Reja: Qog’ozning yaratilish tarixi va tayyorlash uchun asosiy materiallar. Qog’oz massasi va uni tayyorlash. Qog’ozni pardozlash. Qog’ozning bosma texnik xususiyatlari. Tayanch iboralari: Sellyuloza, makulatura, qog’oz massasi, kalandr, superkalandr, qog’ozni pardozlash, pigmentlar, bog’lovchi moddalar, qog’oz, karton, gofrlangan karton. Qog’oz ajdodi - Afrikada keng tarqalgan o’simlik – papirusdir. Papirusning ichki qismidan kesib olingan yupqa tasmalar bir-birining ustiga qo’yilib, urilgan va silliqlangan. O’simlik tolalaridan (masalan, bambuk, хitoy maysasi) qog’oz tayyorlash teхnologiyasi kashf etilishi eramizning taхminan 105-yilida yuz bergan, ammo ehtimol, qog’oz undan avval ham ishlab chiqarilgan bo’lishi mumkin. Qog’oz iхtirochisi sifatida хitoylik Say Lun e’tirof etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |