2 – bosqich. Standart loyihasini ishlab chiqish (birinchi tahrir) va fikrlarni olish uchun tarqatish. Standart loyihasi manfaatdor tashkilotlarning takliflari asosida va (yoki) tayyorlovchi-korxonalarning tashabbusi bilan ishlab chiqiladi.
Standartning loyihasini ishlab chiqish bilan bir vaqtda standart loyihasiga tushuntirish yozuvi tuziladi va zarur bo’lganda, standartni joriy etish bo’yicha asosiy tashkiliy-texnikaviy tadbirlar rejasining loyihasi (keyinchalik – asosiy tadbirlar rejasining loyihasi) ishlab chiqiladi. Standart loyihasi tushuntirish yozuvi bilan birga va asosiy tadbirlar rejasining loyihasi bilan nusxasi ko’paytiriladi va fikr olish uchun quyidagi ro’yxat bo’yicha manfaatdor tashkilotlarga tarqatiladi:
– buyurtmachi-tashkilot (asosiy iste’molchi)ga yoki standartning loyihasini kelishish bo’yicha tayanch tashkilot deb tayinlangan uning tashkilotlaridan biriga;
– standart loyihasida vakolatlariga qarashli talablar o’rnatilgan bo’lsa, davlat nazorati idoralariga, sog’liqni saqlash vazirligiga, atrof muhitni muhofazalash qo’mitasiga;
– mahsulotning biriktirilgan turlari bo’yicha standartlashtirish tayanch tashkilotlariga;
– standartni joriy etuvchi va joriy etilishini ta’minlovchi tashkilotlar va korxonalarga.
Korxona va tashkilotlar taqdim etilgan standart loyihasini ko’rib chiqib, o’z fikr-mulohazalarini yozadi va standartni ishlab chiquvchiga, standart loyihasini olgan kundan boshlab 15 kundan kechiktirmay jo’natadi.
3-bosqich.Fikr-mulohazalarni o’rganib chiqish, standart loyihasini (oxirgi tahririni) ishlab chiqish, kelishish va uni tasdiqlashga taqdim etish. Ishlab chiquvchi-yetakchi tashkilot olingan fikr-mulohazalar asosida fikr-mulohazalar to’g’risida ma’lumot tuzadi.
Ishlab chiquvchi-etakchi tashkilot va hamkor bajaruvchi tashkilotlar fikr-mulohazalar asosida standart loyihasining oxirgi tahririni ishlab chiqadi va tushuntirish yozuviga va asosiy tadbirlar rejasining loyihasiga aniqlik kiritadi.
Ishlab chiquvchi-tashkilot va boshqa manfaatdor tashkilotlar o’rtasida standart loyihasi bo’yicha kelishmovchilik bor bo’lsa, ishlab chiquvchi tashkilot kelishmovchiliklarni ko’rib chiqish bo’yicha asosiy manfaatdor tashkilotlar vakillarining, shu jumladan standartning ko’rilayotgan loyihasi bo’yicha qaror qabul qilishga vakolatlangan buyurtmachilar (asosiy iste’molchilar)ning vakillari ishtirokida kelishuv majlisini o’tkazadi.
Standart loyihasining aniqlik kiritilgan tahririning alohida moddalari bo’yicha kelishmovchiliklar bor bo’lsa, majlis bayonnomasida tashkilotlarning vakillari bu moddadar bo’yicha alohida fikrga ega, deb ko’rsatiladi.
Majlisda qabul qilingan qarorlar asosida standart loyihasining oxirgi tahriri tuziladi, tushuntirish yozuvi va asosiy tadbirlar rejasining loyihasiga aniqlik kiritiladi.
Standart loyihasining oxirgi tahririni tasdiqlashga taqdim etish oldidan ishlab chiquvchi-tashkilot buyurtmachi-tashkilotga (asosiy iste’molchiga) kelishishlik uchun jo’natadi.
Standart loyihasini kelishishlik standart loyihasi keltirilgan kundan boshlab ko’pi bilan 15 kun muddat ichida amalga oshiriladi.
Yangi (takomillashtiriladigan) mahsulot yaratish bo’yicha ishlar tarkibida olib boriladigan, standart loyihasini ishlab chiqishda standart loyihasini qabul komissiyasi, badiiy-texnik kengash (BTK), degustatsiya (sifatini aniqlash) komissiyasi va boshqalar, manfaatdor tashkilotlarning mas’ul vakillari ishtirokida kelishib oladi.
Standart loyihasining kelishilganligini tasdiqlovchi hujjat tajriba nusxaning qabul dalolatnomasi (BTK bayonnomasi) dan iborat bo’ladi.
Standartga kiritiladigan o’zgartirishlar, agar ilgari kelishishgan tashkilotlarning manfaatlariga ta’sir etmasa, faqat buyurtmachi (asosiy iste’molchi) bilan kelishib olinadi.
Standart loyihasining oxirgi tahririni tasdiqlashga taqdim etishda oldin tayanch tashkilot yoki o’ziga biriktirilgan mahsulotga oid yoki faoliyat sohasida standartlashtirish bo’yicha TQ standartni ilmiy-texnikaviy va huquqiy ekspertizadan o’tkazadi.