6. Bevosita potensiometriya



Download 288,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana21.07.2022
Hajmi288,18 Kb.
#834833
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Analitik Kimyo YN

8
 


21. Xromatografik analiz usullari. Xromatografiyaning moxiyati.
Xromatografiya usuli 1903-yilda rus botanigi M.S.Svet tomonidan tavsiya qilingan.
 
Xromatografik analiz usullari 
Kolonkali suyuqlik xrom atograflya, Ion almashinish xromatograflya, Gel-xromatografiya, Yupqa qavatli 
xromatografiya va Gaz xromatograflyalarga bo’linadi. Ion almashinish xromatograflyasi suyuqlik xromatografiyasining 
bir turi bolib, unda sorbent sifatida ionit ishlatiladi va ajratiladigan modda ionit tarkibidagi ion bilan almashinadi. Gel-
xromatografiyada molekulalar o'lchamlarining har xilligi asosida ajratish amalga oshiriladi. Bu usul eksklyuzion, 
molekulyar-elakli xromatografiya nomi bilan ham ataladi. Yupqa qavatli xromatografiya adsorbsion va taqsimlanish 
xromatografiyasi turlaridan hisoblanib, unda elyuent plastinka ustidagi yupqa qavat bo‘ylab kapillarlik kuchi tufayli 
harakat qiladi. Gaz xromatograflyasi usulida harakatchan faza sifatida tashuvchi deb ataladigan inert gaz ishlatiladi. Bu 
usulda aniqlanadigan modda, albatta, gaz holigao‘tkazilishi zarur. Gaz xromatograflyasi gaz-qattiq (gaz-adsorbsion) va 
gaz-suyuqlik xromatografiyasi usullariga bo'linadi. 
22. Xromatografik analiz .Harakatli va harakatsiz fazalar hakida tushuncha.
Xrom atografiya moddalarni ajratish, konsentrlash va tahlil qilish usullaridan biri bo‘lib, ulaming o'zaro 
aralashmaydigan ikki faza (turg‘un va harakatchan) orasida turlicha taqsimlanishiga asoslangan. Turg‘un fazaning sirti 
bilan tutashganda aralashma tarkibidagi moddalar o‘z adsorbilanishi va erish xususiyatlariga mos ravishda turg‘un va 
harakatchan fazalar orasida tarqaladi. Natijada dinamik (harakatchan) muvozanat yuzaga keladi va ajratiladigan 
aralashma tarkibidagi molekulalar yoki bu fazada tarqalib turadi. Xromatografik sistema bo‘ylab faqat turg'un fazada 
bo‘lgan molekulalar harakatlanadi. Turli moddalar bu fazalarga turlicha munosabatda bo'Iadi. Turg'un faza bilan 
kuchliroq ta’sirlashadigan modda xromatografik sistema bo'ylab sekin harakatlanadi.Turli xil moddalarni ajratish uchun 
turg‘un faza hech bo‘lmaganda quyidagi to‘rt xossadan biriga ega bo‘lishi kerak: 1 ) harakatchan fazada bo'lgan 
moddalarni fizikaviy yuta olish; 2 ) harakatchan fazadagi moddalarni kimyoviy yuta olish; 3) ajratiladigan moddalarni 
erita olish;4) g‘ovak tuzilishga ega bo'lish va shu asosda bir moddani ikkinchisidan o‘lcham lari farqi asosida 
ajratish.Yutiladigan modda sorbat, yutadigan modda sorbent va ayni jarayon sorbsiya deb ataladi. Sorbsiya adsorbsiya 
(sirt yuzasida yutilish), absorbsiya (butun hajmda yutilish) tushunchalarini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, 
xemosorbsiya — kimyoviy yutilish ham muhim hisoblanadi. Yutilishga teskari bo'lgan yutilgan moddalarning 
sorbentdan ajralish jarayoni desorbsiya deyiladi. Agar turg'un faza suyuqlik bo‘lsa, analiz qilinadigan modda unda erishi 
va u bar ikkala faza orasida taqsimlanishi kerak. Bunday xrom atografiya taqsimlanish xromatografiyasi deb yuritiladi. 
Turg‘un faza qattiq modda bo‘lib, aniqlanadigan modda unda yutilsa, bunday usul adsorbsion xromatografiya deyiladi. 
Xromatografiyaning barcha sinflari o‘zaro bog‘liq. M asalan, gaz xromatografiyasida qattiq turg'un faza ishlatilgani 
uchun bu usul gaz-adsorbsion kolonkali va yuzaviy xromatografiya usullariga, suyuqlik xromatografiyasi suyuqlik-
adsorbsion kolonkali va yuzaviy; suyuqlik-taqsimlanish va gaz-suyuqlik taqsimlanish xromatografiyasi kolonkali, 
kapillyar va yuzaviy; suyuqlik ion-almashinish xromatografiyasi kolonkali va yuzaviy; suyuqlik cbo'ktirish, oksidlanish-
qaytarilish, kom plekslash xromatografiyasi usullari kolonkali va yuzaviy usullarga bo'linadi 
23.Harakatli va harakatsiz fazalar agregat holati, ajratish mexanizmi va ishlash mexanizmiga ko‘ra xromatografik 
usullarning klassifikatsiyasi.
Xromatografiya usullari quyldagilar asosida sinflanishi mumkin:I. Fazalarning agregat holati bo‘yicha: gaz, suyuqlik, 
gaz-suyuqlik xromatografiyasi. 2. Ajratish mexanizmi bo ‘yicha: adsorbsion, taqsimlanish, ionlmashinish, cho'ktirish, 
oksidlanish -qaytarilish , adsorbsion – 
komplekslanish xromatografiyasi. 3. 
Jarayonni o ‘tkazish usuli (texnikasi) 
bo‘yicha: kolonkali, kapillyar, yuzaviy 
(qog‘oz, yupqa qavatli) xromatografiya. 4. 
Xromatogrammalarni olish usuli (xrom 
atografik sistemaga namuna kiritish 
tartibi) bo‘yicha: frontal, elyuyent va 
surib chiqarish 
xromatografiyasi.Xromatografiya 
usullarining boshqa xossalar bo'yicha ham 
sinflari mavjud. Xromatografiya 
usullarining turg‘un va harakatchan 
fazalar, bajarish texnikasi va taqsimlanish 
mexanizmlari bo‘yicha sinflanishini

Download 288,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish