6- seminar mashg’ulot
1.Qadimgi turkiy til terminologiyasining mavzuiy guruhlari.
2.Eski o‘zbek tili terminologiyasining hosil bo‘lish yo‘llari.
3.O‘zbek tili terminologiyasining boyish manbalari.
4.Bitiktoshlar matnida qanday mavzuiy guruhlarga oid terminlar qayd etilgan?
•Ajam šuarasï-u turs tusahάsï har qaysï üslubdakim, söz arusïǧa jilva-u namάyiš berib erdilär, türk tili bilä qalam surdïm vä har nečük qoidadakim, mάni abkάrïǧa ziynat-u άrάyiš körgüzüb erdïlär, čïǧatay lafzi bilä raqam urdum. Andaqki, tä bu mazkur bolgan til-u lafz binάsïdur, heč nάzïmǧa bu dast bermäydür vä heč rάqïmǧa bu muyassar bolmaydur.
1.Qadimgi turkiy til terminologiyasining mavzuiy guruhlari.
Turkiy yozma-adabiy tilning dastlabki namunalari sirasiga kirmish qadimgi run bitiklari, shubhasiz, turkiy xalqlar ajdodlariga xos yuqori darajada shakllangan lisoniy madaniyatidan darak beruvchi manba vazifasini o‘taydi. Qadimgi turkiy tilning fonetik-fonologik, morfem-morfologik, leksik-semantik va sintaktik xususiyatlari O‘rxun-Yenisey(Enasoy) tosh bitiklari va epitafiyalarida o‘z ifodasini topgan. Runik obidalar janr nuqtai nazaridan olti guruhga taqsimlanadi:
tarixiy–biografik bitiklar: Kultegin, Mo‘g‘ilon (Bilga qag‘an),
Kulichur, To‘nyuquq, O‘ngin, Selenga, Sujun, Qorabalg‘asun bitiktoshlari; epitafik bitiklar: Yenisey, Talas, Tuva, Xaqosiya qabr toshlari; qoyalar,toshlar va qurilishlardagi (Xo‘yto‘-Temir) bitiklar;
diniy matnlar: folkitobi “Folnoma”; Turfondan topilgan yuridik/huquqiy hujjatlar; Maishiy narsa-buyumlardagi bitiklar.
2.Eski o‘zbek tili terminologiyasining hosil bo‘lish yo‘llari.
Eski o‘zbek tili terminologiyasi (XV-XIX asr oxiri) sistemasi qadimgi turkiy til va eski turkiy til terminologiyasidek o‘z ichki imkoniyatlari hamda o‘zlashmalar hisobiga shakllandi va rivojlandi. Eski o‘zbekcha terminlar yasalish jihatdan tub va derivatlardan tashkil topgan edi. Terminlar yasalishida qatnashgan affikslarni leksik-grammatik xarakteriga ko‘ra quyidagicha tasniflash mumkin:
Ism-o‘zaklardan ot-terminlar yasovchi affikslar: yurt- čï, yulduz- čï, čerig- či, tura-lïq, jibä-lik, kejim-lik va h.k;
Fe’l –o‘zaklardan ot-terminlar hosil qiluvchi affikslar: pus-uğ, ből-äk//ből- űk, yur-uš, čap-qun, quv-ğun//qav-ğun, yasa-vul, tosqavul, tata-vul, nikä-vűl, yasa-l, qaba-l, tunqa-l, suyurğa-l, yasa-q, tolğa-ma, yasa-v, bašla-maq va h.k.;
Ot(ism)lardan fe’l-terminlar yasovchi affikslar: yağï -la-, oq-la, čerik-lä -, jibä-län-, qïlïč-lan-, at-lan-, ya-la-//yay-la- va h.k.;
Fe’l-o‘zaklardan fe’l-termin hosil qiluvchi qo‘shimchalar:
sava-š -, ur-uš -, tala-t-, evr-il-, yïğ-ïl-, bas- ïl-, qïr- ïl-, yïğ-ïštur-, bas-tur-, qač-ur, tűš-űr-, tut-ul- va h.k.
Terminlarning sintaktik (kompozitsiya) yo‘l bilan yasalishiga tubandagi faktik materiallar misol bo‘ladi: kőkteműr “zirh, sovut”, kučaband “to‘siq, g‘ov, barrikada”, yatïš tavačïsï “askarlarni yotoq bilan ta’minlovchi harbiy mansab egasi”, uluğ uruš “dahshatli jang”, divanbegi “devonbegi”, onbegi “o‘nbegi”, yuzbašï “yuzbashi”, miƞbegi “ming askardan iborat harbiy qism sarkardasi” tűmänbegi
“o‘n ming kishidan tashkil topgan qism, diviziya qo‘mondoni”, qošunbegi “kichik harbiy bo‘linma boshlig‘i” va h.k.
3.O‘zbek tili terminologiyasining boyish manbalari.
O‘zbek tili terminologiyasining ulkan ulushini ruscha- Hozirgi o‘zbek adabiy tili muayyan terminologik tizimi boyishi, to‘ldirilishi va takomillashishining bosh manbasi, boshqa tillarda kechayotganidek, shubhasiz, o‘z lug‘at boyligi ekanligi ayni haqiqat.
O‘zbek terminologiyasining o‘z boyliklari va imkoniyatlari hisobiga taraqqiy etishi ikki yo‘l bilan voqelanadi: a) tilda mavjud, tayyor so‘zlardan yangi narsa-predmet va tushunchalarni ifodalashda foydalanish: b) o‘zbek adabiy tili so‘z yasash imkoniyatlari ishtirokida yangi terminlar yaratish.
Yangi terminlarni ro‘yobga keltirishda so‘z yasashning morfologik, semantik va sintaktik usullaridan unumli istifoda etiladi. Terminlar yaratishda kalkalash usulining ham sezilarli o‘rni bor.
baynalmilal fond asosida yuzaga chiqqan nomlar tashkil etadi. Boshqa noturkiy tillardan o‘zlashgan terminlar o‘zbek xalqi faoliyatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, sotsial, madaniy, ma’naviy jabhalarini qamrab olganligi bilan xarakterlidir.
4.Bitiktoshlar matnida qanday mavzuiy guruhlarga oid terminlar qayd etilgan?
•Ajam šuarasï-u turs tusahάsï har qaysï üslubdakim, söz arusïǧa jilva-u namάyiš berib erdilär, türk tili bilä qalam surdïm vä har nečük qoidadakim, mάni abkάrïǧa ziynat-u άrάyiš körgüzüb erdïlär, čïǧatay lafzi bilä raqam urdum. Andaqki, tä bu mazkur bolgan til-u lafz binάsïdur, heč nάzïmǧa bu dast bermäydür vä heč rάqïmǧa bu muyassar bolmaydur.
Ushbu jumlada
qalam - tilshunoslikka oid termin;
tarixiy termin;
harbiy termin;
baynalmilal so‘z bor
Do'stlaringiz bilan baham: |