Maqola
Maqola — publitsistik janr. Maqolada
ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil
qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan
umumlashtiriladi, davlat siyosati,
iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda
erishilgan yutuqlar, ilgʻor ish tajribalari
ommalashtiriladi, xalq xoʻjaligidagi
nuqsonlar tanqid qilinadi. Matbuotda
bosh Maqola, nazariy va targʻibot
Maqola, muammoli Maqola keng
qoʻllanadi. Bosh Maqola (yoki tahririyat
tomonidan yoziladigan Maqola)
tahririyatning eng masʼuliyatli Maqolasi
boʻlib, unda ichki va xalqaro hayotga doir
muhim masalalarni oʻquvchilar
ommasiga yetkazish vazifasi qoʻyiladi.
Bunday Maqola muayyan masala
yuzasidan yoʻl-yoʻriq koʻrsatishi, mavjud
kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir
ishning asosiy haqiqiy yulini belgilab
berishi loziMaqola Prezident farmonlari,
Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasi
tomonidan qabul qilinadigan davlat va
hukumat hujjatlari, qarorlari, qonunlari
davrning dolzarb masalalari bosh
Maqolada ochib beriladi. Nazariy Maqola
va targʻibot Maqolaning asosiy vazifasi
mustaqillik, milliy gʻoya, istiqlol
mafkurasining asoslari va prinsiplarini;
ilmiy Maqolaning vazifasi fan, madaniyat,
texnika yutuqlarini tushuntirish,
ommalashtirish, oʻquvchining gʻoyaviy,
ilmiy saviyasini oshirishdan iborat.
Muammoli Maqola munozara va bahsla-
shuv mazmunida boʻlib, unda biror
masala yuzasidan muallif oʻz qarashlarini
oʻrtaga tashlaydi.
Oʻzbekistonda Maqola janri tarixi,
asosan, „Turkiston viloyatining gazeti“
bilan bogʻliq. Unda ijtimoiysiyosiy
hayotning turli sohalari oʻz ifodasini
topgan (Furqat, Ibrat, Hakimxon va
boshqalar). Keyinchalik taraqqiyparvar
oʻzbek milliy matbuotida Hamza, Ab-dulla
Avloniy, Abdulla Qodiriy va boshqa oʻz
Maqolalari bilan ishtirok etishgan.
Hozirgi ommaviy vositalarida Maqolaning
hamma turlarida materiallar berib
boriladi.maqola bu dolzarb mavzularni
yorituvchi nashrdir.
Maqola istilohi keng maʼnoda gazeta,
jurnal, radio, televideniya, shuningdek,
toʻplamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan
ham qoʻllanadi.
Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat
bo‘ladi: 1. Kirish — bunda tanlangan
mavzuning dolzarbligi belgilanadi. 2.
Asosiy qism — muallif tomonidan
rejalangan fikr, muammo yoki yangilik
bayon qilindi. 3. Xulosa — mavzu
yuzasidan muallifning xulosalari,
tavsiyalari beriladi.
Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda,
adabiy til meʼyorlariga to‘liq amal qilingan
holatda yoziladi. Maqola yozishda
maqolaning mavzusini belgilash va unga
sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat
kasb etadi. Maqolaning sarlavhasi qisqa,
lekin eʼtiborni jalb qiladigan va, albatta,
maqolaning bosh mavzusini yoritib
beradigan bo'lishi lozim. Maqola Bundan
tashqari, maqolalarda muallif haqida
qisqacha maʼlumot va foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxati ko‘rsatiladi.
[1]
Manbalar
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-
yil
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Soʻnggi tahrir 7 oylar avval 188.113.193.221 tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Maqola&oldid=2106675
" dan
olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |