xususan, yadro energetikasida ishlatiladi.
Niobiy qotishmalar
(niobievie splavi)— niobiyga molibden, volfram,
sirkoniy, titan, vanadiy va boshqa elementlar qo’shib olingan qotishmalar. Issiq-
bardoshligi yuqori, etarlicha texnologik ishlanadi, agressiv muhitlar va suyuq
metallar korroziyalari ta’siriga chidamli. Ba’zi niobiy qotishmalari
o’ta elektr
o’tkazuvchan. Niobiy qotishmalari olovbardoshligi past bo’lib yuqori t-ralarda
uzoq muddat ishlashi uchun unga ximoya qoplamasi kerak. Yadro energetikasi,
kimyo sanoatida, raketa va KA lar detallarini tayyorlashda ishlatiladi.
Uran qotishmalari (uranovie splavi)— tarkibida molibden, sirkoniy,
alyuminiy, niobiy, xrom, tetan, kremniy bo’lgan uran asosidagi qotishmalar. Uran
qotishmalari sof uranga nisbatan (yadro reaktori ish sharoitida) mustahkam,
korroziya bardoshligi yuqori va o’lchamlarining o’zgarmasligi bilan farq qiladi;
yadro reaktorlar uran qotishmalaridan issiqlik ajratish elementlarining o’zaklari
tayyorlanadi.
1.4. ALYUMINIY QOTISHMALAR
Mashinasozlik sanoatida sof alyuminiydan foydalanilmaydi, chunki uning
mexanik xossalari past bo’ladi, lekin alyuminiy qotishmalaridan keng
foydalaniladi.
Alyuminiy qotishmalarining ancha puxtaligi, quyma xossalarining yaxshiligi,
yaxshi qirsib ishlanishi, korroziyaga chidamliligi kabi o’ziga hos xususiyatlariga
ko’ra, ulardan turli quyma detallar, jumladan, dvigatel golovkalari, shatunlar,
porshenlar olinadi. Alyuminiy qotishmalarining mexanik xossalari uning xi-
miyaviy tarkibiga va strukturasiga bog’liqdir.
Alyuminiy zichligi kam,
yaxshi presslanadigan, cho’kichlanadigan,
shtampovkalanadigan, qirqiladigan va elsktr toki hamda issiqlikni yaxshi
o’tkazadigan metalldir. Undan mashinasozlikda, xususan samolstsozlikda,
priborsozlik va elektr sanoatida (sof va qotishmalar holida) ksng foydalaniladi.
Quymalar olishda foydalaniladigan alyuminiy qotishmalari tarkibiga, fizik va
mexanik xossalariga ko’ra tubandagi besh guruhga bo’linadi:
Alyuminiy bilan kremniy qotishmalari.
Bu qotishmalar tarkibida kremniy
miqdori 6—13% ga etadi, ularda kremniydan boshqa qo’shimchalar ham bo’ladi.
Bu qotishmalarda quyilish xossalari yuqori bo’lishi bilan birga, mexanik xossalari
ham yaxshidir. Alyuminiy bilan kremniy qotishmalarining AL2, AL4, AL4V, AL9
va AL9V markalari bo’lib, ular
siluminlar
deb ataladi. Bu qotishmalardan turli
shakldagi murakkab quymalar olishda keng foydalaniladi.
1.
Alyuminiy bilan magniy qotishmalari.
Bu qotishmalarning tarkibida
magniyning miqdori 4% dan ortiqdir, ularda qisman boshqa qo’shimchalar ham
bo’ladi. Al — Mg qotishmalari korroziyaga yaxshi qarshilik ko’rsatuvchi, puxta va
engil qotishmalardir, lekin ularning suyuq holatda oquvchanligi pastroq, hajmiy
18
qisqaruvchanligi yuqoriroq bo’lib, darzlar hosil qilishi mumkin. A1 — Mg
qotishmalarining AL 8, AL 13 kabi markalari bor.
2.
Alyuminiy bilan mis qotishmalari
tarkibida misning miqdori 4% dan
ortiqdir, ularda qisman boshsa qo’shimchalar ham bo’ladi. Bu qotishmalar
eyilishga yaxshi qarshilik ko’rsatish xususiyatiga ega, lekin qotishmalarning
quyilish xossalari va korroziyaga qarshilik ko’rsatish xususiyati yuqorida ko’rib
o’tilgan qotishmalarnikiga qaraganda ancha past.Bu gruppa qotishmalariga AL7,
AL7V va AL12 markalar kiradi.
3.
Alyuminiyning mis va kremniyli qotishmalari.
Bu qotishmalar
tarkibida misning miqdori 1—8% gacha, kremniyning miqdori 3—6% gacha
bo’lib, ularning suyuq holatda oquvchanligi, korroziyaga chidamliligi yusori
bo’lish bilan birga yaxshi payvandlanadi. Bu gruppa qotishmalariga ALZ, ALZV,
AL5, AL6, ALYuV va AL15V markalari kiradi.
4.
Alyuminiyning murakkab tarkibli qotishmalari.
Bu qotishmalarga AL1
markali qotishma kiradi, uning tarkibi da 3,75-4,5% Si, 1,25-1,75% Mg va 1,75—
2,25% № bo’ladi. Bu qotishmalar yuqorida ko’rib o’tilgan boshqa qotishmalardai
o’zinnng o’tga chidamliligi, puxtaligi, suyuq holatda oquvchanligining pastligi va
hajmiy qisqarishining yuqoriligi bilan farqlanadi.
Alyuminiy
- eng egiluvchan va yumshoq oq-kumush rangdagi metall, u
nisbatan engil zichligi 2699 kg/m3 va erish temperaturasi past (660 °C). Alyuminiy
erda eng ko'p tarqalgan metall (er qobig'i massasidan 7,45 %). Kimiyoviy aktiv
bo'lgani uchun bu metall asosan oksid ko'rinishda uchraydi (glinozyom AL203),
uni ishlab chiqarish uch esa juda ko'p elektr energiya talab qilinadi. Aluminiy
ishlab chiqarish uch etabdan iborat: aluminiy rudasidan glinozyom chiqarish;
glinozyomni elekrolizlash; birlamchi aluminiyni rafmasiya qilish. Aluminiyni
yuqori elektr va issiq o'tqazuvchanlik xususiyatiga ega, hamda korroziyaga
bardoshlik bilan farqlanadi. Undan elektr simlari va uy uchun har xil jihozlar
tayyorlanadi. Nisbatan mexanik ko'rsatkichlari past bo'lgani uchun aluminiyni
mashinasozlikda uning o'zidan ko'ra uning qotishmalari ishlatiladi. Aluminiy eng
ko’p tarqalgan legirlovchi qo’shilmalardan biri. Texnikadagi ko’pchilik
metallar alyuminotermiya usulida olinadi. Aluminiyning turli birikmalari ham
keng ishlatiladi; masalan, alyuminiyli achchiq tosh qadimdan gazmollarni
bo’yashda, teri oshlashda, bo’yoqni mustahkamlashda foydalanilgan.
Alyuminiy konstruksiyalar
(alyuminievie konstruksi), qurilishda asosiy
materiali alyuminiy qotishmalari yoki texnik alyuminiydan iborat bo’lgan
konstruksiya va buyumlar. Afzalligi: engil, mustaxkam, ko’pga chidamli,
bezak uchun mosligi; kamchiligi: bir xil mustahkamlikdagi birikmalar
(ayniqsa, payvand birikmalar) olishning murakkabligi, alyuminiy qotishmalar
elastiklik modulining pastligini (po’latga nisbatan taxminan 3 marta) hisobga
olish zarurligi. Alyuminiy qonstruksiyalari tayyorlashda yupqa (1 mm dan
kam) metall list va presslangan yupqa devorli profillar ishlatiladi.
Alyuminiy qotishmalari
(alyuminievie splavi)— alyuminiy asosidagi mis,
magniy, rux, kremniy, marganes, litiy, kadmiy, sirkoniy, xrom va
boshqaqo’shilmali qotishmalar. Mexanik xossalari yuqori, zichligi kichik,
elektr
va
issiqlik
o’tkazuvchanligi
yuqori,
korroziyabardosh.
19
Mashinasozlikning ko’p sohalarida, qurilishda, ro’zg’or buyumlari ishlab
chiqarishda ishlatiladi. Ishlab chiqarish usullariga qarab, alyuminiy
qotishmalarini deformasiyalanadigan, quyma va termik ishlanadigan xillarga
ajratish mumkin. Ishlab chiqarilish va ishlatilish hajyicha qora metallardan
keyin ikkinchi o’rinda turadi. — ko’p qismi alyuminiydan iborat qrtishmalar.
Alyuminiy qotishmalari alyuminiyga Si, Si, Mg, Zn, Mn, Ni, Fe, Ti va boshka
elementlarni alohida-alohida yoki ma’lum kombinasiyada so’shib suyuqlantirish
yo’li bilan tayyorlanadi. A. s.ga legirlovchi elementlar sifatida Ni, Cr, Sa va
boshqalar, qotishma xossalarini yaxshilaydigan elementlar sifatida esa oz
miqdorda Na, Be, Ti, Ce, Nb ham qo’shiladi. Bu elementlar fizik, knmyoviy va
mexanik xossalari xilma-xil alyuminiy qotishmalari hosil qilishga imkon beradi.
Aviasiya sanoatida alyuminiy qotishmalari ayniqsa, keng ishlatiladi, chunki
alyuminiy qotishmalari engil bo’lishi bilan birga ancha puxta hamdir. Alyuminiy
qotishmalari deformasiyalanadigan va quyiladigan qotishmalar gruppasiga
bo’linadi. Deformasiyalanadigan alyuminiy qotishmalari har xil yarim fabrikatlar
va buyumlar tayyorlash uchun, quyiladigan alyuminiy qotishmalari esa, xilma-xil
detallar quyish uchun ishlatiladi.
Alyuminiylash
(alyuminirovanie)— metall buyumlarni korroziyadan
saqlash, tashqi ko’rinishini yaxshilash, ularga mahsus fizik-kimyoviy xossa
berish maqsadida ular sirtiga alyuminiy yoki ular asosidagi qotishmalarni
yugurtirish. Diffuznoy usul (k,.
Alitirlash),
gazlanganli va plazmali purkash,
plakirovkalash,
metallni vakuum ostida bug’latish, eritmaga botirish bilan
amalga oshiriladi. Samolyot, raketa, avtomobil detallari, k. x. inventarlari,
ro’zg’or buyumlari va boshqa alyuminiylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |