9 4
!
Zamonaviy o‘zbek nasrining rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan
adiblarimizdan biri O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodi-
rovdir. U o‘z safdoshlari –
Asqad Muxtor, Said Ahmad, Odil
Yoqubovlar bilan birga ustoz adiblar – G‘afur G‘ulom, Oybek,
Abdulla Qahhorlar
qalamini yerga tushirmay, milliy adabiyotimiz
ravnaqini yana bir pog‘ona yuksaltirgan
taniqli yozuvchi hisob-
lanadi.
Pirimqul Qodirov asarlarini nafaqat Markaziy Osiyo
davlatlari hududida, balki uzoq xorijiy mamlakatlarda
ham sevib mutolaa qiladilar, o‘qib o‘rganadilar.
Pirimqul Qodirov 1928-yilning 25-oktabrida hozirgi Xo‘jand
viloyati hududidagi Kengko‘l qishlog‘ida cho‘pon oilasida
dunyoga kelgan.
Kolxozlashtirish (1930–1933-yillar) davrida ko‘pchilik
qatori
uning otasi – o‘ziga to‘q Qodir cho‘pon ham quloq qilinadi. Bu
voqea ko‘p bolali oilaning kundalik tirikchiligigagina emas,
farzandlarning keyingi taqdiriga ham og‘ir ko‘lankalar soladi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘spirin
Pirimqul kolxozdagi
mashaqqatli yumushlarni bajarishda kattalarga yelkadosh bo‘ldi,
Do'stlaringiz bilan baham: