5- “V”sinf Adabiyot Sana: 10 .11.17
Mavzu: Jonatan SVIFT «Gulliverning sayohatlari» asarlari
Maqsad:
Ta’limiy maqsad:O`quvchilrning ifodali o`qish ko`nikmalarini shallantirish. Gulliverning sayohati orqali jahon bolalar adabiyoti bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarning dunoqarashini kengaytirish va badiiy adabiyotlarni o`qishga qiziqtirish .
Rivojlantiruvchi maqsad: O'quvchilarning ifodali o'qish va og`zaki nutqini rivojlantirish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars metodi: Tushuntirish, savol-javob, izlanish
Dars jihozi: Jonatan Svift portreti ,“Gulliverning sayohati” ga oid rasmlar,“Gulliverning sayohati”kitobi
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism:(5 daqiqa) a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) ma’naviy daqiqa
2. O’tgan mavzuni takrorlash.(10 daqiqa)
J.Svift hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob o’tkaziladi.
3. Yangi mavzu.(15 daqiqa)
Bolajonlar bugun biz sizlar bilan ”Jahon bolalar adabiyoti” bo`limidagi Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohati” romanidan parchani o`rganamiz. Hozir sizlar bialan Jonatan Sviftning hayoti va ijodi haqida suhbat olib boramiz.
Jonathan Swift (talaffuzi: Jonatan Svift) (30-noyabr 1667 — 19-oktabr 1745) — ingliz/irland yozuvchisi, shoiri va satirachisi. Swift ingliz nasrining eng yuksak namoyondalaridan hisoblanadi.Swiftning shoh asari ilk bor 1726-yilda chop etilgan „Gulliverning sayohatlari“romanidir. Bu asar dunyoning koʻp tilariga, shu jumladan o`zbek tiliga tarjima qilingan. Romanni ko`pchilik bolalar uchun yozilgan deb o`ylaydi. Ammo „Gulliverning sayohatlari“ aslida insoniyat haqida satiradir.
Swiftning ijodidagi eng muhim va yagona roman — „Gulliverning sayohatlari“ (1-2-jildlar, 1726) ingliz jamiyatidagi illatlarni fosh etuvchi achchiq satira, o`tkir aybnomadan iborat. Gulliverning xayoliy o`lkalar — liliputlar (mitti odamlar), brobdingneglar (ulkanlar), guigngnmlar (aqlli otlar) mamlakatlariga qilgan sayohatlari bilan bog`liq holda adib real voqelikdagi yangicha munosabatlar, bosqinchilik urushlari, davlat idoralaridagi sotqinlik, sudyalarning adolatsizligi va boshqalarni aks ettirgan.
Darslik bilan ishlash.
Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari“ romanidan parchani o`qib berish. Mazmunini tahlil qilish.
Lug`at ishi
Chilvir- Ingichka pishiq arqon, arg‘amchi.
liliputlar (mitti odamlar),
brobdingneglar (ulkanlar),
guigngnmlar (aqlli otlar)
4.Mustahkamlash. (10 daqiqa) Savol-javob o`tkazish:
1.Gulliver uyg`onganda nimani ko`rdi?
2.Gulliver nimaga o`xshar edi?
3.Gulliver kimlarni ko`rdi?
4.Odamlar Gulliverga qanday munosabatda bo`ldilar?
5.Ular Gulliverni qanday ovqatlantirdilar?
6.Ularning maqsadi nima edi?
Do'stlaringiz bilan baham: |