24.Xromatografik analizni maqbullashtirish.
Xromatografik usullar tasnifiga doir turli yondoshuvlar mavjud bo’lib, ularning eng muhimlarini ko’rib
chiqamiz.Moddalarning ajralish mexanizmi bo‘yicha tasniflanadi. Adsorbsion xromatografiya –ajratiluvchi
moddalarningadsorbent – turg’un faza sirti bilan adsorbsiya hisobiga o’ziga xos ta’sirlashuvlari farqiga asoslangan.
Taqsimlanish xromatografiyasi – ajratiluvchi moddalarni suyuq harakatli faza va turg’un fazalarda taqsimlanish
koeffitsiyentlarining farqiga asoslangan. Mazkur holda taqsimlanish koeffitsiyenti – xromatografiyalanuvchi moddani
qutbliroq (dielektrik doimiysi kattaroq) suyuq fazadagi muvozanat konsentratsiyasini o’sha moddaning qutbsizroq
(dielektrik doimiysi kichik) suyuq fazadagi muvozanat konsentratsiyasiga nisbati ma’nosini anglatadi. Ion almashinish
xromatografiyasi – harakatli faza (suyuq eritma)tarkibidagi ajratiluvchi moddalar ionlarini turg’un faza ionlariga
almashinish qobiliyatidagi farqiga asoslangan. Xemixromatografiya –ajratiluvchi moddalarning qo’zg’almas faza
tarkibidagi kimyoviy reagentlarbilan u yoki bu holdagi reaksiyaga kirishish qobiliyatidagi farqigaasoslangan.
Xemixromatografiyani cho’ktirish, oksidlanish-qaytarilish, ligandli (kompleks hosil bo’lish), biospestsifik
xromatografiya turlari mavjud. Elak (eksklyuzion) xromatografiya –ajratiluvchi moddalar zarrachalarining o’lchamlari
bilan g’ovak modda – sorbentdan iborat qo’zg’almas faza g’ovaklarining o’lchamlari orasidagi farqiga asoslangan. Bu
usulda sorbent molekulyar elak vazifasini bajaradi va undanfaqat ma’lum o’lchamli molekulalargina o’tishi mumkin.
Mayda zarralar sorbent g’ovaklariga kirib, ushlanib qoladi, yirik molekulalar esa harakatli faza bilan sorbentda
ushlanmasdan yuvilib chiqadi. Bu usulning bir turi – gelxromatografiyada turg’un faza bo’ktirilgan gel bo’lib, uning
g’ovaklari aniq o’lchamga ega. Boshqa xromatografik usullar, masalan, elektro xromatografiya(elektroforez) tashqi
elektrik maydon ta’sirida har xil ionlarni turli tezlikda siljishiga asoslangan.
25.Xromatografik sifat va miqdor analiz usullari.
Xromatograf deb ataladigan asbob yordamida amalga oshiriladi. Analiz vaqtida xromatograf kolonkasiga yuborilgan
tekshiriluvchi moddalar elyuyent bilan birga turli
vaqg oraligʻida alohidaalohida boʻlib kolonkaning chiqish tomoniga
keladi va maxsus sezgir asbob —
detektor yordamida uning vaqt birligidagi miqdori qayd etiladi, yaʼni egri chiziq
holida yozib olinadi. Bu xromatogramma deb ataladi. Sifat analizi vaqtida moddaning kolonkaga yuborilgandan to
chiqqun
gacha boʻlgan vaqgi har bir komponent uchun doimiy trada bir xil elyuyentda belgilab olinadi. Miqdoriy analiz
uchun esa Xromatografiyadagi piklar (har bir modda uchun tegishli egri chiziq shakli) balandligi yoki yuzasi,
detektorning modda
ga nisbatan sezgirligini nazarga olgan holda oʻlchanadi va maxsus usulda hisoblanadi.Parchalanmay
bugʻ holatiga oʻtadigan moddalarning analizi va ajratilishi uchun koʻpincha gaz Xromatografiya ishlatiladi. Bunda
elyuyent (gaz tashuvchi) sifatida geliy, azot, argon kabi gazlardan foydalaniladi. Sorbent sifatida esa (zarralar diametri
0,1—
0,5 mm boʻlgan) silikagellar, alyumogellar, gʻovakli polimerlar va boshqa ishlatiladi.Gazsuyuqlik Xromatografiya
uchun sorbent tayyorlashda solishtirma sathi 0,5—5 m2/g li qattiq modda yuzasiga qaynash temperaturasi yuqori
boʻlgan suyukliklar (uglevodorodlar, murakkab efirlar, siloksanlar va boshqalar) qalinligi bir necha mkm parda holida
qoplanadi.Kolonkali suyuqlik X.da elyuyent sifatida oson uchuvchi erituvchilar (uglevodorodlar, efirlar, spirtlar),
qoʻzgʻalmas faza sifatida esa silikagellar, alyumogellar, gʻovakli shisha va boshqa qoʻllanadi.X. usulining kashf etilishi
tufayli organik kimyo, ayniqsa, tabiiy birikmalar kimyosi jadal rivojlandi. Xrom
atografiya koʻp komponentli
sistemalarni sifat va miqdoriy analiz qilish, sof holda ajratib olishsa (jumladan, sanoat miqyosida) katta axamiyat kasb
etadi. Xromatografiay
yordamida nodir metallar analiz qilinadi. Sunʼiy tayyorlangan transuran elementlarining
ochilishida ham X. muhim rol o
ʻynadi. X. yordamida 99element — eynshteyniy (Es), 100element — fermiy (Fm) va
101element — mendeleyeviy (Md) ajratildi.X. havo, suv, tuproq, monomerlar tarkibidagi aralashmalarni aniklashda,
organik va neft kimyosi sintezi mahsulotlari analizida, doridarmonlar tozaligini aniklashda, kriminalistikada katta
axamiyatga ega. Kosmik kemalar gazi, Mars atmosferasi gazi, oy tuprogʻidagi moddalarni analiz qilishda ham X.
usullari joriy etilgan.X. yuqori molekulali birikmalar, ayniq
sa, inson, hayvon, oʻsimlik, mikroblar dunyosiga tegishli
biologik obʼyektlarning analizi uchun nihoyatda zarur.X. usullari oʻsimlik tarkibidagi birikmalarni aniqlash, ajratib
olish, neft, gaz tarkibini oʻrganishda keng qoʻllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: