1
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika
instituti, Sirtqi ta’lim Boshlangʻich taʼlim yo‘nalishi
504- guruh talabasi Joʻrayeva Malikaning
“Ona tili” fanidan
KURS ISHI
Bajardi: Joʻrayeva Malika
Ilmiy rahbar: Z.sh.burxonov
2
Mahsus orfografik mashqlarni oʻtish metodikasi
(orfografiya )
Reja:
Kirish ………………………………………… 3
I Bob.
Orfografiya ……………….. 4
1
Fonetik yozuv
2
Morfologik yozuv
3
Tarixiy - an’anaviy yozuv.
4 Shakliy yozuv
5. Farqlashga asoslangan yozuv
II Bob.
O'quvchilarning yozuvlarida uchraydigan tipik xatolarini
tuzatish
… 9
1.
Insho ijodiy mehnat
2. Insho turlari
3.
Epigraf va xotima
III Bob.
Orfografiya o‘qitish metodikasi …………….. 13
1. Orfografik malaka
2. Imlo qoidalari ustida ishlash
3. Imloviy mashqlar
Xulosa ……………………………………….. 30
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………. 37
3
KIRISH
Imlo
(
arab
. — toʻgʻri yozish), orfografiya —
soʻz
va
gaplarning
, soʻz qismlarining
fafika vositalari yordamida toʻgʻri yozilishi; muayyan tildagi toʻgʻri yozish qoidalari
majmui. Bu qoidalar soʻzlarning tovush tarkibi hamda soʻz va
uning
morfologik
tarkibining yozilishi, soʻzlarni qoʻshib yoki alohida yozish, bosh
harflarni toʻgʻri qoʻllash, boʻgʻin koʻchirish va boshqa bevosita yozuv bilan bogʻliq
boʻladi. Shu bois Imlo qoidalari vaziyatga koʻra oʻzgarib ham turadi.
Kirill
yozuvidagi
oʻzbek adabiy tilining Imlo qoidalari 1940-yildan shakllana boshlagan
boʻlsa, 1956-yilda. Oʻzbek adabiy tilida
fonetik
,
morfologik
, tarixiy-etimologik Imlo
qoidalari amal qiladi. Fonetik yozuv Imlo qoidalariga muvofiq ayrim soʻzlarning
oʻzak va
qoʻshimchalaridagi
oʻzgarishlar hisobga olinib, talaffuzga muvofiq yoziladi
(koʻk+
ga
=koʻkka, bogʻ+
ga
=boqqa, buloq +
ga
=buloqqa va
boshqalar).
Morfologik
Imlo qoidasiga koʻra, aytilishi va eshi-tilishidan qatʼiy nazar,
aynan oʻz holicha yoziladi (ichdi, tushdi, boribdi; bunda qoʻshimchalar —
ti
— ipti
tarzida talaffuz qilinsa ham, di, — ibdi shaklida yoziladi). Tarixiy-etimologik qoidaga
amal qilinganda esa suzlar uz holicha yoziladi (kitob, Muhammad, kimyo, tovar,
geografiya, Koreya, Fransiya va boshqalar). Oʻzbek tilining
lotin grafikasi
asosidagi
(1995-yilda qabul qilingan)
alifbosi
boʻyicha asosiy imlo qoidalari
Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 24 avgust qarori bilan qabul qilingan.
Tildagi so‘zlarni, o‘zak-negiz va affikslarni, yagona me’yoriy talab asosida yozish
qoidalarining yig‘indisi orfografiya deyiladi. Orfografiya yunoncha "orthos" - to‘g‘ri
"grapbo" – yozaman, degan ma’noni anglatadi. Unda so‘zlarning o‘zak va negizlari
hamda va affikslarining to‘g‘ri yozilishi, qo‘shma, takroriy va qisqartma so‘zlar
qismlarining qo‘shib yoki ajratib yozilishi, bosh harflarning ishlatilishi, bo‘g‘in
ko‘chirish qoidalari xususida batafsil ma’lumot beriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |