Mavzu: Shakl-ko’rinishni bildiruvchi sifatlar.
I. Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga sifatlar haqida ma’lumot berish, o’tilganlarni takrorlash ;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni o’zbek tiliga, Vatanga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini rivojlantirish.
Savollar va topshiriqlar
1. „Odobni odobsizdan o‘rgandim“ deganda nimani tushunasiz?
2. Xarakter-xususiyatni ifodalovchi sifatlar ishtirokida gaplar tuzing.
3. Odob haqida 2 ta maqol yoddan ayting.
Yangi mavzu.
Bilib oling!
Ko‘rkam, chiroyli, savlatli, tekis, dumaloq, egri, qiyshiq, baland, past, novcha, pakana, hashamatli, oriq, semiz kabi so‘zlar shaxs va narsalarning shakli, ko‘rinishini ifodalashda qo‘llanadi. Masalan: Anvar novcha bola. Tekis yo‘ldan yuring.
2- mashq. Nuqtalar o‘rniga berilgan so‘zlardan mosini qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.
1. Navoiy ko‘chasi ... shahrimizning eng ... ko‘chalaridan biri. 2. ... ko‘chani kesib o‘tayotganda ehtiyot bo‘ling. 3. ... bola yosh bolali ayolga yo‘ldan o‘tishga yordam berdi. 4. Svetoforning qizil chirog‘i yonishi bilan ... va ... mashinalarning hammasi to‘xtadi.
F o y d a l a n i s h u c h u n s o ‘ z l a r : kichik, novcha, azim, uzun, katta,
Yodda tuting!
Shakl-ko‘rinishni ifodalovchi so‘zlar juft holatda qo‘llanganda ular orasiga chiziqcha qo‘yiladi: baland-past, egribugri, qing‘ir-qiyshiq kabi.
4- mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar gapda qanday vazifa bajarayotganini izohlang.
1. Katta va ko‘rkam ko‘chalarimizni ozoda saqlaylik. 2. Yo‘llarimiz keng va tekis. 3. Svetoforning dumaloq ko‘zlari uch xil rangli. 4. Bu yo‘l eski, qiyshiq, tor ko‘chalarning o‘rniga qurilgan.
5- mashq. Matnni o‘qing va shakl-ko‘rinishni bildirgan so‘zlarning qo‘llanilishiga e’tibor bering.
Kecha sinf rahbarimiz bilan „Amaliy san’at muzeyi“ga bordik. Metroning „Kosmonavtlar“ bekatidan chiqdik. Ko‘cha katta va serqatnov ekan. Svetoforning yashil chirog‘i yondi va biz o‘tish yo‘lagidan o‘tdik. Ko‘cha juda chiroyli. Uning chetiga chiroyli gullar ekilgan, chim yotqizilgan. Biz gullarni uzmadik. Maysalarning ustidan yurmadik. To‘g‘ridagi uzun va tor ko‘chadan muzey tomon ketdik.
6- mashq. Berilgan so‘z va birikmalar ishtirokida „Bizning ko‘cha“ mavzusida 4 — 5 ta gapdan iborat matn tuzing.
F o y d a l a n i s h u c h u n s o ‘ z l a r : tekis, ravon, o‘tish belgisi, to‘xtash joyi, keng, tor, qiyshiq, katta darvoza, baland uy.
N a m u n a : Bu keng ko‘cha bizning ko‘chamiz
Mustahkamlash. Bu bo’limda o’quvchilarning yangi mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida quyidagi savol va topshiriqlardan foydalaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |