Tamaddixona- assortimenti cheklangan bo‘lib, sovuq va issiq taomlar, hammabop va tez tayyorlanadigan taomlar: sosiska, sardelkalar, chuchvara, qovurilgan tuxum taklif kilinadi. Tamaddixonalarda xohlagan ovqat tanlanadi, ko‘p hollarda tik turib tamaddi qilinadi. Taom tanlangach, hisob-kitob birdaniga amalga oshiriladi. Bu ish avtomatkassalar orqali ham bo‘lishi mumkin. Tamaddixonalarda spirtli ichimliklar sotish taqiqlanadi.
Bufet-bu iste’molchilarga cheklangan turdagi qaynoq va salqin ichimliklar, sovuq taomlar, non-bulka va qandolatchilik mahsuotlari shuningdek, oson tayyorlanadigan issiq va shirin taomlar bilan tezkor xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan korxonadir. Unda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish yoki ofitsiantlar tomonidan xizmat ko‘rsatish mumkin. Hisob-kitob bufetchi yoki savdo avtomati orqali bajariladi. Bufetlar quyidagi joylarda faoliyat ko‘rsatadi: mehmonxonalarda, maktablarda,tomosha maskanlarida, sport maydonlari atrofida, vokzallarda, daryo, dengiz kemalarida, ishlab chiqarish va transport korxonalarida, kurilish va boshqa muassasalarda. Odatda bufetlar mahsulotlarni o‘zlariga qarashli umumiy ovqatlanish korxonalaridan oladi. Bundan tashkari ommaviy o‘yin-tomosha joylaridagi bufetlarda oliy sifatli qandolatlar, konfetlar, meva va ma’danli suvlar, ho‘l mevalar bo‘lishi kerak. Spirtli ichimliklar bilan savdo qilish mumkin emas. Maktab va bilim yurtlari qoshidagi bufetlar kuni uzaytirilgan maktablarda qoluvchi o‘quvchilar va maktab xodimlari uchun nonushta va tushliklar beradi. Umumta’lim maktablarida maktab qurilish loyihasida belgilangan tartibda bufetlar joylashtiriladi.
Baxt uylari qoshidagi bufetlarda meva-chevalar, shokolad, konfetlar shuningdek, gullar va sovg‘a buyumlari bo‘ladi. Nikohdan o‘tuvchilarning xohishiga qarab, oldindan dasturxon tuzatilishi va ofitsiantlar xizmat qilishi mumkin.
Choyxonalarda choy va undan tayyorlangan pishiriqlar, qandolat mahsulotlari, go‘shtli ovqatlar, baliq, tuxum, mol go‘shti, qovurilgan tuxum, kolbasa va boshqalar sotiladi. Bu yerda asosan o‘z-o‘ziga xizmat qilish amalga oshiriladi. Bu choyxonalar Markaziy Osiyo davlatlarida umumiy ovqatlantirish tizimining asoslarini tashkil qiladi. Mustaqillik tufayli O‘zbekistonda choyxonalarga keng imkoniyatlar berildi. O‘tgan yillar ichida shunday choyxonalar bunyod etildiki, ular faqat choy ichish joyigina emas, ajoyib hordiq chiqarish, ko‘ngil ochish, do‘stlarning suhbatlashish makoniga aylandi. Bu yerda mijozlarning o‘zlari xohlagan ovqatlarini tayyorlashlari, ayniqsa, choyxona palovi juda mashhur. Choyxonalar madaniy dam olish maskaniga aylandi.
Hozirgi vaqtda gastronomiya turizmining rivojlanishi «milliy iqtisodiyotga ijobiy ta’siri, bandlikni ta’minlash va madaniy meros sifatida har tomonlama tavsif» sifatida BTT ning doimiy nazoratida hisoblanadi. BTT ekspertlarining taqdim etgan ma’lumotlariga binoan «turizm sohasidagi 30% harajatlarni gastronomiya turizmi tashkil etib, gastroturizm mahalliy madaniyatning asosiy elementi va ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi, bunda asosiy e’tibor Buyuk Ipak yo‘lidagi turistik yo‘nalishlarning turistik takliflarini takomillashuvini va milliy oshxonani rivojlantirishga qaratilgandir».
Sayohatga chiqar ekanmiz biz o‘z oldimizga odatda qator maqsadlarni qo‘yamiz, jumladan, Sinay tog‘lariga ko‘tarilish, Qadimgi Misr va Rim ehromlarini tomosha qilish, yoxud dengiz bo‘yida miriqib dam olish kabi maqsadlar bilan birgalikda, muhimi asrlar davomida saqlanib kelgan mahalliy milliy taomlar ta’midan bahra olish va ularni tayyorlanish madaniyati bilan tanishishdan iborat bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |