qog’oz massasini to’rga quyish; to’r bo’limi; siqish bo’limi; quritish bo’limi; kalandr; uzunasiga kesilgan qog’ozni o’rab olish.
161-rasm. Ishlab chiqarish vaqtida qog’oz quyeyilishi yo’nalishi: a qog’oz matosidan kesib olingan varaq (tolalar yo’nalishi belgilari); b ofset bosma mashinasida bosish vaqtida qog’oz holati va harakati yo’nalishi, bunda cho’zilish yo’nalishlari ko’rsatilgan (ho’llovchi eritma ta’sirida tola yo’nalishida kamroq cho’zilish, tola yo’nalishida maqbul falslash)
Tekislovchi valik - Egoutteur (taqdim etilgan qog’oz ishlab chiqarish mashinasida u ko’rsatilmagan), bir tekis harakatlanayotgan to’rda elak silindri bilan birga aylanadi. U ho’l varaqning yuz tomonini bir tekis shakllantirish uchun mo’ljallangan. - Tekislovchi valik - Egoutteur (taqdim etilgan qog’oz ishlab chiqarish mashinasida u ko’rsatilmagan), bir tekis harakatlanayotgan to’rda elak silindri bilan birga aylanadi. U ho’l varaqning yuz tomonini bir tekis shakllantirish uchun mo’ljallangan.
Qog’oz sorti talabiga qarab, quritish bo’limining so’nggi, uchinchi qismi oldida yana elimlash pressi joylashadi (163-rasm). U qog’oz matosini yuzaki elimlash (namlikka chidamlilikni oshirish) yoki ozroq pigmentlash (bo’yash) uchun хizmat qiladi. Zamonaviy elimlash presslari «plyonkali presslar» deb ham ataladi, ular yordamida elim surtishni aniq dozalash mumkin.
163-rasm. Potok liniyasi rejimida qog’oz yoki karton yuzasini ikki tomondan elim bilan qoplash uchun mo’ljallangan qog’oz ishlab chiqarish mashinasi elimlash pressining funksional sхemasi
Kalandr - bu qog’oz ishlab chiqarish mashinasining so’nggi qurilmalari guruhining tarkibiy qismidir. U kichik notekisliklarni meхanik usulda tekislab, qog’ozning g’adir- budirligini kamaytiradi. Kalandr - bu qog’oz ishlab chiqarish mashinasining so’nggi qurilmalari guruhining tarkibiy qismidir. U kichik notekisliklarni meхanik usulda tekislab, qog’ozning g’adir- budirligini kamaytiradi.
164-rasm. Ko’p qatlamli karton ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan dumaloq to’rli qog’oz ishlab chiqarish mashinasi ishlashining funksional sхemasi. 1 – to’rli silindr. 2 – tolali suspenziya joylashgan tog’ora. 3 – namlikni siqib chiqaruvchi valiklar. 4 – namlikni siqib chiqaruvchi namat. 5 – burilma valik. 6 – siquvchi valik. 7 – yo’naltiruvchi valik. 8 – qog’oz matosi
Qog’ozni pardozlash. Qog’oz pardozlashning eng ko’p qo’llanadigan usullari quyidagilar hisoblanadi: Qog’ozni pardozlash. Qog’oz pardozlashning eng ko’p qo’llanadigan usullari quyidagilar hisoblanadi: -bo’rlash; -shimdirish; -pergamentlash; -kashirlash. Qog’oz pardozlashning eng muhim jarayoni hoziri vaqtda bo’rlashdir
Bunda asosiy tashuvchi-qog’oz (asos-qog’oz) qatlamiga bir yoki ko’p sonli oq pigment qatlamlari qoplanadi. Bo’rlangan qatlam quyidagilardan iborat:
pigmentlar;
bog’lovchi moddalar;
qo’shimchalar (masalan, optik oqartirgich).
Bo’rlash uchun mo’ljallangan suspenziyadagi bog’lovchi moddalar pigmentlarning bir tekis taqsimlanishini va qog’ozda mustahkamlanishini ta’minlaydi.
Qog’ozning ma’lum sortlari qo’llanadigan bosma usullariga va bosma mahsulotga qo’yilgan talablarga qarab, turli resepturaga ega bo’lgan bog’lovchi moddalar ishlatiladi.
165-rasm. Qog’ozni bo’rlash yordamida ko’rkamlashtirish: a bo’rlash usullari prinsiplari;b qog’ozni ikki tomonlama qayta ishlash uchun mo’ljallangan zamonaviy bo’rlash mashinasining funksional sхemasi (rakelli bo’rlash usuli) ishlab chiqarish tezligi 500 dan 1000 m/min gacha
Do'stlaringiz bilan baham: |