8. Potensiometrik titrlash jarayonida elektrod potensialining o‘zgarishi. Ekvivalent nuqtani aniqlash usullari.
Ekvivalent nuqtani aniqlash usullari. Potensiometrik titrlash — aniqlanayotgan
modda miqdoriga ekvivalent
miqdorda aniqlovchi modda (standart) eritmasidan qo'shilganda elektrodlar sistemasida yuzaga keladigan, potensiallar
ayirmasinnig keskin o'zgarishiga asoslangan miqdoriy analiz usulidir. Ekvivalent nuqta yaqinida elektrokimyoviy
reaksiyalaming biri ikkinchisi bilan almashinadi. Potensialning keskin o'zgarishiga potensial sakrash yoki titrlashning
oxirgi nuqtasi (TON) deyiladi. Potensial sakrashga quyidagi omillar ta’sir qiladi: - erituvchi va elektrolit fonining
tabiati
-elektrolitningkonsentratsiyasi;elektrod materiali va sirt yiizasi; - harorat. Potensiometriyada titrlashning oxirgi nuqtasini
topish uchun hisoblash va chizma usullarida foydalaniladi. 1. Hisoblash usullarida titrlanadigan modda eritmasiga
titrantning eritmasidan teng miqdorda qo‘shib, har bir qo'shilgan hajm, unga to'g'ri keladigan potensialning qiymati va
bir-biriga yaqin har ikkala nuqta orasidagi potensiallar farqi ham qayd qilinadi.Eng katta soha ekvivalentlik
nuqta
joylashgan soha hisoblanadi. 2. Chizma usullari. Titrlashning oxirgi nuqtasini aniqlashning chizma usullari integral
(to'liq), differensial (farqli), ikkinchi tartibli hosila va boshqa usullarga bo'linadi. a) Integral usuli da EYK ning titrant
hajmi (V) ga bog'liqlik chizmasi chiziladi. Bu chizma asosida ekvivalent nuqta va titrlashning
oxirgi nuqtasini topish
uchun urinmalar o'tkaziladi. O'tkazilgan urinmalar kesish nuqtalarining abssissalar o'qiga perpendikular bo'lgan
balandligi topiladi. Bu balandlik teng ikki qismga bo'linadi va kesishgan nuqtadan titrlash egri chizig'i bilan
kesishguncha ordinatalar o'qiga parallel o'tkaziladi. Shu paralleling titrlash egri chizig'i bilan kesishish nuqtasidan esa
abssissalar o'qiga perpendikular tushiriladi. Ushbu perpendikulaming abssissalar o'qi bilan kesishish nuqtasi TON iga
to'g'ri keladi. b) Differensial usul TON ini topishning
ancha oson va aniq usulidir, bunda D£/DK nisbatning qo'shilgan
titrant hajmiga bog'liqligi chizmasi chiziladi. Cho'qqisimon egri chiziq cho'qqisidan abssissalar o'qiga tushirilgan
perpendikular titrlashning ekvivalent nuqtasi (TON)ga to'g'ri kelgan hajmini ko'rsatadi Differensial usulda TON ini
topishning aniqligini oshirish uchun ikkinchi tartibli hosila olish usulidan foydalaniladi.d) Ikkinchi tartibli hosila olish
usulida A2E /A V 2 ning qo'shilgan titrant hajmiga bog'liqlik chizmasi chiziladi. Egri chiziqlarning uchlarini
tutashtirganda abssissa o ‘qi bilan chiziqning kesishish nuqtasi TON iga to‘g‘ri keladi
9. Potensiometrik titrlashda ishlatiladigan reaksiya turlari. Potensiometrik titrlashning amaliyotda ishlatilishi.
Potensiometrik titrlashni qo‘llanishi Mazkur usul universal bo‘lib, titrlashni barcha: kislota-asos, oksidlanish
qaytarilish, kompleksonometrik cho‘ktirish, suvsiz muhitda titrlash usullarida TSN aniqlashda qo‘llash mumkin.
Indikator elektrodi sifatida shisha, simob ionselektiv,
platina va kumush elektrodlari, solishtirma elektrod sifatida –
kalomel va kumush xlorid elektrodlar ishlatiladi. Potensiometrik titrlash usuli yuqori aniqlik, sezgirlikka ega bo‘lib,
loyqa suspenziyalar, rangli, va suvsiz muhitda ham ishlatilishi, bitta eritmadagi turli anionlarni masalan, argentametrik
titrlashda xlorid va yodid ionlarni aniqlash mumkin. Potensiometrik titrlash usullarida ko‘pchilik dorivor moddalar
masalan: askorbin kislotasi, sulfanilamid preparatlari, barbituratlar, alkaloidlar va boshqalarni
aniqlash mumkin
10. Potensiometrik titrlash usuli bilan kislota va ishqorlar miqdorini aniqlash.
Kislota-asosli titrlash. Erituvchi sifatida suv ishlatilsa, kislotaasosli titrlash quyidagi kimyoviy reaksiyalar bilan
ifodalanishi mumkin: N + O N =H2O yoki H3O'+OH=2H2O N"+VON=V+N2O yoki N zO+ V O N =V "+ 2 N2O
•
NA+ ON = A -+ N2O yoki N A + V O N =V "+ A + N2O
T itrlashning oxirgi nuqtasini (t.o.n.) aniqlash uchun potensial qiym ati eritm adagi vodorod
ionlari aktivligining
funksiyasi bolgan elektrodlar ishlatiladi. K uchli kislota yoki kuchli asoslarning aralashmasini suvli eritm alarda
tabaqalab titrlash imkoniyati yo‘q, chunki suv ularning kuchini tenglashtirish xususiyatiga ega. Biroq kuchli kislotani
kuchsiz k islo ta ishtirokida ishqor eritm asi bilan titrlash, ayrim hollarda ular aralashm asini tabaqalab titrlash ham
mumkin. Potensiom etrik usul kuchsiz kislota va asoslarning aralashm asini yoki ko ‘p negizli kislota yoki asoslarni K
/K ^>10‘' bo'lganda (K — tegishli dissotsiatsiya konstantalari) ~ 1 % xato bilan aniqlash im konini beradi.
Suvsiz yoki
aralash erituvchilarni ishlatib murakkab tarkibli kislota (yoki a so sla r) aralash m alarin i titrlash m um kin. Bunda
suvsiz erituvchilarning quyidagi xossalaridan foydalaniladi: 1 ) kislota va aso slarn in g dissotsilanish darajasini o 'zg
artirish ; 2 ) k islo ta va asoslarni ionlashgan holatdan ionlashm agan holatga va aksincha o'tkazish; 3) erigan moddaning
kislota-asosli xossalarini o‘zgartirish. E rigan m oddaning kislota-asosli xossalariga erituvchi ta ’sir ko‘rsatadi
19. Polyarografik va amperometrik analiz usullarining amaliyotda ishlatilishi.
Elektrodlarda bir me’yorda va asta sekin ortib boruvchi kuchlanish berilganda aniqlanadigan eritma analiz qilinadi.
Bunday elektroliz jarayonida tok kuchining kuchlanish qiymatiga bog‘liqligi asbob (polyarograf) yordamida chiziladi.
Bunday egri chiziq volt-amper egrisi yoki polyarogramma deyiladi. Bu analiz qilinadigan eritmaning ham sifat ham
miqdor tarkibini aniqlashga imkon beradi. Bu metodda ekvivalent nuqta aniqlanadigan
moddaning oksidlanish yoki
qaytarilishi hisobiga yuzaga keladigan chekli polyarografik tok kuchining keskin o‘zgarishi asosida aniqlanadi. Bu
metod polyarografik metodga qaraganda ham aniqroqdir. Bu metodda aniqlanadigan modda elektroaktiv bo‘lishi shart
emas, titrant yoki reaksiya mahsulotining eletroaktiv bo‘lishi yetarlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: