Gastronomik turistlarning tarkibi
2.2.1-rasm.
Gastroturlar ikki turga bo‘linadi: qishloq («yashil» deb nomlanuvchi) va shahar gastroturlariga bo‘linadi. Buning o‘ziga xos farqi shundakim, qishloq joyiga sayohatga chiqayotgan turist ekologik toza mahsulotni tatib ko‘rishga yo‘naltirilgandir. Masalan: «yashil» turlarda o‘rmonlarda o‘sib turgan yovvoyi mevalarni yig‘ish, dalalarda o‘sib yotgan meva va sabzavotlarni yig‘ish, ruxsat berilgan joylarda ov va vino ishlab chiqarish yo‘llari bo‘ylab sayohatni taklif qiladi. Shahar gastroturlari konditer fabrikasiga sayohatni yoki kichik kolbasa sexi, shu sex qoshida joylashgan restoran va shu yerda tayyorlanadigan tansiq taom sexi mahsulotlari bilan tanishtiriladi.
Bundan tashqari, bizlarga bir hududning turli-xil taomlari va bir xil taomni turli xil mamlakatlarda tayyorlanishi bilan ham aynan shu gastroturlar tanishtiradilar. Bu juda ham mashhur bo‘lgan fransuz bolgar vinolari turi bo‘lib sayyohlarni uzum ishkomlari bo‘ylab sayohatga, uzum yig‘ishga va vinolar tatib ko‘rish (degustatsiyasi)ga chorlaydi.
Gollandiya, Shvesariya va Italiyaga pishloqli turlarda sayohatchilar pishloqlarni eng sara navini tatib ko‘rishi va pishloqli yarmarkalarga tashrif buyurishi mumkin. Germaniya, Avstriya, Chexiya, Belgiya bo‘ylab pivo turlarida bu ichimlik ishqibozlariga pivoning turli-xilligidan tashqari, pivo tayyorlanish xonalari, mashhur pivo barlari va festivallarga tashrifi bilan ham ajralib turadi. Shuni ta’kidlash joizki, har bir davlatni o‘ziga xos gastroturizm salohiyati mavjuddir.
Zero har bir davlatning o‘ziga xos milliy oshxonasi va unda boshqa bir mamalakatda takrorlanmaydigan, asrlar osha saqlanib kelayotgan, o‘zining takrorlanmas mehmondo‘stligi va milliy taomlari bo‘lgan oshxonasi mavjuddir. Masalan, Yaponiyada turistlar gid boshlovchi yordamida ularning milliy taomi bo‘lgan «sushi»ni tayyorlash uchun mahsulotlar harid qilishadi va sayyohlar ko‘z oldida mashhur bosh oshpazlar (shef-povarlar) tomonidan «sushi» tayyorlanadi. Pasta nazarimizda Italiya sarhadlaridan chiqib ketgan juda ham oddiy taom bo‘lib, ko‘ringani bilan, kulinar sayohatda turist bu taomni turli xilligi, uning takrorlanmas ta’mi va bir xil reseptda turli xil oshpazlar tomonidan tayyorlangan pastaning mo‘jizaviy ta’mi bilan tanishadi hamda uni bir-biri bilan qiyoslaydi.
O‘zbekistonda ham turbiznesning bu yo‘nalishi bo‘yicha afzalliklarini tushunayotgan turfirmalar soni tobora ko‘paymoqda. Bizda asosan «yashil gastroturizm keng rivojlanadi», degan fikrdamiz, chunki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-oktabrda «Umumiy ovqatlanish tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish va xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha» Qaroriga asosan O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi qoshida milliy oshpazlik san’ati xalqaro Markazi tashkil etildi. Ushbu qaror bilan uning vakolati kengaytirilgan hamda mustahkamlandi. Uzoq tarixga ega an’analarning borligi va milliy taomlarning turli-tumanligi o‘zbek oshpazchiligining xorijiy mamlakatlarda keng ommalashishiga olib kelishi ushbu hujjatda o‘z aksini .topgan. Buning uchun bizda mavjud qadimdan shakllangan, ekologik toza va inson organizmini tetik qiladigan milliy taomlarimiz degustatsiyasini tashkil qilish lozim bo‘lmoqda. Bunda antiqa milliy taomlarimiz orqali gastronomiya turizmini qishloq turizmi bilan bog‘lash imkoniyati yaratilmoqda. Darhaqiqat, viloyatlarda joylashgan qishloqlarda faqat shu joyga xos bo‘lgan tayyorlanadigan taomlar mavjud bo‘lib, uning mazasi va tarkibi boshqa viloyat qishloqlarida takrorlanmaydi. Aynan shu jihati bilan bunday taomlar xorijiy turistlar va mahalliy aholi uchun ham mazali hisoblanadi. Bunga misollar quyidagi jadvalda batafsil keltirilgan.
Pazandachilikda har bir xalqning urf-odatlari, tarixiy an’analari va o‘ziga xos xususiyatlari aks etadi. Manashu o‘ziga xoslik milliy oshxonalarda ajoyib taomlarning yuzaga kelishi va turli-tuman bo‘lishiga ham sabab bo‘ladi. Barcha taomlarimizning mazzali va xushta’mlilik darajasiga ko‘tarilishida quyoshli o‘lkamiz zaminida yetishtiriladigan dexqonchilik mahsulotlarining xilma- xilligi muhim ahamiyat kasb etadi. Dasgurxonimizning o‘ziga xos xususiyatlarini to‘la namoyon etadigan omillardan biri-taomlarimizning turli-tumanligidir. Chunonchi, chorvachilik bilangina shug‘ullanadigan joylarda go‘sht-yog‘, sut-qatiq ko‘proq iste’mol qilinsa, dexqonchilik rivojlangan xududlarda esa sabzavotli, don-dukkakli ovqatlar asosiy o‘rin oladi. Shunday taomlar borki, bularni kundalik iste’mol uchun emas, balki bayram dasturxonlariga mo‘ljallab, aziz mehmonlar uchun tayyorlanadi. Qazi-qarta, po‘stdumba o‘ramasi, tandir kabob, norin, xasip kabi tansiq taomlar shular jumlasiga kiradi.
Bir xududda yashayotgan turli millatlar va elatlarning taomlari bir-biriga o‘xshashi tabiiy holdir. Masalan, agar o‘zbek taomnomasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, unda rus, tojik, ukrain, kavkaz, tatar, qozoq, uyg‘ur va boshqa xalqlar taomlarining o‘nlab xillari uyg‘unlashib, tobora takomillashib borayotganligining guvohi bo‘lamiz. O‘z navbatida, palovlarimiz, suyuq oshlarimiz, hamir taomlarimiz qardosh xalqlarning dasturxonini ham bezab turibdi.
Xalqimiz pazandachiligida yilning ma’lum fasllaridagina dasturxonga tortiladigan taomlar ham bor. Masalan, bahorda qaymoq, qo‘shilgan rediskali gazak, shovul sho‘rva, sumalak, halim, ko‘k chuchvara, ko‘k somsa, kovatok palov (tok oshi), qovurma gulkaram, yalpizli moshxo‘rda iste’mol qilinadi. Yozda esa pomidor kabob, karam do‘lma, dumbil sho‘rva, qalampir do‘lma, lag‘mon, qatiqli ugra oshi, suzmali gazak, chalop, go‘ja oshi, bug‘lama kabob, go‘shtli dimlama, sabzavotli dimlamalar, ayron, yaxna choy, meva kompotlari va hokazolar xush keladi. Kuzda qovurma baliq, laqqa kabob, barra go‘sht, kalla sho‘rva, bedana kabob, behili palov, kartoshkali manti, asalli behi, kesma lag‘mon, oshqovoq somsa kabilar ko‘proq dasturxonlardan arimaydi. Ayozli kunlarda qazi-qarta, po‘stdumba, qo‘y yog‘li palov, kart dumba palov, qazili palov, barra kabob, turpli salat, qovurma sho‘rva, moshkichiri, qishga saqlanadigan mevalar, ularning murabbo, kompot, qoqilari, sirkalangan va tuzlangan sabzavotlar iste’mol qilinadi.
O‘zbekiston sharoitida gastronomiya turizmini shakllantirishdagi milliy taomlarning turlari quyidagi 2.2.2-jadvalda berilgan.
Шуни ҳам таъкидлаш жоизки, ҳозирги пайтда Го Узбекистан.уз, Ресторан.уз портали билан ҳамкорликда «Ўзбекистон гастрономия туризми» номли янги лойиҳаси фаолият кўрсатмоқда. Бу билан мамлакатимизнинг ошпазлик санъатидаги таомлардаги хилма -хиллиги ва маҳаллий хусусиятларга тегишли эканлиги, оддий ва қадимийлиги ҳудудлардаги илғор тажрибалар билан халқаро туризм бозорига кириб боришига имконият яратади.
2.2.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |