504- guruh talabasi Joʻrayeva Malikaning “Ona tili” fanidan



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/22
Sana16.07.2022
Hajmi0,58 Mb.
#810392
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
Joʻrayeva Malika

 
 
 
 
 
 
 
 
 




 
 
 
 
II Bob.
O'quvchilarning yozuvlarida uchraydigan
tipik xatolarini tuzatish 
Dastur talablariga muvofiq, to'rtinchi oxiriga kelib, har bir o'quvchi tez va chiroyli 
yozishi lozim. 
Ammo shunday o'quvchilar ham uchraydiki, ular yozuv malakasini to'la egallab 
olomaydilar, harflaming shaklini pala partish, katta-kichik qilib har xil yozadilar. O'quvchilar 
tomonidan noto'g'ri yozilgan harflarni tuzatish har bir predmet o'qituvchisining eng muhim va 
qiyin vazifalaridan biridir. Bu masalani ehtiyotlik bilan hal etish lozim. 
Kamchiliklarni tuzatishga kirishishdan oldin uning asosiy xatosi nimada ekanligini 
aniqlash zarur. 
O'quvchilarning yozuvlarida keng tarqalgan kamchiliklardan biri ayrim harflaming 
noto'g'ri ifodalanishi sababli xatning o'qib bo'lmasligidir. Ayrim o'quvchilar esa harflarni 
quyidagicha buzib, har xil balandlik va qiyalikda yozadilar: 
Men xat yozdim
Bu o'z navbatida o'qishni qiyinlashtiradi, yozilgan matnni noaniqlikka olib keladi. 
Ayrim o'quvchilar esa har bir harfni alohida-alohida ajratib qo'l harakatini uzib 
yozadilar. 
M e n x a t y o z d I m


Harflarni bunday alohida yozish yozuv tezligini kamaytiradi, o'quvchi boshqa 
o'quvchilardan orqada qoladi. 
O'quvchilarda uchraydigan yana bir kamchilik haddan tashqari mayda yozuvdir: 
_________________________ 
Men akamga xat yozdim
_________________________
Aksincha, ayrim o'quvchilar esa juda yirik yozadilar: 
Men xat yozdim
 
Haddan tashqari mayda yozuv qo'lni charchatadi, o'qishni qiyinlashtiradi, yirik 
yozuv esa yozuv tezligini kamaytiradi va o'quvchi buning uchun ko'p vaqt sarflaydi. 
Shuning uchun o'quvchilarda uchraydigan ayrim tipik xatolarni o'z vaqtida, 
ya'ni harflarning shaklini yozishga o'rganayotgan vaqtda tuzatish lozim. 
Quyida o'quvchilarning yozuvlarida uchraydigan ayrim tipik xatolarni ko'rsatib 
o'tamiz. 
1. Tagi ilmoqli kichik tayoqcha shaklidagi elementni yozishda siniq chiziq hosil 
qiladilar va quyidagicha tor yoki keng qilib yozadilar:
Bunday xatolarni yo'qotish uchun shu element yozilishini qayta mashq qildirish 
lozim, chunki bu element ko'pchilik kichik harflar uchun asosiy element hisoblanadi. 
2. Tagi va usti ilmoqli kichik tayoqcha shaklidagi elementni quyidagicha 
buzib yozadilar. 
Bunday kamchiliklarning oldini olish uchun ilmoqlarni to'g'ri yozishga 
o'rgatish lozim. 
3. Tagi tugunchakli uzun tayoqcha shaklidagi elementni ham quyidagicha buzib yozadilar: 
Bunday xatolar o'quvchilarning yozuvning qiyaligiga e"tabor bermasliklari 
natijasida sodir bo'ladi.


11 
4. Tagi tugunchakli elementni haddan tashqari kichik yoki katta qilib yozadilar: 
Bu xatolarning oldini olish uchun shu elementni harflar bilan bog'liq holda 
yozib ko'rsatish va harfga taqqoskash zarur. 
5. Katta N, M harflarini yozishda uning birinchi elementini noto'g'ri yozadilar: 
Bu xatoni yo'qotish uchun shu elementni kattalashtirib ko'rsatish lozim. 
6. O'quvchilar kichik cho'zinchoq doira shaklidagi O harfmi yozishda ham ayrim xatolarga 
yo'l qo'yadilar. Bu harfni yozishda uchragan kamchiliklarni tuzatish uchun katta 
o'lchamdagi quyidagi jadvaldan foydalanish lozim.
Biz o'quvchilarning yozuvlarida uchraydigan ayrim tipik xatolar bo'lishini ko'rsatib o'tdik, 
bunday kamchiliklar bosh harflarda ham, kichik harflarda ham uchrashi mumkin. Bosh 
harflarda uchraydigan tipik xatolarni ham ona tili darslarida ko'rsatib, tanishtirib boorish 
mumkin. 
Harflarning shakli buzilishiga ishning to'g'ri tashkil etilmaganligi, yozuv qurollaridan 
to'g'ri foydalanmaslik ham sabab bo'ladi. 
Xati xunuk o'quvchi ko'pincha avtoruchkani noto'g'ri ushlaydi yoki o'zi noto'g'ri o'tiradi. 
Avtoruchkada siyohning yetarli bo'lmasligi yoki sharikli avtoruchkaning pastasi qotib 
qolishi ham yozuvning buzilishiga olib keladi. 


12 
Ayrim hollarda o'quvchining ko'rish qobiliyati yaxshi bo'lmasa ham yozuv buzilishi 
mumkin. 
O'qituvchi o'quvchilarning yozuvlari buzilish sabablarini aniqlash bilan birga, uni 
bartaraf etish yo'llarini topishi kerak. 
Agar o'quvchilar harflaming shaklini butunlay noto'g'ri yozsalar yoki harflaming 
baland va qiyaligiga e'tibor bermasalar, bunday o'quvchilar bilan qaytadan mashqlar 
o'tkazish lozim. Qayta mashq o'tkazishda o'qituvchi o'quvchilarning diqqatini ko'proq 
butunlay uzib yoziladigan harflaming shakliga qaratish lozim. 
Yozuv malakasi past bo'lgan o'quvchilami ravon, tekis qilib yozishga o'rgatish, 
chamalash qobiliyatini o'stirish va harflarni umumiy qoidaga amal qilishga o'rgatiladi. 
Harflaming qiyaligini to'g'ri saqlashga o'rgatishda qo'l va barmoq muskullarining harakatini 
o'stiruvchi mashqlar muhim rol o'ynaydi. 
Yomon yozadigan o'quvchilarning har bir bajargan mashqlarini o'qituvchi kuzatib va 
tekshirib borishi zarur. 
Davr o'zgarishi bilan yozuv qurollari ham takomillashib bormoqda, ularga bo'lgan 
munosabatlar ham ozgarmoqda. Ayniqsa, soddalashtirilgan yozuv sistemasining tezligiga 
va harflarni qo'l harakatini uzmay bog'lab yozishga talab kuchayadi. Xalq maorifi 
sistemasini qayta qurish davrida maktablarimiz oldida chiroyli yozuvga o'rgatishni 
takomillashtirish borasida qator yechilmagan muammolar mavjud. Biz bu muammolarni 
mazkur qo'llanmada yoritishga harakat qildik. 
Olti yoshli bolalarga yozuv malakasini singdirish o'qituvchilardan chidam va mahorat 
talab etadi. Shuning uchun biz bu haqda kengroq to'xtalib, tayyorgarlik mashqlarini 
o'tkazish uchun aniq ko'rsatmalar berdik. Bu davrda chiroyli yozuvga o'rgatishning 
murakkabligini hisobga olib, yozuv malakasini shakllanishida asosiy rol o'ynovchi 
yordamchi qiya chiziqlarni saqlab qoldik. Faqat ikkinchi sinfdan boshlab bir chiziqli 
daftarga yozdirib mashq qildirish mumkin. 
Boshlang'ich sinflarda chiroyli yozuv malakasini shakllantirish uchun faqat harflar 
namunasidan, husnixat darsliklari bilan kifoyalanib qolmasdan, turli texnika vositalari: 
diafilm, epidiaskoplardan ham foydalanish yaxshi samara beraidi

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish