3. Emulgatorlar qo‘shmay emulsiya hosil qilib bo‘ladimi ?
Emulsiyalar qanchalik suyultirilgan bo‘lsa, ayrim tomchilar to‘qnashishi shunchalik siyraklashadi va barqaror emulsiya hosil qilish uchun emulgator shunchalik kam ketadi.
Neft, o‘simlik moyi va shunga o‘xshash tipdagi moddalarga odatda ozroq sirt – aktiv moddalar aralashgan bo‘ladi; bu moddalar tomchilarga adsorbilanib, emulgator rolini o‘tashi mumkin. Shu sababli bunday moddalar suvga qo‘shib chayqatilsa, suyultirilgan emulsiya hosil bo‘lishi oson. Bu aralashmalar borligi tufayli, zarrachalarda elektr zaryadi va “moyning suvdagi” tipidagi emulsiyada qo‘sh elektr qavati vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |