6 Adabiyot II qism 2017. p65


Talabalik paytidayoq Pirimqul Qodirov o‘zining



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/92
Sana14.07.2021
Hajmi1,46 Mb.
#118601
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   92
Bog'liq
adabiyot 2qism 6 uzb

Talabalik paytidayoq Pirimqul Qodirov o‘zining
dastlabki kitobi – «Studentlar»ni (1951-yil) e’lon qildi.
Shundan keyin uning ko‘plab hikoyalari, «Qadrim»
(1961-yil), «Erk» (1968-yil), «Meros» (1974-yil), «Yayra
institutga kirmoqchi» (1979-yil), «Najot» (1980-yil)
singari qissalari, «Uch ildiz» (1958-yil), «Qora ko‘zlar»
(1966-yil), «Olmos kamar» (1976-yil), «Yulduzli tunlar»
(1979-yil), «Avlodlar dovoni» (1989-yil) nomli yirik
romanlari millionlab o‘quvchilarini topdi.
Pirimqul Qodirovning yuqorida sanalgan asarlari turli mavzu-
larni, har xil kasb egalari hayotini badiiy aks ettiradi. Ularning
birida paxtakorlar («Meros»), boshqasida ziyolilar («Uch ildiz»),
yana birida neft konlarini izlovchilar («Qadrim») hayoti qalamga
olingan bo‘lsa-da, barchasida inson taqdiri, uning ruhiy dunyosi
qatlamlari chuqur mushohada qilinadi.
Abdulla Qodiriy, Oybek singari adiblar boshlab bergan tarixiy
mavzular talqini P. Qodirovni ham jiddiy izlanishlar sari rag‘bat-
lantirdi. U qariyb yigirma yillik umrini mana shu izlanishlarga
bag‘ishladi. Holbuki, sho‘ro zamonida milliy tarix qatlariga na-
zar tashlash, uni xolis yoritish nihoyatda qaltis ish sanalar, yozuv-
chini yomonotliqqa chiqarish hech gap emas edi. P. Qodirovning
dastlabki tarixiy asari – «Yulduzli tunlar» («Bobur») romani at-
rofida ham sho‘ro mafkurachilari chakana vahima qo‘zg‘ama-


9 6
dilar. Yozuvchini tarixga to‘g‘ri yondashuvni bilmaslikda, zolim
podsholarni ulug‘lashda, o‘tmishni ideallashtirishda aybladilar.
Asarning ko‘p joylarini qayta ishlashga majbur etmoqchi bo‘ldi-
lar. Buni qarangki, mana shu pastkashlikka rahbarlik qilgan yoki
bosh qo‘shgan ne-ne zamona zo‘rlarini birov eslamaydi, agar es-
lasa ham tarixiy xotira jallodlari sifatida irganib tilga oladi. Pirim-
qul Qodirovni esa Yaratganning o‘zi qo‘lladi. Mustaqillik yillari
yozuvchi va uning ijodi qarshisida barcha eshiklar ochildi – adib
asarlari o‘nlab xorijiy tillarga tarjima qilinib olamga yuz tutdi.
Bugun shuni to‘la ishonch bilan aytish mumkinki, o‘zbek
adibi Pirimqul Qodirov shoh va shoir Bobur hamda uning bir-bi-
riga o‘xshamagan farzandlari taqdirini to‘laqonli badiiy qayta
yaratishda tom ma’nodagi tarixiy vazifani ado etdi. Albatta,
kelajakda Bobur to‘g‘risida, uning sulolasi vakillari haqida ko‘p-
lab badiiy va ilmiy asarlar yaratiladi. Ularning dunyoga kelishida
esa kelajak mualliflariga Pirimqul Qodirov tajribasi samarali
xizmat qilishi shak-shubhasizdir.

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish