Bilib oling!
Ruboiy to‘rtlik, ya’ni to‘rt misra (qator)dan iborat bo‘ladigan, ta’limiy tarbiyaviy mavzuda yoziladigan she’riy asardir.
Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilar bilim darajalari va ishtiroklariga muvofiq baholanadi. Dars oxirida yangi mavzuga yakun yasaladi va o’qituvchi o’z fikr-mulohazalarini bayon qiladi.
Uyga vazifa. Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqida so‘zlab bering.
D A R S I SH L A N M A S I
Sana: ____________________
Sinf: _____
Fan: o’zbek tili
Mavzu: Sanоq son. Dona va taqsim sonlar.
I. Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga sonlar haqida ma’lumot berish, o’tilganlarni takrorlash ;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni o’zbek tiliga, Vatanga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini rivojlantirish.
Bilib oling!
Shaxs, narsa-hodisalarni sanash, donalab ifodalash uchun dona sonlar ishlatiladi. Dona sonlar sanoq sonlarga –ta qo‘shimchasini qo‘shish orqali yasaladi. Masalan: Hovlimizga
beshta ko‘chat o‘tqazdim.
2- mashq. Nuqtalar o‘rniga berilgan sonlardan mosini tanlang, tanlangan raqamlarni so‘z bilan yozib, gaplarni ko‘chiring.
1. Sanamay ... (1, 2, 7, 8) dema. 2. ... (7, 14, 21) o‘lchab, ... (3, 2, 1) kes. 3. ...ni (3, 2, 4, 1) kessang, ...ni (7, 8, 10) ek.
3- mashq. Topishmoqlarni toping. Ularda ishtirok etgan sonlarni ma’no jihatidan izohlang.
1. O‘zi bitta, qulog‘i to‘rtta.
2. Bir o‘ra, bir o‘rada ming o‘ra.
3. Pak-pakana bo‘yi bor, yetti qavat to‘ni bor.
Bilib oling!
Shaxs, narsa-hodisalarni taqsimlab sanashni ifodalash uchun taqsim sonlar qo‘llanadi. Taqsim sonlar sanoq sonlarga -tadan qo‘shimchasini qo‘shish orqali yasaladi. Masalan:
Har birimiz uchtadan daraxt ekdik.
4- mashq. Nuqtalar o‘rniga gap mazmuniga mos keladigan sonlarni qo‘yib, gaplarni to‘ldiring.
Sinfdoshlarim bilan „Bahor guldastasi“ tanloviga tayyorlanyapmiz. Guldastamiz ... yoki ... guldan iborat bo‘lmaydi. Biz dala gullari va madaniylashtirilgan gullarni birlashtiramiz. Buning uchun ... dastadan boychechak, chuchmoma, ... lola, ... atirgul,
... chinnigul kerak. Shunda har birimiz ... gul olib kelamiz.
5- mashq. Qavs ichidagi so‘zlardan mosini qo‘yib gaplarni to‘ldiring va ulardan foydalanib „Bahor manzaralari“ nomli matn tuzing.
1. Bahor keldi va bog‘lar (ko‘k, yashil) rangga kirdi. 2. Qirlarda (oq, qizil) lolaqizg‘aldoqlar ochildi. 3. O‘rik shoxlari (oq, pushti) rangli gullarga burkandi. 4. Gilos daraxti (sariq, oppoq) guldastaga aylandi. 5. Olma shoxlarida (qoramtir, och qizil) gullar paydo bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |