bilan bog‘liq intra-abdominal bosim oshishi tormozlanadigan umumiy mushak
sustligi, natijada defekatsiya eziladi va qotishlar hosil bo‘ladi. Bunday buzilishlar
meningomeilotsele, serebral falaj, poliomelit,
polinevrit kabi patologiya
ko‘rinishlarida kuzatiladi.
Harakatlanish faolligining ichki buzilishlari. Bu buzilishlarning sababi
quyidagilarga
ajratilishi
mumkin:
(1)
harakatlanish
faolligining
generalizatsiyalangan buzilishi; (2) lokal intramural neyromushakli buzilishlar; (3)
giperkaltsiemiya, giperkaliemiya, giperparatireoidizm va qalqonsimon bez
funksiyasi anomaliyalari kabilarni o‘z ichiga oladigan metabolik va endokrin
buzilishlar; (4) ko‘pincha har qanday yoshda ichakning
harakatlanish faolligini
sekinlashtirishi mumkin bo‘lgan fenotiazin va opiatlar hosilalari bilan farmalogik
ta’sirlar. Bu preparatlarning ro‘yxati onalar homiladorlik vaqtida qabul qiladigan
dorilarni ham o‘z ichiga olishini ko‘zda tutish lozim. Harakatlanish faolligi
anomaliyalari muddatidan oldin tug‘ilgan bolalarda organic patologiya
bo‘lmaganida, ayniqsa respiratorli distressi, sepsis va elektrolit buzilishlari bo‘lgan
bemorlarda kuzatilishi mumkin.
Lokal intramural buzilishlar patologiyaning
juda keng spektri bilan
keltirilgan: nevrologik etilmaganlikdan – Girshprung klassik kasalligi «orqali» –
ultraqisqa segment bilan angliozgacha. Bu guruhning eng ko‘p uchraydigan sababi
– Girshprung kasalligi. Anorektal zonaning innervatsiyasi zararlanishi mumkin
bo‘lgan patologiyaning kamyob turlariga Chagas kasalligi (janubiy-amerika
tripanosomozi) va neyrofibromatoz kiradi. Bu kasalliklarda qotishlar yo kal
massalarining effektsiz siljishi, yo to‘g‘ri ichakning cho‘zilishiga javoban anal
sfinkterning bo‘shashga yetarlicha qodirasligi bilan bog‘liq.
Funksional qotishlar.
Funksional qotishlar – etiologik o‘zida, odatda, bir
«mavzuga» bog‘liq ko‘pgina sabablarni birlashuvini namoyon etadiga bolalardagi
qotishning eng ko‘p uchraydigan turi. Klassik aniqlanishga ko‘ra,
funksional
qotishlarga bolaning defekatsiyaga chaqiriluvni bilib turib, yoki bilmasdan inkor
etishi tegishli. Natijada to‘g‘ri ichak tobora cho‘ziladi va doimiy cho‘ziq holda
qoladi. Endi, reflektorli bo‘shash va defekatsiya akti sodir bo‘lishi uchun ancha
yuqori intrarektal bosim va ancha katta hajmdagi tarkib kerak.
Bunda kal
massalari, to‘g‘ri ichakda ko‘p ushlanib qolgancha, juda zich bo‘ladi va natijada
tashqariga erkin chiqa olmaydi. Cho‘zilishga javob qaytaradigan rektal retseptorlar
ta’sirchanligining pasayishi ham hosil bo‘ladi, bu o‘z navbatida ichki sfinkterning
relaksatsiyasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin, lekin, qoidaga ko‘ra, bu sodir
bo‘lmaydi. Aksincha, defekatsiyaga chaqiruv hissi inkor qilinadi.
Defekatsiyaga chaqiruv hissining yo‘qotilishi – «funksional qotishlari»
bo‘lgan bolalarda yagona «anomaliya» emas. Ayrim holatlarda shuningdek,
puborektal mushakning yetarli bo‘lmagan relaksatsiyasi va,
mos ravishda,
anorektal burchakning to‘g‘rilanmasligi bilan gipertonusi kuzatiladi. Bu
zararlanishda bolalar shuningdek, qotishlardan aziyat chekishi tabiiy.
Do'stlaringiz bilan baham: