talabni qo‘yadi.
Qachonki, maxsus dastur asosida soatiga katta miqdorda ulab-uzish orqali
bir nechta boshqaruv zanjirlarning kommutatsiyasi talab qilingan ‘ollarda
komandokontrollerlar
qo‘llaniladi. Amaliyotda boshqarilmaydigan kulachokli
komandokontrollerlardan keng ko‘lamda foydalaniladi.
Reostat
o‘zidan elektr zanjiriga kiritiluvchi va o‘z elektr qarshiligi miqdorini
o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan rezistor bilan kontrollerdan iborat apparatni
ifodalaydi.
Belgilanishiga ko‘ra rezistorlar quyidagi turlarga bo‘linishi mumkin: yuritish
rezistorlari; tormozlash (to‘xtatish) rezistorlari; shuningdek - boshqarish,
qo‘shimcha, iqtisodiy, razryadli, ballast, yuklama, qizdirish, erga ulash va o‘rnatish
rezistorlari.
YUritish, tormozlash, razryadli va erga ulash rezistorlari asosan
qisqamuddatli rejimda ishlash uchun belgilangan bo‘lib, imkon darajasida kattaroq
qizish doimiysiga ega bo‘lishlari kerak. Qarshilik qiymatining o‘zgarmasligi nuqtai
nazaridan katta talab qo‘yilmaydi. Qolgan rezistorlarning barchasi deyarli uzoq
muddatli rejimda ishlash uchun belgilangan belib, kattaroq sovutish yuzasiga ega
bo‘lishlari kerak. Bunday rezistorlarning elektr qarshiligi o‘zgarmas (stabil)
bo‘lishi talab qilinadi.
Qanday materialdan yasalgan bo‘lishiga qarab rezistorlar-metalldan
yasalgan, suyuqlik, ko‘mir va keramik rezistorlarga bo‘linadi.
Belgilanishiga ko‘ra reostatlar
– yurituvchi; yuritib-boshqaruvchi;
boshqaruvchi, yuklama va qo‘zg‘atish reostatlariga bo‘linadi. YUrituvchi
reostatlarga qarshiligining o‘zgarmas (stabil) bo‘lishi nuqtai nazaridan qat’iy
talablar qo‘yilmaydi. Ular qisqa muddatli rejimda ishlash uchun belgilangan.
Qolgan reostatlarga ularning qarshiligi o‘zgarmas bo‘lishi talabi qo‘yiladi, ular
uzoq muddatli rejimda ishlash uchun mo‘ljallangan.
Elektr yuritmalari zanjirlarida ko‘proq metal rezistorli reostatlardan
foydalaniladi. Ular bilan juftlikda, ulab-uzuvchi apparat sifatida yassi, kulachokli
va baraban tipidagi kontrollerdan foydalaniladi.
Sovitish usuliga ko‘ra reostatlar ‘avo bilan sovutiluvchi, yog‘-moy bilan
sovitiluvchi, moy yoki suv bilan majburiy sovitiluvchi reostatlarga bo‘linadi.
‘avo bilan sovitiluvchi reostatlarda
ulab-uzuvchi qurilma va rezistorning
elementlari ‘avoda shunday joylashishlari kerak-ki, eng kichik o‘lchamdagi reostat
‘am yaxshi darajadagi sovitilishga ega bo‘lishlari kerak. Reostatning tashqi
qoplamasi (kojuxi yoki korpusi) ‘avoning aylanishiga qarshilik ko‘rsatmasligi,
kojuxning maksimal ‘arorati 160
0
S dan oshmasligi va ulab-uzish apparati
kontaktlarining ‘arorati esa 110
0
S dan oshmasligi kerak.
Reostatni tanlash uchun dvigatelning quvvati, uni yuritib yuborish sharoiti,
yuklama xususiyati va dvigatelpkuchlanishi ma’lum bo‘lishi talab qilinadi. Ushbu
parametrlarga asosan tegishli tablitsalardan reostat kattaligi va rezistor
elementlarining nomeri tanlanadi.
Moy bilan sovitiluvchi reostatlarda
rezistorlarning metall elementlari va
kontroller transformator moyi solingan idishga joylanadi. Qizish jarayonida katta
miqdordagi transformator moyi ishtirok etishi reostatning qizish bo‘yicha vaqt
doimiysini oshishiga olib keladi, bu esa o‘z o‘rnida katta quvvatdagi dvigatellarni
‘am kichik gabaritdagi reostat yordamida yuritish imkonini beradi.
Qizish davomida moy parchalanib, unda ‘osil bo‘lgan parchalanish
ma’sulotlari rezistor o‘tkazgichlari ustiga o‘tiradi va metal bilan moy o‘rtasidagi
issiqlik ta’sirlashuvini susaytiradi. SHunga ko‘ra moy ‘arorati 115
0
S dan ortmasligi
kerak.
Bunday reostatlarni tanlash uchun dvigatelp quvvati, statorning nominal
kuchlanishi sharoitida tormozlangan rotor kuchlanishi, rotorning nominal toki va
dvigatelpni yuritishdagi sharoit ma’lum bo‘lishi zarur.
Bir necha ming kilovatt quvvatdagi dvigatellarning burchak tezligini rostlash
uchun, uzoq muddat katta quvvatda (qariyb 500-600 kVt) ishlovchi reostatlar
qo‘llaniladi. Bunday ‘olda ‘avo bilan sovitiluvchi reostatning o‘lchamlari juda
kattalashib ketadi va elementlarda ajralayotgan issiqlikni tarqatish murakkablashib
ketadi. 3000 kVt quvvatdan katta quvvatlar uchun
suyuqlik bilan sovitiluvchi
reostatlar
dan foydalanish tavsiya etiladi, bunda sovutuvchi material sifatida
eletkrolit qorishmasi ishlatiladi. Bunday reostatlarning qarshiligi elektrolitga
tushirilgan elektrodlar o‘rtasidagi masofani o‘zgartirish yoki elektrodlar
yuzalarini o‘zgartirish hisobiga o‘zgartiriladi.
Isigan elektrolit suv bilan sovitiluvchi maxsus radiator-trubalar yordamida
sovutib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |