MALAKA - KO’NIKMA - BILIM
Ushbu ketma-ketlik K.K.Platonov tomonidan taklif etilgan bo’lib, u bizning fikrimizcha ilmiy jiqatdan ko’pchilik olimlar tomonidan asoslab berilgan. Demak: «Ko’nikma - harakatlarni samarali bajarish imkoniyatidir; ko’nikma ma‘lum darajada fikrlab bajariladigan harakatlar; ko’nikmalar - qandaydir harakatni yangi sharoitlarda bajarish usulidir; ko’nikma - murakkab tizimli psixik va amaliy harakatlarni egallashdir» 6 . Malakalar quyidagicha ta‘riflanadi: «Malaka - yuqori o’zlashtirilganlik darajasiga ega bo’lgan harakatlar majmuasidir; malaka - mashqlar natijasida mustahkamlangan harakat usulidir; Umumkasbiy hamda umummehnat bilim va ko’nikmalarni shakllantirish metodikasiga oid ko’plab tadqiqotlar olib borilgan, shuningdek, yoshlarni mehnat faoliyatiga tayyorlashda ularning hal qiluvchi ahamiyatiga doir ko’plab ishlar nashr etilgan, qimmatli ma‘lumotlar va nazariy xulosalar jamlangan. Biroq, bozor munosabatlari qaror topayotgan bir sharoitda mehnat bozorida yuzaga keluvchi keskin raqobatga bardoshli, mutaxassislik fanlari asoslarini puxta o’zlashtirgan, yuqori ko’nikma hamda malakaga ega, muayayn vaziyatlarni to’g’ri baholay oluvchi, shuningdek, ushbu vaziyatlarda muvaffaqiyatli harakatni tashkil etish layoqatiga ega mutaxassislarni tayyorlash borasida hal etilishi zarur bo’lgan muammolar o’zining to’laqonli yechimiga ega bo’la olgani yo’q. Darhaqiqat, bo’lajak mutaxassisning chuqur bilim va samarali faoliyat yurita olish mahoratiga ega bo’lishi ma‘lum fan asoslari borasida unga yetarli nazariy va amaliy bilimlarni berish hisobiga kechmaydi. Shu bois bo’lajak mutaxassisni tayyorlashda o’quv va maxsus fanlarni o’qitish jarayonida fanlararo aloqadorlik, nazariya va amaliyot birligi, nazariy bilim, shuningdek, amaliy ko’nikma va malakalarning dinamikasini inobatga olish, ta‘lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanishga ahamiyatning qaratilishi maqsadga muvofiqdir. Tadqiqotda mazkur masalaga alohida e‘tibor qaratilganligi va muammoning ijobiy hal etilganligi uning qiymatini belgilab beradi. Insonning jamiyatda tutgan o’rnini belgilash muammosi Sharq mutafakkirlarining doimiy diqqat markazida bo’lgan. Bu muammolarni hal qilish yo’llari insonning ma‘naviy rivojlanishi to’g’risidagi tarixiy asarlarda, jumladan Sharq mutafakkirlari va ularning falsafiy me‘rosida keng yoritilgan. Sharq mutafakkirlari o’zlarining ta‘lim va tarbiya to’g’risidagi asarlarida barkamol insonni shakllantirish masalasini baxtga erishish uchun sharoit yaratish g’oyasi bilan bog’laganlar. Qomusiy olimlar insonning shakllanish jarayonini uning aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik rivojlanishi bilan o’zaro bog’liqlikda qaraganlar. Mutaxassislarni bo’lajak kasbiy faoliyatga tayyorlashda umumkasbiy hamda umummehnat bilim va ko’nikmalar muhim ahamiyatga egadir. Shu sababli K.K.Platonov, V.Txorjevskiy, U.Nishonaliyev va boshqalarning mehnat psixologiyasi to’g’risidagi; A.I.Vorobyev, S.Y.Batishev va boshqalarning mehnat va kasb ta‘limi didaktikasi hamda metodikasi borasidagi ilmiy izlanishlari diqqatga sazovordir7 . Mehnat ta‘limi o’qituvchilarini tayyorlashni takomillashtirishning turli sohalarini U.N.Nishonaliyev, E.T.Choriyev, N.Shodiyev, N.Sayidahmedov, P.T.Magzumov, A.A.Xodjaboyev, N.A.Muslimov, Z.Ismoilova, K.Davlatov.
Do'stlaringiz bilan baham: |