3-topshiriq. Maqola so’ziga sinkveyn tuzing.
Maqola so’ziga sinkveyn:
1.Maqola
2. Ilmiy, publisistik
3.Yoziladi, Ma’lumot beradi, Tanqid qilinadi
4. Ijtimoiy hayot hodisalari tahlil qilinadi
5.Janr
Uy vazifasi
4-topshiriq. Biror taniqli olimning xayoti va faoliyati haqida maqola tayyorlang.
Albert Eynshteyn hayoti va kashfiyotlari
Albert Eynshteyn 1879 yilning 14-mart sanasida Avstriyaga qarashli Ulm shahrida tavallud topgan. Bo‘lajak buyuk fizikning otasi German Eynshteyn ham, maktab chog‘laridayoq tengdoshlariga nisbatan kuchli zehni va ajoyib matematik qobiliyati bilan ajralib turgan ekan. Albert 1 yoshga to‘lgan yili, Eynshteynlar oilasi Myunxenga ko‘chib o‘tadi. Albert Eynshteyn 5 yoshlik paytida unga kompas sovg‘a qilishgan. Yosh Albert ushbu ajoyib narsaning xususiyatlaridan hayratlanib, butun kelajak hayotiga ta'sir ko‘rsatuvchi kuchli qiziqishlar olamiga sho‘ng‘ib ketgan. Keyinchalik, 12 yoshlik chog‘ida uning qo‘liga Yevklidning geometriya kitobi (ya'ni, "Boshlang‘ichlar" asari) tushib qoladi. Eynshteyn o‘zining fizika va umuman ilm-fan olamiga kirib kelishida bolaligida qo‘liga kelib tushgan aynan o‘sha ikkita narsa - kompas va geometriya kitobi hal qiluvchi o‘rin tutganini ko‘p bora ta'kidlagan.
Eynshteyn Syurix politexnikumini tugatgan. Syurix universiteti (1909) va Berlin universiteti Bavariya Fanlar akademiyasi fizika instituti direk tori (1914-33). 1933 yildan to umrining oxirigacha Prinston institutida (AQSH) ishlagan.
Ilmiy ishlari asosan nisbiylik nazariyasiga doir. E. massa va energiyaning oʻzaro bogʻliqligi qonunini kashf qilgan (1905). Maydon kvant nazariyasining yaratilishida E.ning hissasi juda katta. Yorugʻlik nurlanishini yorugʻlik kvantlari yoki fotonlar oqimidan iborat, deb hisoblab, yorugʻlik nurlanishining diskretligi, kvant strukturaga ega ekanligi haqidagi tasavvurni fanga kiritgan, Broun harakatining molekulyarstatistik nazariyasini rivojlantirgan (1905), fotonni nazariy jihatdan kashf qilgan. Kvant nazariya asosida temperatura pasayishi bilan qattiq jism issiqlik sigʻimining kamayishini (1907), muvozanatli nurlanish energiyasining fluktuatsiyasini birinchi marta koʻrib chiqqan (1909); fotoeffektiv, flyuoressensiya uchun Stoks qoidasini, fitoionlanish va boshqalarni tushuntirib bergan (1912), fotokimyoning asosiy qonuni (Eynshteyn qonuni) ni ochgan (1912), nurlanish uchun korpuskulyar-toʻlqin dualizm, induksiyalangan (majburiy) nurlanish hodisasini oldindan aytib bergan (1916). E. jismlar magnitlanganda mexanik momenti oʻzgarishi hodisasini bashorat qilgan va tajribada koʻrsatgan (niderland fizigi V. de Xaaz bilan hamkorlikda, 1915). E. gravitatsion toʻlqinlar haqida postulat qabul qilib (1916), gravitatsion nurlanish quvvati formulasini keltirib chiqargan (1918). Butoʻn spinli zarralarning kvant statistikasi (Boze — Eynshteyn statistikasi)ni yaratgan (1924—25). 1933 yildan kosmologiya va maydonning yagona nazariyasi bilan shugʻullangan. E. ijtimoiysiyosiy voqealarni ham kuzatib borgan. U urush va fashizmga qarshi chiqqan. E. 1940 yilda fashistlar Germaniyasida yadro quroli borligi toʻgʻrisida AQSH prezidenti F. Ruzveltga xat yozdi. U yadro qurolining qoʻllanilishiga qarshi boʻlgan. E.ning ilmiy ishlari hozirgi zamon fizikasining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Nobel mukofoti laureati (1921).
Do'stlaringiz bilan baham: |