atreziyalarning barcha ko‘rinishlari,
shuningdek, teshik shakllarini talab qiladi:
rektouretral, rektochot orasi. 1-3 oy yoshda. 1-3 yoshgacha ichak o‘tib bo‘lmaslik
simptomlarini chaqirmaydigan jinsiy tizim va chot orasiga teshiklar bilan
nuqsonning to‘g‘rilanishini olib borishadi. Operativ muolaja metodini tanlashda
anorektal anomaliyalarning «past», «o‘rta» va «yuqori» shakllarini aniqlash muhim
hisoblanadi. Kamdan kam holatlarni hisobga olmaganda varcha «past» va «o‘rta»
anomaliyalar chot orasi anoplastikasi bilan muvaffaqqiyatli korrigirlanadi: Stoum-
Benson operatsiyasi, Rizoly bo‘yicha
old sagittal proktoplastika, Pena bo‘yicha
orqa sagittal proktoplastika.
«Yuqori» anomaliyalar kolostomaning oldindan yotqizilishini talab qiladi.
Anorektal anomaliyalarni davolashda kolostomiyaning eng yaxshi usuli ichakning
pastki dekompressiyasi va keyinchalik asosiy operatsiyaning o‘tkazilishining
xavfsizligini ta’minlaydigan pastga tushadigan ichak sohasida oxirli stomaning
alohida chiqarilishi hisoblanadi. Bu shuningdek, distal stoma orqali irrigografiya
o‘tkazish, va
mos ravishda, nuqson xarakteri va anatomiyasini aniqlash imkonini
beradi. Anorektal anomaliyalarni himoya kolostomiyasisiz korrigirlash xohishi
doim bo‘ladi. Lekin kolostomiyasiz muolaja infeksiya rivojlanishi xavfini olib
keladi va jarrohga nuqson anatomoyasida diqqatni jamlash imkonini bermaydi. Va
garchi bundagi keskinlashuvlar ko‘p uchramasda, biroq ular doim sfinkter apparati
keyinchalik funksiyasi uchun jiddiy xavfni o‘zida namoyon etadi.
Pastga ketadigan ichak sohasidagi kolostomiya chiqadigan yoki ko‘ndalang-
yoy bo‘limi chiqarishi oldida
shubhasiz ustunlikka ega, chunki bunda yo‘g‘on
ichakning juda kichik bo‘limi funksiyalanmaydi, bu juda muhim. Ma’lumki,
kolostomaning yopilishidan so‘ng suyuq stul bo‘lishi aynan o‘chirilgan ichak
atrofiyasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, agar kolostoma yo‘g‘on
ichakning distal bo‘limida qo‘yilgan bo‘lsa, unda keyinchalik,
asosiy operatsiya
vaqtida yo‘g‘on uchakning distal bo‘limining ajralishini amalga oshirish ancha
oson. Bemorda keng rekrouretral teshikning bo‘lishida siydik ko‘pincha yo‘g‘on
ichakka chiqadi va agar stoma ko‘ndalang-yoy bo‘limiga qo‘yilgan bo‘lsa, unda
yo‘g‘on ichakdagi siydik ushlanib qoladi va absorbirlanadi, bu metabolik asidoz
rivojlanishiga sharoit yaratadi. Oxirli emas, yon kolostoma
yaratilganida, yo‘g‘on
ichakning keltiradigan bo‘limi ichidagilari chiqaradiganga tushadi, bu uzoq vaqt
dilatatsiyasi harakatlanish faolligining og‘ir va turg‘un buzilishlari bilan
devorchasining o‘zgarishlariga olib kelishi mumkin bo‘lgan to‘g‘ri
ichak distal
qismining kengayishi va siydik yo‘llari infeksiyasi rivojlanishiga olib keladi.
Kolostomani rektosigmoid sohasida juda distal qo‘yish ham kerak emas, chunki bu
tushirish operatsiyasi vaqtida to‘g‘ri ichak mobilizatsiyasiga to‘sqinli qiladi.
Nuqsonning radikal to‘g‘rilanishini (operativ davolashning ikkinchi bosqichi)
– ichakning qorin-chot orasi tushirilishi 2 oydan 1 yoshgacha bo‘lgan yoshda
amalga oshirishadi. So‘nggi vaqtlarda nerv-reflektor kortiko-visseral aloqalarning
shakllanishi va mustahkamlanishi vaqtiga normaga maksimal yaqinlashgan
anatomik variantga erishish uchun rivojlanishning
anorektal nuqsonlari erta
to‘g‘rilanishiga intilish kuzatilmoqda.
Operatsiyadan so‘ng, ikkinchi haftadan boshlab tobora № 8 dan № 11-12
gacha oshirib borgan holda Gegar bujlari bilan qayta shakllangan anal kanalini
profilaktik bujirlanishini o‘tkazishadi. 2-2,5 oy davomida profilaktik bujirlash
ichakning teriga o‘tish joyida yumshoq tish yaratish va to‘g‘ri ichak stenoziga
uchramaslik imkonini beradi. Bujirlashni birinchi 1-2 haftda davomida statsionarda
har kuni o‘tkazishadi, keyin esa buni har haftali dispanser
nazorati ostida ota-
onalar bajarishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: