29.Mass-spektrometriyaning noorganik moddalarning element tarkibini aniqlashda qo‘llanilishi.
Mass-spektroskopiya, mass spektrometriya —
modda tarkibidagi atom va molekulalar spektri boʻyicha ularning
massasini tekshirish usullari. Atom va molekulalari ionlashgan har bir modda t/ye nisbat bilan bir-biridan farq qiladi, bu
nisbat (bunda t – massa, ye – ion zaryadi) mass-
spektrometrlar bilan oʻlchanadi. Olingan spektrga koʻra, modda massasi
va jism tarkibidagi boshqa moddalar miqdori topiladi. Mass-spektroskopiya tatbikiy fizika, kimyo, biologiya tibbiyot,
geologiya va texnikada asosiy analitik usullardan biri hisoblanadi. Jism (yoki suyuk,lik) tarkibidagi modda massasini
aniqlashning har xil usullari bor. Mas, dublet usuli bilan dispersion chiziqlar orasidagi masofa anikdanadi va shu masofa
boʻyicha massalar farqi topiladi. Ionlar tokini oʻlchash usuli bilan moddalar massasi aniqlanadi.Gaz tarkibini aniqlash
uchun ham Mass-
spektroskopiyadan foydalaniladi. Gazlar toʻliq bugʻlatish, izotopga ajratish, vakuumda uchqunlatish va
ionlar bi
lan bombardimon qilish usullari orqali tekshiriladi. Maʼlum miqdordagi moddani Mass-spektroskopiya bilan
tekshirib, undagi elementlar miqdori – gaz aralashmalaridagi komponentlari miqdori nazorat kilinadi va aniqlanadi,
izotoplar olinadi. Kimyo sanoatida Mass-spektroskopiya bilan texnologik jarayonlar boshqariladi, atom yuqori
qatlamining tarkibi oʻrganiladi, zaryadli zarralarning toʻqnashishidagi jarayonlar kuzatiladi, kimyoviy reak-siyalar
kinetikasi tekshiriladi. Mass-
spektroskopiya koʻp sohalarda yagona usul hisoblanadi. Mass-spektroskopiya yordamida
Yer yuqori atmosferasining neytral va ion tarkibi oʻlchangan (boshqa sayyoralarning atmosfera tarkibini ham shu usulda
oʻlchash mumkin
30.Organik moddalarning molekulyar massasini mass spektrometrik usulda topish.
Kimyoviy elem entlar atom massalarining kasr sonlar bilan ifodalanish sabablarini bilasiz. 1910-yilda ingliz olimi F.
Soddi massasi farq qiluvchi har xil atomlar borligini taxmin qildi. Bular izotoplar deb aytiladi.Bu gipotezani isbotlash
uchun ingliz fizigi F. Aston elektr va magnit maydonida neonning nisbiy atom massasi 20 va 22 ga teng bo'lgan
izotoplari borligini aniqladi. Aston elem entlarning atom massasini aniqlashda ular parchalanganda hosil bo'ladigan
ionlarning magnit maydonida og‘ishini o ‘lchaydigan asbob — m ass-spektrom etr yordamidan foydalandi. Organik
moddalarning mass-spektrometriya usulida o‘rganish 1950-yiIlar o‘rtalarida boshlandi. Optik spektroskopiyada
moddaga elektromagnit to ‘lqin ta ’siri to ‘xtatilgandan keyin shu m olekula yutgan energiyasini ajratib, boshlang'ich
holatiga o ‘zgarmasdan qaytadi. Ammo mass-spektrometriyada energiya yutgan molekula qo‘zg‘aladi va molekulyar
ionlarga parchalanadi, o ‘z-o‘zidan tushunarliki, bu ionlardan boshlang‘ich molekulaning qayta hosil bo‘lishi mumkin
emas. Mass-spektrometriyaning boshqa usullardan afzalligi shundaki, bu usul bilan ishlash uchun 10 pikogramm ( 1 0
12 g.) miqdordagi o ‘rgani!adigan m odda namunasi bo‘lsa ham etarli bo‘ladi. Ayniqsa, biologik faol moddalar, dorivor
moddalar, gormonal preparatlarni aniqlash uchun ko‘p m odda sarflab bo'lm aydi, chunki ularni ajratib olish juda
mushkul. ’ M ass-spektrom etrik usul bilan moddalarni o ‘rganish quyidagi sohalarda juda ko‘p ishlatiladi: a) tabiiy
gazlar, b) havo, d) sanoat chiqindilari, ej yonish natijasida hosil bo'lgan gazlar, f) aerozollar. M ass-spektrom etriyada
molekulada sodir bo‘ladigan ionlanish va dissotsilanish hodisalari elektronlar, fotonlar oqimi va kuchli elektr maydoni ta
’sirida ro‘y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: