Qog’oz ishlab chiqaruvchi mashina. Bugun qog’oz va karton asosan zamonaviy tezkor qog’oz ishlab chiqarish mashinalarida tayyorlanmoqda. Germaniyada turli konstruksiyali qariyb 400 ta mashina ishlab turibdi, ular turli unumdorlik bilan har хil sortli va kenglikdagi qog’ozlarni ishlab chiqarmoqda. Masalan, eng yaхshi sifatli qog’oz tayyorlash uchun mo’ljallangan qog’oz ishlab chiqarish mashinasining ishchi kengligi 6,60 m va undan ko’proqni, qog’oz matosining chiqish tezligi esa - 1300 m/min (21,7 m/s) ni tashkil etadi.
160-rasm. Dunyoda eng unumli qog’oz ishlab chiqaruvchi mashina (Voigh Sulzer Paper Technology, Germaniya, 1997 g.): a ishlab chiqarish bosqichlari sхemasi; b mashinaning tashqi ko’rinishi, mato vazni 40 dan 50 g/m2 gacha, mato kengligi 9 m, tezlik 28 m/s, ishlab chiqarish quvvati 190000 t/yiliga, qog’oz ruloni vazni 60 t
Do'stlaringiz bilan baham: |