№5. Tug'ma pastki ichak tutilishi. Girshprung kasalligi



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/18
Sana11.04.2022
Hajmi1,08 Mb.
#542239
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
№ 5

 
 
16.9-rasm.
 Rektochot teshigi bilan to‘g‘ri ichak atreziyasi. 
2. 
Anal stenozi anal teshigining tug‘ma siqilishini o‘zida namoyon etadi va 
ko‘pincha so‘ngisining biroz oldinga siljishi bilan birga keladi. Bunda mekoniy 
ingichka bo‘shliq ko‘rinishida ajraladi.
 3. 
Anal membranasi. Nuqsonning bu kam uchraydigan ko‘rinishida anal 
teshigi joyida ingichka membrane bo‘ladi va u orqali mekoniy ko‘rinadi. Davolash 
bu membrananing rezeksiyasida yoki, zarur bo‘lganida – anoplastikadan iborat 
bo‘ladi.
4. 
Rektouretral teshik uretraga uning pastki, yoy (bulbar) qismiga (16.10-
rasm) yoki yuqori (prostatic) bo‘limga ochilishi mumkin. Bevositda teshik ustida 
to‘g‘ri ichak va uretra umumiy devor bilan ulangan, bu juda katta ahamiyatga ega 
va operativ muolaja amalga oshirilganida hisobga olinishi kerak.
 

 
16.10-rasm. 
Rektouretral teshik bilan to‘g‘ri ichak atreziyasi, moyakning yorilishi, 
gipospadiya. 


To‘g‘ri ichak odatda kengaygan va levator tolalar bilan o‘ralgan (ortdan va 
yondan). U va chot terisi orasida mushak kompleksi nomiga ega ko‘ndalang-yo‘l 
yo‘l mushaklar joylashgan. Bu tolalar qisqarganida anal chuqurchasini o‘rab 
turadigan teri ko‘tariladi. O‘rta liniya bo‘yida, teri darajasida, uning yon 
tomonlarida parasagittal mushak tolalari joylashgan. Past uretral teshilarda odatda 
mushaklar, dumg‘aza, o‘rtaliq va anal chuqurchasi yaxshi rivojlangan. Baland 
fistulalarda esa mushaklar yomon rivojlangan, dumg‘aza anomaliyalari mavjud, 
osiladigan chot, o‘rtaliq ifodalanmagan, va anal chuqurchasi deyarli aniqlanmaydi. 
Biroq bu qoidada cheklanishlar ham bo‘ladi. Rektouretral teshikda uretradan 
ko‘pincha mekoniy ajraladi – nuqsonning bu variant borligining shubhasiz isboti.
Rektovezikal teshik.
Nuqsonning bu shaklida to‘g‘ri ichak siydik pufagi 
bo‘yinchasiga ochiladi. Bunday holatlarda prognoz odatda salbiy, chunki levator, 
mushak kompleksi va tashqi sfinkter, odatda, rivojlanmagan. Dumg‘aza ko‘pincha 
deformatsiyalangan va disgeneziya omillariga ega. Deyarli butun dumg‘aza to‘la 
rivojlanmagan bo‘ladi. Chot odatda mushaklarning ayon to‘liq rivojalanmaganligi 
bilan osilgan. Nuqsonning bu variantiga barcha anal atreziyalarning 10 foizi 
tegishli.
Teshiksiz anorektal ageneziya. 
Qanchalik g‘alati bo‘lmasin, lekin nuqsonning 
bu kam uchraydigan shakli bo‘lgan bemorlarning ko‘pchiligida dumg‘aza va 
mushaklar yaxshi rivojlangan. To‘g‘ri ichak chot terisidan taxminan 2 sm da 
tugaydi. Ichak funksiyasiga nisbatan prognoz, qoidaga ko‘ra, ijobiy. To‘g‘ri ichak 
va uretra orasida, hatto teshik bo‘lmaganida ham, ingichka umumiy devorcha bor – 
nuqsonning ushbu varianti bu anatomik o‘ziga xosligini operativ muolaja vaqtida 
hisobga olish juda muhim.
To‘g‘ri ichak atreziyasi.
Anomaliyaning o‘g‘il bolalarda juda kam 
uchraydigan bu variantida to‘g‘ri ichak uzunligi bo‘yicha ko‘r (atreziya) tugashi 
yoki siqilgan (stenoz) bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri ichakning yuqoridagi «ko‘r» qismi 
kengaygan, bu vaqtda esa uning pastki qismi 1–2 sm chuqurlikka ega ingichka anal 
kanalini o‘zida namoyon etadi. To‘g‘ri ichakning atreziyalangan bo‘limlari 


ingichka membrana, ba’zan esa – fibroz to‘qimalarning baquvvat qatlami bilan 
ajratilgan bo‘lishi mumkin. Nuqsonning bu shakli barcha anorektal anomaliyalar 
orasida 1 % uchraydi. Odatda bunday holatlarda yopish mexanizmini normal 
funksiyasini ta’minlash uchun zarur barcha anatomik tuzilmalar bo‘ladi, va 
prognoz mos ravishda ajoyib. Bunday bolalarda anal kanali yaxshi rivojlangan 
ekan, unda anorektal zonaning ta’sirchanligi ham to‘liq saqlangan. Mushak 
tuzilmalari odatda deyarli to‘liq normal.

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish