Randalash
stanogi
—
mashinasozlikda
—
tekis
yuzalarni ishlashga
mo’ljallangan metall kesish
stanogi. Bajaradigan ishi va
tuzilishiga qarab, bo’ylama,
ko’ndalang va o’yish
stanoklari (keskichi vertikal
harakatlanadigan) ga
bo’linadi. Ish prosessi asosiy
— kesish (randalash) va salt yurish vaqtidagi ilgarilama-qaytma harakatdan iborat.
Ko’ndalang randalash stanogi
buyumlarning kichik va o’rtacha o’lchamli
gorizontal, vertikal va qiya yuzalarini randalash uchun ishlatiladi. Buylama
randalash stanogi buyumlarning to’g’ri chiziqli ensiz va uzun yuzalarini randalash
uchun ishlatiladi. Bo’ylama randalash stanogida, asosan, stolga mahkamlangan
zagotovka stanina yo’naltiruvchilari bo’ylab suriladi. Stoykalarning vertikal
yo’naltiruvchilariga traversa mahkamlangan. Unga esa ikki keschik tutqichli
support o’rnatilgan. Ishlov beriladigan buyumning gabarit o’lchamlariga qarab,
traversani stoykada surish va tegishli vaziyatga mahkamlab qo’yish mumkin.
Randalash vaqtida vertikal supportlar bilan yon support davriy ravishda surilib
turadi. Randalash stanogi stanok staninalari, plitalar, podshipnik korpuslarning
tagliklari va boshqalarga ishlov berish uchun ishlatiladi; 2) yog’och ishlashda —
aylanuvchi keskichli mashina. Yog’och buyumlar sirtini silliqlash (asosan, arra
izini yo’qotish), buyumni aniq o’lchamga keltirish, shakldor profil hosil qilish
(masalan, plintuslar) va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Bir, ikki va to’rt
tomonlama randalaydigan xillari bor. To’rt tomonlama randalash stanogi
23 – rasm. Randalash stanogi 1SP 30 markali to`rt tomonlama
randalash stanogi: 1 – ustki bosish moslamalari, 2 – vertikal
pichoqli kallaklar, 3 – ustki pichqli, val, 4 – pastki pichoqli val,
5 – valikli surish mexanizmi.
36
(23-rasmga qarang) yarim avtomat hisoblanadi. Unda 4 ta va undan ko’p
keskichli val, qo’zg’almas silliqlash keskichi va yog’ochni surib turadigan
mexanizm bor.
Tokarlik stanogi
—ko’ndalang kesim doiraviy bo’lgan buyumlarga qirindi
olish yo’li bilan (yo’nib) ishlov beradigan
metall kesish stanogi.
Vazifasiga qarab
universal va mahsus tokarlik stanogiga, ishlov beriladigan materialiga qarab
metall, yog’och va boshqa materiallar ishlaydigan tokarlik stanogiga, ishlab
chiqarish xarakteriga va ish unumdorligiga sarab markaziy, revolver, bir va ko’p
shpindelli, ko’p keskichli, karusel, avtomatlar, yarim avtomat va boshqa tokarlik
stanogiga bo’linadi.
Mahsus tokarlik stanogi ma’lum detallar, masalan, silliq va pog’onali vallar,
prokat valiklar, turli trubalar va b. buyumlarga ishlov beradi. Universal tokarlik
stanogi tokarlik ishlaridan tashqari turli xil operasichlarni bajaradi. Universal
stanoklardan eng ko’p tarqalgani tokarlik-vint qirqish stanoklaridir.
Tokarlik stanogi asosan, stanina 1, oldingi babka 4, ketingi babka 6 dan iborat
(24-rasmga). Stanina — stanokning asosiy qismi bo’lib, oldingi 2 va ketingi
tumbalarga o’rnatiladi. Staninaga stanokning barcha uzellari joylashtiriladi.
Stanina bir vaqtning o’zida support 7 ning bo’ylama salazkalarini va ketingi
babkani stanok o’qi bo’ylab yo’naltirish uchun xizmat qiladi. Oldingi babka
staninaga qo’zg’almaydigan qilib mahkamlangan, unga stanokning muhim qismi
— shpindelli uzel montaj qilingan. Oldingi babkada shpindelning turli tezliklar
beryalian yuritma (tezliklar qutisi) bor. Shpindel ichi hovol val bo’lib oldingi
uchiga patron yoki planshayba o’rnatiladi. Oldingi babka korpusida revers
mexanizmi bor, revers mexapizmi esa rezba qirqishda supportning surishlar
yo’nalishiki o’zgartirish
uchun xizmat qiladi. Ketingi
babka staninaning o’ng
tomoniga o’rnatiladi;
markazlar orasiga siqib
qo’yilgan zagotovkani tutib
turish. asboblar (parma,
zenker, razvertka va
boshqani mahkamlash
uchun xizmat qiladi va
asboblarning surilishini
ta’minlaydi.
Support 7 ko’ndalang
va bo’ylama salazkalardan
iborat bo’lib, staninaning
yo’naltiruvchilari bo’ylab
harakatlanadi. Salazkalar ustiga keskich tutqich o’rnatilgan, keskichni ko’ndalang
va bo’ylama yo’nalishda hamda shpindel o’qiga nisbatan istalgancha burchak
ostida dastaki va mexanik siljishiga imkon beradi.
Fartuk 5 support karetkasiga mahkamlangan. Unda supportni surish
mexanizmlari joylashgan. Surish vali 9 dan bo’ylama va ko’ndalang yo’nalishda,
24 – rasm. 1K62 modelli tokorlik vint qirqish
stanogining umumiy ko`rinishi.
37
surish vinti 10 dan esa rezba qirqishda foydalaniladi. Surish qutisi 11 supportni
bo’ylama va ko’ndalang surilish kattaligini o’zgartiradi, shuningdek surish vali
yoki surish vintlariga kerakli harakat uzatadi. Tokarlik-vint qirqish stanoklarida
tokarlik, yo’nib kengaytirish, parmalash, rezba qirqish va boshqa ishlardan
tashqari, moslamalar yordamida silliqlash, frezalash va boshqa ishlarni bajarish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |