Analitik geometriya fani haqida qisqacha ma‘lumot.
Analitik geometriya fanining asoschisi fransuz matematigi va filosofi R.Dekart ekanligi aytib o’tilgan edi. Analitik geometriya–oliy matematikaning geometrik figuralarni algebraik ifoda etuvchi va algebraik ifodalarga geometrik ma‘no beruvchi tarmog’i. Analitik geometriya fani geometriyani algebra va matematik analiz fanlari bilan uzviy bog’lovchi bo’g’in hisoblanadi.
Elementar geometriya planometriya va stereometriyaga bo’linganligi kabi; analitik geometriya ham ikki qismga: 1) tekislikdagi analitik geometriya
2) fazodagi analitik geometriyaga bo’linadi.
Analitik geometriyani o’rganishni uning birinchi qismi-tekislikdagi analitik geometriyani o’rganishdan boshlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |