№5. Tug'ma pastki ichak tutilishi. Girshprung kasalligi



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/18
Sana11.04.2022
Hajmi1,08 Mb.
#542239
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
№ 5

Lokal tuzilmali anomaliyalar.
Anorektal stenozni o‘z ichiga olgan holda 
anorektal zonaning jiddiy tuzilmali anomaliyalari ichak tarkibidagilarining normal 
evakuatsiyasi uchun haqiqiy anatomik to‘siq bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Lekin 
unchalik «jiddiy» bo‘lmagan anomaliyalar, masalan anal teshigining old ektopiyasi 
kabilar ba’zan og‘ir qotishlarni chaqiradi. Shunga o‘xshash tuzilmali anomaliyalar 
defekatsiyani ta’minlaydigan normal tug‘ma reflekslarning yo‘qligi bilan 
kuzatiladi, shuning uchun ham hatto bu nuqsonlarning to‘g‘rilanishi har doim ham 
qotishlarning yo‘qolishiga olib kelmaydi.
Anal yoriqlari defekatsiyaning ixtiyoriy ushlanishi (og‘riqlilik tufayli) sababi 
bo‘lishi va mos ravishda qotishlarni chaqirishi mumkin. Agar bunda yana anal 
kanali bo‘yicha o‘tib, bu yoriqlarni chuqurlashtiradigan zich kal massalari ham 
bo‘lsa, unda o‘tkir muammo surunkaliga o‘sishi mumkin. To‘g‘ri ichakni ezadigan 
va siqadigan o‘simta va abssesslar, shuningdek, ba’zan normal defekatsiyaga 
to‘sqinlik qiladi.
Tashqi nevrologik yoki mushak anomaliyalar. To‘lgan to‘g‘ri ichakning his 
qilinishi anal ta’sirchanligi buziladigan tashqi nevrologik yoki mushak 
buzilishlarida yo‘qolishi mumkin. To‘g‘ri ichak to‘lganligi haqidagi hisning 
yo‘qligida TAS va puborektal mushakning reflektorli ezishi natijasi ushlanmaslik 
bo‘lishi mumkin. defekatsiyaga chaqiruv hissining yo‘qotilishi bilan qotishlar 
to‘g‘ri ichakning turg‘un kengayishiga olib kelishi mumkin. rektal va anal 
reflekslarning susayishi, sfinkter tonusining o‘zgarishi va neyrogen siydik 
pufagining bo‘lishi ko‘pincha nevrologik buzilishlar fonida hosil bo‘ladi. Bunda 
shuningdek, qotish va ushlanmaslik hosil bo‘lishi mumkin.
Sabablardan yana biri – qorin devoir mushaklari va diafragma funksiyasi 


bilan bog‘liq intra-abdominal bosim oshishi tormozlanadigan umumiy mushak 
sustligi, natijada defekatsiya eziladi va qotishlar hosil bo‘ladi. Bunday buzilishlar 
meningomeilotsele, serebral falaj, poliomelit, polinevrit kabi patologiya 
ko‘rinishlarida kuzatiladi.
Harakatlanish faolligining ichki buzilishlari. Bu buzilishlarning sababi 
quyidagilarga 
ajratilishi 
mumkin: 
(1) 
harakatlanish 
faolligining 
generalizatsiyalangan buzilishi; (2) lokal intramural neyromushakli buzilishlar; (3) 
giperkaltsiemiya, giperkaliemiya, giperparatireoidizm va qalqonsimon bez 
funksiyasi anomaliyalari kabilarni o‘z ichiga oladigan metabolik va endokrin 
buzilishlar; (4) ko‘pincha har qanday yoshda ichakning harakatlanish faolligini 
sekinlashtirishi mumkin bo‘lgan fenotiazin va opiatlar hosilalari bilan farmalogik 
ta’sirlar. Bu preparatlarning ro‘yxati onalar homiladorlik vaqtida qabul qiladigan 
dorilarni ham o‘z ichiga olishini ko‘zda tutish lozim. Harakatlanish faolligi 
anomaliyalari muddatidan oldin tug‘ilgan bolalarda organic patologiya 
bo‘lmaganida, ayniqsa respiratorli distressi, sepsis va elektrolit buzilishlari bo‘lgan 
bemorlarda kuzatilishi mumkin.
Lokal intramural buzilishlar patologiyaning juda keng spektri bilan 
keltirilgan: nevrologik etilmaganlikdan – Girshprung klassik kasalligi «orqali» – 
ultraqisqa segment bilan angliozgacha. Bu guruhning eng ko‘p uchraydigan sababi 
– Girshprung kasalligi. Anorektal zonaning innervatsiyasi zararlanishi mumkin 
bo‘lgan patologiyaning kamyob turlariga Chagas kasalligi (janubiy-amerika 
tripanosomozi) va neyrofibromatoz kiradi. Bu kasalliklarda qotishlar yo kal 
massalarining effektsiz siljishi, yo to‘g‘ri ichakning cho‘zilishiga javoban anal 
sfinkterning bo‘shashga yetarlicha qodirasligi bilan bog‘liq.
Funksional qotishlar.
Funksional qotishlar – etiologik o‘zida, odatda, bir 
«mavzuga» bog‘liq ko‘pgina sabablarni birlashuvini namoyon etadiga bolalardagi 
qotishning eng ko‘p uchraydigan turi. Klassik aniqlanishga ko‘ra, funksional 
qotishlarga bolaning defekatsiyaga chaqiriluvni bilib turib, yoki bilmasdan inkor 
etishi tegishli. Natijada to‘g‘ri ichak tobora cho‘ziladi va doimiy cho‘ziq holda 
qoladi. Endi, reflektorli bo‘shash va defekatsiya akti sodir bo‘lishi uchun ancha 


yuqori intrarektal bosim va ancha katta hajmdagi tarkib kerak. Bunda kal 
massalari, to‘g‘ri ichakda ko‘p ushlanib qolgancha, juda zich bo‘ladi va natijada 
tashqariga erkin chiqa olmaydi. Cho‘zilishga javob qaytaradigan rektal retseptorlar 
ta’sirchanligining pasayishi ham hosil bo‘ladi, bu o‘z navbatida ichki sfinkterning 
relaksatsiyasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin, lekin, qoidaga ko‘ra, bu sodir 
bo‘lmaydi. Aksincha, defekatsiyaga chaqiruv hissi inkor qilinadi.
Defekatsiyaga chaqiruv hissining yo‘qotilishi – «funksional qotishlari» 
bo‘lgan bolalarda yagona «anomaliya» emas. Ayrim holatlarda shuningdek, 
puborektal mushakning yetarli bo‘lmagan relaksatsiyasi va, mos ravishda, 
anorektal burchakning to‘g‘rilanmasligi bilan gipertonusi kuzatiladi. Bu 
zararlanishda bolalar shuningdek, qotishlardan aziyat chekishi tabiiy.

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish