5A112101-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim) mutaxassisligi 2-bosqich magistri Yavqochdiyev Davlatning stem va smart ta’lim texnologiyalari fanidan kurs ishi mavzu: «Tajriba sinov ishlarida ta’lim texnologiyalari»
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI 5A112101-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim) mutaxassisligi 2-bosqich magistri Yavqochdiyev Davlatning STEM va SMART ta’lim texnologiyalari fanidan KURS ISHI Mavzu: « Tajriba sinov ishlarida ta’lim texnologiyalari »
Rahbar: O.H.Uzoqov
Buxoro 2022
« Tajriba sinov ishlarida ta’lim texnologiyalari »
REJA : KIRISH
1. Umumiy о‘rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi darslarini tashkil etishning pedagogik psixologik asoslari
2.Mehnat ta’limi darslarida о‘quvchilarning umumkasbiy hamda umummehnat bilim va kо‘nikmalarini shakllantirish mazmuni
3.Pedagogik tajriba-sinov ishlarining mazmuni va о‘tkazish metodikasi
4. Pedagogik tajriba-sinov ishlarining natijalari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Kirish Umumiy o’rta ta‘lim maktablarida mehnat ta‘limi jarayonida o’quvchilarning umumkasbiy hamda umummehnat bilim va ko’nikmalarini shakllantirish bo’yicha darslarni tashkil etish jarayonida o’quvchilarni mehnatga tayyorlashda eng muhim vazifalardan biri sifatida avvalo uni erkin fikrlovchi, ijodkor shaxs sifatida shakllantirish muammosi hal etilishi lozim bo’ladi. Bu muammolarni asosan ta‘lim jarayonida ayniqsa amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish jarayonida hal etish imkoniyatlari katta. O’quvchilarni tarbiyalashda erkin fikrlovchi, mustaqil shaxsni shakllantirishning umumiy asoslari keng miqyosda tadqiq qilingan va ko’plab natijalar qo’lga kiritilgan. Biroq, bunday ishlarning aksariyat qismi muammoning yechimini umumiy holda topishga qaratilgan bo’lib, respublikamizda amalga oshirilayotgan mehnat ta‘limi sohasida ayniqsa bevosita amaliy mashg’ulotlar jarayonida amalga oshirilishi to’liq yoritilib berilmagan tomonlari talaygina. Umumiy o’rta ta‘lim maktablarida mehnat ta‘limidan o’quvchilarning umumkasbiy hamda umummehnat bilim va ko’nikmalarini shakllantirishning samarali yo’llarini izlab topish va bu jarayonida o’quvchilar ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishga oid vazifalarning hal etilishida o’qituvchi shaxsi, uning kasbiy mahorati markaziy o’ringa ega. Yuqoridagilarni nazarda tutgan holda, tadqiqotimiz mavzusini ―Mehnat ta’limi darslarida о‘quvchilarning umumkasbiy bilim va kо‘nikmalarini shakllantirish metodikasi” deb nomladik.
Kuzatishlarimizdan shu narsa ma‘lum bo’ldiki, o’qituvchining dars, mashg’ulot olib borish usullaridagi bir xillik o’quvchilarning mehnat ta‘limiga bo’lgan qiziqishlarini susaytiradi. Buning oldini olish maqsadida darslarda o’quvchilar faoliyatining xilma-xilligini ta‘minlash ko’p o’quv predmetlari qatori mehnat ta‘limidagi asosiy vazifalardan biridir. Shu sababli hozirgi paytda mehnat ta‘limi darslarida o’quvchilarning qiziqishini orttirish, ularga bilim berish va mehnat ko’nikmalarini singdirish ishlarini yaxshilash, zamon talablariga javob beradigan mashg’ulotlarni o’tkazish uchun o’qitishning noan‘anaviy usullaridan keng foydalanishga katta ehtiyoj sezilmoqda.
Mehnat ta‘limi darslarida o‘quvchilarning umumkasbiy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish‖ mavzularidagi maqolalar Respublika ilmiy-amaliy anjumanida muhokama qilingan va ma‘qullangan.