6.2-misol. Berilgan o‘rtacha mustahkamligi 30 MPa bo‘lgan beton tarkibi aniqlansin. Beton qorishmaning standart viskozimetr bo‘yicha bikirligi 20 sek. Materiallarning tavsiflari yuqoridagi 10.1 misoldagi-dek olinadi.
Yechish:
1. Suv-sement nisbatini (10.8) formula orqali aniqlaymiz:
S/S = [(0,6·40)/(30 + 0,5·0,6·40)] = 0,57
2. Suv sarfi 10.5 jadval asosida S = 145 l (qorishma bikirligi 20 sek va shag‘alning yirikligi 40mm bo‘lgan hol uchun).
3. Sement sarfi (10.10) formulaga asosan:
S = 145/0,57 = 254 kg/m3.
4. Shag‘alning g‘ovakligi
Pщ = 1 - 1,48/2,6 = 0,43 %
Yuqoridagi 10.4 jadvaldan sement sarfi S = 254 kg/m3 va S/S = 0,57 hol uchun α koeffitsient qiymati α = 1,24 ga teng (interpolyasiya qilish orqali).
5. Shag‘al sarfi (10.3) formulaga asosan
Щ = [1000/(0,43(1,24/1,48) + 1,26)] = 1330 kg/m3
6. Qum sarfi (10.4) formulaga asosan
Q = [1000 - (254/3,1 + 145 + 1330/2,6)]·2,63 = 686 kg/m3.
Beton qorishmasining zichligi
ρb = S + S + Q + Щ = 254 + 145 + 686 + 1330 = 2415 kg/m3.
Ushbu 10.1 va 10.2 misollarni solishtirib ko‘ramiz: bir xil mustax-kamlik ta’minlangan holda, qattiq beton qorishmasi ishlatilganda sement sarfi 298-254 = 44 kg tejaladi, yoki 15 % atrofida.
6.3-misol. Mustahkamligi 80 MPa bo‘lgan yuqori mustahkam beton tarkibi aniqlansin. Sement faolligi Rs = 50 MPa, haqiqiy zichligi ρs = 3,1 g/sm3. Beton qorishma harakatchanligi 2 sm, plastiklovchi qo‘shilma sifatida superplastifiqator S-3 ishlatilgan bo‘lib, uning miqdori sement massasiga nisbatan 0,75 % olingan. SHag‘al granitli, xaqiqiy zichli-gi ρщ = 2,6 g/sm3, uyma zichligi ρmщ = 1480 kg/m3. O‘rtacha yiriklikdagi kvars qumi, haqiqiy zichligi ρq=2,62 g/sm3. O‘rtacha yiriklikdagi qumlar uchun α koef-fitsientning qiymati 10.3 jadval asosida 1,25 qabul qilinadi.
Yechish:
1. Beton qorishmasining talab qilingan harakatchanligin ta’minlash uchun kerakli suv sarfi 10.5-jadval asosida S = 170 l/m3. Unda qo‘shilmali beton qorishma uchun sarf qilinadigan suv miqdori
S1 = k1·S = 0,8·170 = 136 l/m3.
bu yerda k1 = 0,8 - qorishmaning suv talabchanligi 20 % gacha kamayadi (S-3- su-perplastifiqator ishlatilganda).
2. Suv-sement nisbati (10.24) formula orqali aniqlanadi:
S/S = [(1·0,65·50)/(80 + 0,5·1·0,65·50)] = 0,29
bu yerda k2=1; A=0,15 yuqori sifatli to‘ldiruvchilar uchun.
3. Sement sarfi (10.25) formulaga asosan
S = 136:0,29 = 469 kg/m3
4. Qo‘shilma sarfi (miqdori)
Q = 0,75·S/100 = 0,75·469/100 = 3,52 kg
5. Shag‘al sarfi (10.3) formulaga asosan
Щ = [1000/(1,25(0,48/1,48) + 1/2,6)] = 1418 kg/m3
bu yerda shag‘alning g‘ovakligi Pщ = 1 - 1,48/2,6 = 0,43
6. Qum sarfi (10.4) formulaga asosan
Q = [1000 - (469/3,1 + 136 + 1418/2,6)]·2,62 = 440 kg/m3
Beton qorishmasining zichligi:
ρb = S + S + QM + Q + Щ = 469 + 136 + 3,52 + 440 + 1418 = 2467 kg/m3
Do'stlaringiz bilan baham: |