6-ma’ruza past kuchlanishli kommutatsion apparatlar va relelar. Reja


MAGNITLI ISHGA TUSHIRGICHLAR (YURITGICHLAR)



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana25.04.2022
Hajmi0,98 Mb.
#581300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-MA’RUZA

10.MAGNITLI ISHGA TUSHIRGICHLAR (YURITGICHLAR). 
MAGNITLI ISHGA TUSHIRGICHNING
 
TUZILISHI, ISHLASH PRINSIPI 
VA ULARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR. 
MAGNITLI ISHGA TUSHIRGICHNING ULANISH SXEMALARI. 
 
Magnitli ishga tushirgich; issiqlik relesi; yuklama ortib ketishidan ximoya; 
kontaktlar 
tebranishi 
(vibratsiyasi); 
elektrik 
(kommutatsion) 
emirilishga 
bardoshlilik;yuritgich elektromagniti; elektromagnit o‘zagi; xarakatlanuvchan 
kontakt detali; bosh (asosiy) va yordamchi kontaktlar; reversiv yuritgich; 
noreversiv yuritgich. 
 
Magnitli ishga tushirgich
deb, qiqsa tutashgan rotorli asinxron dvigatelpni 
(AD) ishga tushirib yuboruvchi kontaktorga aytiladi. Magnit yuritgich tarkibiga
kontaktordan tashqari, AD ni yuklama toki ortib ketishidan va «fazaning yo‘qolib 
qolishi»dan ximoya qilish uchun belgilangan issiqlik relesi ‘am kiradi. AD larning 
uzoq muddat uzluksiz ishlashi ko‘p ji’atdan magnit yuritgichning ishonchli 
ishlashiga bog‘liq. SHuning uchun magnit yuritgichlariga emirilishga bardoshlilik, 
kommutatsion qobiliyat, aniq ishlab ketish, yuklama toklari va iste’mol quvvati 
ortib ketishidan ishonchli ximoya kabilar nuqtai nazaridan yuksak talablar 
qo‘yiladi. 
Magnit yuritgichlarining asosiy xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. 
AD manbaga ulanganda uning yuritish paytidagi toki («pusk» paytidagi) 
nominal tokning 6-7 barobari miqdorida ortib ketadi. Tokning bunday qiymatida 
kontaktlardagi engil tebranish xam ularni ishdan chiqarib qo‘yishi mumkin. 
Kontaktlarning tebranish (vibratsiya) vaqtini kamaytirish uchun kontaktlar va 
xarakatlanuvchi qismlar imkon darajasida engil qilib yasaladi, xarakat tezligi 
kamaytiriladi va kontaktlarga bosish kuchi oshiriladi. Ushbu tadbirlarga amal 
qilish oqibatida katta kommutatsion (elektrik) emirilishga bardoshlilikka ega 


bo‘lgan (soatiga ulab-uzishlar soni 600 bo‘lgani xolda jami 2 
.
10
6
operatsiyaga 
mo‘ljallangan) PA va PME seriyadagi magnit yuritgichlar yaratilgan. 
Tok kuchi 100A gacha bo‘lgan yuritgich kontaktlariga kumush yuritiladi, 
tok kuchi 100A dan ortiq bo‘lgan xollar uchun esa kontaktlar kumush va kadmiy 
oksididan (SOK) iborat kompozitsiyadan tayyorlanadi. 
Dvigatelni manbadan uzish paytida kontaktlardagi tiklanuvchi kuchlanish 
manba kuchlanishi bilan dvigatelp e.yu.k. si o‘rtasidagi farqqa teng bo‘lib, natijada 
kontaktlarda bor-yo‘g‘i nominal kuchlanishning 15-20% miqdorida kuchlanish 
bo‘ladi, bu esa dvigatelpni manbadan uzishga engil sharoit yaratadi. Lekin AD 
ishlashi davomida amaliyotda shunday xol uchraydiki, dvigtelpni yuritiboq 
manbadan uzishga to‘g‘ri keladi, bunday paytda yuritgich dvigatelpni nominal 
tokning etti barobar katta miqdorida va nominal kuchlanishga teng bo‘lgan 
tiklanish kuchlanishi miqdorida manbadan uzishiga to‘g‘ri keladi. 
Magnit yuritgichi tormozlab qo‘yilgan dvigatelpni 50 marta ulab-uzgandan 
keyin ‘am normal ishlashni tapminlashi kerak. YUritgichning pasportida uning 
nominal toki miqdoridan tashqari, yuritgichning turli kuchlanishlarda ishlashi 
mumkin bo‘lgan dvigatelpning quvvati keltirilgan bo‘ladi. YUritgich tomonidan 
uzilayotgan zanjir toki kuchlanish ortishi bilan nisbatan sezilarli bo‘lmagan xolda 
kamayishi munosabati bilan, yuritgich ishlashi mumkin bo‘lgan dvigatelp quvvati 
nominal kuchlanish ortishi bilan ortib boradi. Ishchi kuchlanishning eng katta 
qiymati 500 V ga teng. 
Tekshirishlarning 
ko‘rsatishlaricha 
magnit 
yuritgichning 
elektrik 
(kommutatsion) emirilishga bardoshliligi dvigatel quvvatining 1,5-2,0- darajadagi 
qiymatiga teskari proporsional ekan. YUritgichning xizmat muddatini oshirish 
uchun, uni tanlashda nisbatan kattaroq quvvatgamo‘ljallab tanlanadi. 
Magnitli yuritgichning konstruksiyasi va ulanish sxemasi. 
PME va PA seriyadagi yuritgichlar amaliyotda keng tarqalgan. 
10.1-rasmda PME seriyadagi yuritgichning umumiy ko‘rinishi keltirilgan. 
Xarakatlanuvchan kontakt 1 ko‘prik shaklida 
yasalgan. Tok uzatuvchi shinachalar 3 qo‘zg‘almas 
kontakt-detali 4 ga shunday tartibda ulanganki, 
bunda xosil bo‘layotgan elektrodinamik kuchlar 
xosil bo‘lgan yoyni kontaktdan tashqariga siqib 
chiqarishga (puflashga) yo‘naltirilgan bo‘ladi. 
To‘g‘ri 
xarakatlanuvchan 
tipdagi 
elektromagnit SH-shakldagi o‘zak 5 va yakorp 6 ni 
o‘z ichiga oladi. YUritgich, boshlang‘ich xolatga, 
prujina7 yordamida keltiriladi. Qisqa tutashgan 
cho‘lg‘amlar (‘alqalar) 8 o‘zakning ikki chekkadagi 
sterjenplarga o‘rnatilgan. Elektromagnitning yakori 
6 izolyasion traversa 9 bilan bog‘liqdir. Izolyasion 
traversa 9 ga kontakt prujinasi 2 bilan ta’minlangan 
xarakatlanuvchan kontaktlar 1 qotirilgan bo‘ladi. 
YUritgich beshta bosh (asosiy) va ikkita yordamchi 
kontakt 12 ga ega bo‘lishi mumkin. Elektromagnit 

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish