6-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: Og’ir va o’ta og’ir betonlar tarkibini loyihalash.
Reja:
Beton qorishmasining tarkibi.
2.Og‘ir beton tarkibini loyihalashga doir misollar
Beton qorishmasining tarkibi ikki usulda hisoblanadi:
1. Suv-sement nisbati (S/S) ko‘rsatilgan holda, og‘irligi bo‘yicha nisbatlarda. Bunda sement sarfi S = 1 ga teng deb, qum sarfi-X, shag‘al (chaqiq tosh)- U deb olinadi. Yani, sement sarfiga mos holda, nisbatlarda:
S:Q:Щ = 1:X:U va S/S ko‘rsatilgan holda(masalan S:Q:Щ = 1:2,5:4,7; S/S = 0,6).
2. 1 m3 zichlangan beton qorishmasiga sarf bo‘ladigan materialarning haqiqiy miqdori bo‘yicha, masalan:
Sement – 298 kg
Qum – 621 kg
Щag‘al – 1294 kg
Suv – 170 l
Jami: 2383 kg
Beton ikkita tarkibi bilan, yani quruq holatdagi materiallar bilan hisoblangan laboratoriya sharoitidagi va tabiiy (nam holatdagi) materiallar bilan ishlab chiqarish sharoitidagi tarkibi bilan farqlanadi.
Beton tarkibini tanlashda bir nechta usullar mavjud bo‘lib, ulardan eng qulayi V. G. Skramtaev taklif qilgan “absolyut hajmlar” usulidir. Bunda, oldin betonning taxminiy tarkibi (sement, qum, щag‘al va suv sarfi) kerakli formulalar yordamida hisoblab topiladi, so‘ngra sinov qorishmasi tayyorlanib, uning harakatchanligi va shu qorishmadan tayyorlangan kub namunalarning mustahkamligi aniqlanadi.
Sinov qorishmasini tayyorlash uchun quyidagi malumotlar malum bo‘lishi kerak: betonning sinfi (markasi) qorishmaning harakatchanligi, sementning faolligi, sement, qum, shag‘al (chaqiq tosh) larning haqiqiy va uyma zichliklari, shuningdek, mayda va yirik to‘ldiruvchilarning g‘ovakligi va suv talabchanligi kabilar.
Sinov qorishmasi uchun beton tarkibi quyidagi ketma-ketlikda hisoblanadi:
1. Talab qilingan mustahkamlik va qorishma harakatchanligiga asoslanib suv-sement nisbati quyidagi formulalar orqali aniqlanadi:
oddiy betonlar uchun, S/S ≥ 0,4 (S/S≤2,5) shartga asosan:
S/S = A·Rs/(Rb + A·0,5·Rs) (6.1)
yuqori mustahkam betonlar uchun, S/S<0,4 (S/S≥2,5) shartga asosan:
S/S = A1·Rs/(Rb - A1·0,5·Rs) (6.2)
bu yerda Rs-sementning faolligi, MPa, Rb-betonning mustahkamligi, MPa, A va A1-to‘ldiruvchilarning sifatini hisobga oluvchi koeffitsientlar. Yuqori sifatli to‘ldiruvchilar uchun A = 0,65, A1 = 0,43; oddiy to‘ldiruvchilar uchun A = 0,6, A1 = 0,4 va sifati past to‘ldiruvchilar uchun A = 0,55, A1 = 0,37.
2. Suv sarfi beton qorishmasining talab qilingan harakatchanligi, to‘ldiruvchilarning turi, donadorligi va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan maxsus 6.1-jadvaldan yoki grafiklardan aniqlanadi.
3. Yuqorida aniqlangan suv sement va suv miqdori bo‘yicha 1m3 beton qorishmasi uchun sarf qilinadigan sement miqdori quyidagicha aniqlanadi:
S = S/(S/S) (6.3)
Zich to‘ldiruvchili 1 m3 beton qorishmasi uchun sarf qilinadigan taxminiy suv miqdori
6.1-jadval
Qorishma ko‘rsat-kichi
|
Bikrligi DAST-10181•81,
bo‘yicha, sek
|
Harakat-chanligi, sm
|
Suv sarfi, l/m3, to‘ldiruvchilarning donadorligi quyidagicha bo‘lganda
|
shag‘al
|
chaqiq tosh
|
10
|
20
|
40
|
70
|
10
|
20
|
40
|
70
|
J0
J1
J2
J3
P1
P2
P3
P4
|
31
30...21
20...11
10...4
-
-
-
-
|
-
-
-
-
1...4
5...10
11...20
>20
|
150
160
165
175
190
200
215
225
|
135
145
150
160
175
185
205
220
|
125
130
135
145
160
170
190
205
|
120
125
130
140
155
165
180
195
|
160
170
175
185
200
210
225
235
|
150
160
165
175
190
200
215
230
|
135
145
150
160
175
185
200
215
|
130
140
155
155
170
180
190
205
|
Do'stlaringiz bilan baham: |