6.3-rasm. Barabanli aylanuvchi pechi
Bu pech po‘lat qoplangan baraban shaklda bo‘lib, tayanch rolik (g‘altak, g‘ildirakcha) larga o‘rnatilgan. Barabanni aylanish tezligi minutiga 1 dan 8 gacha aylantirish oralig‘ida olib boriladi. Qoplamasi (futerovka) maxsus shakldor g‘ishtlar bilan zich qoplanadi yoki yotqiziladi. Pechni aylanishidagi aralashtirish darajasini tezlashtirish uchun, pech futerovkasini ko‘ndalang kesimi (ichki tomoni) ko‘pburchak yoki oval shaklida qilinadi. Pech gaz yordamida isitiladi.
Pechga shixtani yuklash, pechni yon yuza tomonidagi teshiklar yordamida bajariladi. Letka (quyuvchi qism) barabanni yon tomonida joylashgan. YOqilg‘ini yonishi natijasida hosil bo‘lgan gaz oqimini issiqligi ta’sirida pechni olov bardosh g‘ishtlari va u qoplangan tuzli qatlam qiziydi. Pechni aylanishi natijasida, qizigan olov bardosh futerovka erishi kerak bo‘lgan metalni tag tomoniga o‘tadi va o‘zini issiqlikligini metallga beradi.
Bunday usulda issiqlik berish, erish kamerasini juda tez muddatlarda qizishini va agregatni ishlab chiqarish unumdorligini yuqori darajaga ko‘tarishini ta’minlaydi. Aylanuvchan pechlarda eritishda metallni yonishi yuqori darajada bo‘lmaydi, chunki yuklangan shixta barabanni aylanishi natijasida, eritma uning ustiga tushadi, natijada oksidlanishga ulgurmaydi. Kalta barabanli pechlar 0,5-20 t hajmga ega. Ularni ishlab chiqarish unumdorligi 7 t/soat ni tashkil qiladi.
6.1.3. Alyuminiy tarkibli temir-tersak va chiqindilarni
yallig‘-qaytaruvchi va elektropechlarda pechlarda qayta ishlash
Alyuminiy tarkibli temir-tersak va chiqindilarni qayta ishlashda ikki kamerali yallig‘-qaytaruvchi pechlar keng tarqalgan (6.4-rasm).
Alyuminiy tarkibli temir-tersak va chiqindilarni yallig‘-qaytaruvchi pechlarda qayta ishlashda gorelkalar alangasi va chiqindi gazlarni harakati - shixtani eritish bilan birga, pechni shipini va devorlarini qizdiradi. Buni natijasida suyuq vannada eritish ushlab turiladi, qattiq shixta eriydi. Eritish kamerasini tubi qiya shaklda qilingan bo‘ladi. Metall butunlay erigandan so‘ng, erish kamerasidan maxsus kanal orqali kopilnikka o‘tadi. Tayyor metall letka orqali quyish mashinalariga yoki kovshga chiqariladi.
Gorelka va forsunkalar eritish kamerasining yon yuza devoriga o‘rnatilgan. Futerovkasi (qoplamasi), ya’ni pechni ikki olovbardosh qoplamasi shamot g‘ishtlaridan qilingan. Bu g‘ishtlar kam issiqlik o‘tkazadi, alyuminiy bilan erigan flyus va pech atmosferasini ta’sirlanishi juda kam. Futerovka alyuminiy tarkibli temir-tersaklar va chiqindilarni eritishdan oldin 80 foizi NaCl va 20 foizi Na3AlF6 dan tashkil topgan eritma bilan ishlanadi. Bu eritma g‘isht oralariga kirib futerovkani ishlash muddatini oshiruvchi qatlam hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |