5. Ko‘pik qanday hosil qilinadi ?
Havo yoki biror boshqa gaz bilan to‘ldirilgan va bir-biridan suyuqlik pardasi bilan ajralgan kataklardan tashkil topgan dispers sistema ko‘pik deb ataladi.
Ko‘piklarning hosil bo‘lish mexanizmi asosan bir xil bo‘lib, u ko‘pik qaysi usulda olinganiga bog‘liq emas. Havo pufakchalari suyuqlik ichida dastavval gaz-suyuqlik emulsiyasi hosil qiladi, so‘ngra ular yuqoriga ko‘tarilib, o‘z sirtida parda hosil qiladi va nihoyat qavat – qavat bo‘lib yig‘iladi, natijada ko‘pik vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |