6. 3–jadval.
Sexdagi elektr energiya, yoqilg‘i, gaz, flyus va olov bardosh g‘ishtlarni sarfi
Sarflanadigan
mahsulotlar
|
Reja bo‘yicha
sarfi
|
Haqiqiy
sarfi
|
Flyus:
NaCl
KCl
NaF
Plavik shpati
|
4 kg/t
5 kg/t
1 kg/t
0,3 kg/t
|
0.8
-
-
-
|
Elektr energiya
|
776,8 kVt s
|
858 kVt s
|
Gaz
|
380 kg/t
|
380 kg/t
|
Inert gazlar
|
1,5 m3/t
|
1,5 m3/t
|
Olovbardosh g‘ishtlar, yiliga:
M-91
SHA
|
15,2 t
44,0 t
|
15,2 t
44,0 t
|
6.2. Mis parchalari va chiqindilarni qayta ishlash asosiy bosqichlari
Mis tarkibli temir-tersak va chiqindilaridan sifatli mis olish bir qancha mustaqil jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Ikkilamchi mis ishlab chiqarish ikkita asosiy bosqichga bo‘linadi:
1) mis eritish zavodlarida, mis tarkibli temir-tersak va chiqindilardan xomaki mis olish uchun ularni eritish;
2) xomaki misni qayta ishlab mis katodlari va vayerbarslar olish. Vayerbars - bu asosan sim olish uchun, toza misdan quyulgan tayyor, g‘o‘la shaklidagi mahsulotdir.
Mis tarkibli temir-tersak va chiqindilarini qayta ishlash quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
1) temir-tersaklarni qabul qilish va pirotexnik ko‘rigidan o‘tkazish;
2) xom ashyoni eritishga tayyorlash:
a) navlarga ajratish;
b) o‘ram-o‘ram materiallarni maydalash va mayda fraksiyalarni qizdirib biriktirish;
v) o‘lchamlari (gabariti) katta va murakkab temir-tersaklarni ajratish;
g) metall chiqindilarini ixcham, zich kompakt holga keltirish;
d) portlash xavfi bo‘lgan temir-tersak va chiqindilarni zararsizlantirish;
3) shixta tayyorlash;
4) tayyorlangan shixtani pechda eritish va xomaki mis olish;
5) olingan xomaki misni konvertirlash;
6) konverter misini olovli tozalash va anodlar hosil qilish;
7) mis anodlarini elektrolitik tozalash;
8) katod mislarini eritib, vayerbars shakliga keltirish;
9) pechlardan, konvertirdan chiqayotgan gazlarni tozalash;
10) ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash.
Sanab o‘tilgan jarayonlar turli xil sxema shaklida birlashtiriladi (6.7-rasm).
6.7-rasm. Ikkilamchi mis tarkibli materiallarni qayta ishlash sxemasi
6.8-rasm. Ikkilamchi mis tarkibli temir-tersak va chiqindilarga ishlov berish.
Ikkilamchi mis tarkibli temir-tersak va chiqindilarni qayta ishlash (6.8-rasm) natijasida turli hil mahsulotlar hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan mahsulotlar asosan eritish natijasida yuzaga keladi. Bu mahsulotlarni turlari va kimyoviy miqdori 6.4-jadvalda keltirilgan.
6.4-jadval.
Ikkilamchi mis tarkibli temir-tersak va chiqindilarni qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar tarkibi
Do'stlaringiz bilan baham: |