To‘g‘ri ichak odatda kengaygan va levator tolalar bilan o‘ralgan (ortdan va
yondan). U va chot terisi orasida mushak kompleksi nomiga ega ko‘ndalang-yo‘l
yo‘l mushaklar joylashgan. Bu tolalar qisqarganida anal chuqurchasini o‘rab
turadigan teri ko‘tariladi. O‘rta liniya bo‘yida, teri darajasida,
uning yon
tomonlarida parasagittal mushak tolalari joylashgan. Past uretral teshilarda odatda
mushaklar, dumg‘aza, o‘rtaliq va anal chuqurchasi yaxshi rivojlangan. Baland
fistulalarda esa mushaklar yomon rivojlangan, dumg‘aza
anomaliyalari mavjud,
osiladigan chot, o‘rtaliq ifodalanmagan, va anal chuqurchasi deyarli aniqlanmaydi.
Biroq bu qoidada cheklanishlar ham bo‘ladi. Rektouretral teshikda uretradan
ko‘pincha mekoniy ajraladi – nuqsonning bu variant borligining shubhasiz isboti.
Rektovezikal teshik.
Nuqsonning bu shaklida to‘g‘ri ichak siydik pufagi
bo‘yinchasiga ochiladi. Bunday holatlarda
prognoz odatda salbiy, chunki levator,
mushak kompleksi va tashqi sfinkter, odatda, rivojlanmagan. Dumg‘aza ko‘pincha
deformatsiyalangan va disgeneziya omillariga ega. Deyarli butun dumg‘aza to‘la
rivojlanmagan bo‘ladi. Chot odatda mushaklarning ayon to‘liq rivojalanmaganligi
bilan osilgan. Nuqsonning bu variantiga barcha anal atreziyalarning 10 foizi
tegishli.
Teshiksiz anorektal ageneziya.
Qanchalik g‘alati bo‘lmasin, lekin nuqsonning
bu kam uchraydigan shakli bo‘lgan bemorlarning ko‘pchiligida dumg‘aza va
mushaklar yaxshi rivojlangan. To‘g‘ri ichak chot terisidan taxminan 2 sm da
tugaydi. Ichak funksiyasiga nisbatan prognoz, qoidaga ko‘ra, ijobiy. To‘g‘ri ichak
va uretra orasida, hatto teshik bo‘lmaganida ham, ingichka umumiy devorcha bor –
nuqsonning ushbu varianti bu anatomik o‘ziga xosligini
operativ muolaja vaqtida
hisobga olish juda muhim.
To‘g‘ri ichak atreziyasi.
Anomaliyaning o‘g‘il bolalarda juda kam
uchraydigan bu variantida to‘g‘ri ichak uzunligi bo‘yicha ko‘r (atreziya) tugashi
yoki siqilgan (stenoz) bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri ichakning yuqoridagi «ko‘r» qismi
kengaygan, bu vaqtda esa uning pastki qismi 1–2 sm chuqurlikka ega ingichka anal
kanalini o‘zida namoyon etadi. To‘g‘ri ichakning atreziyalangan bo‘limlari
ingichka
membrana, ba’zan esa – fibroz to‘qimalarning baquvvat qatlami bilan
ajratilgan bo‘lishi mumkin. Nuqsonning bu shakli barcha anorektal anomaliyalar
orasida 1 % uchraydi. Odatda bunday holatlarda
yopish mexanizmini normal
funksiyasini ta’minlash uchun zarur barcha anatomik tuzilmalar bo‘ladi, va
prognoz mos ravishda ajoyib. Bunday bolalarda anal kanali yaxshi rivojlangan
ekan, unda anorektal zonaning ta’sirchanligi ham to‘liq saqlangan. Mushak
tuzilmalari odatda deyarli to‘liq normal.
Do'stlaringiz bilan baham: