60. Тафаккур ва онг. Tafakkur — inson aqliy faoliyatining yuksak shakli; obʼyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. T. atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. U sezgi, idrok, tasavvurlarta qaraganda voqelikni toʻla va aniq aks ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. T. — inson miyasining alohida funksiyasi. Uning nerv fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining oʻzaro munosabatidan iborat. T. jarayonida insonda fikr, mulohaza, gʻoya, faraz kabilar vujudga keladi va ular shaxsning ongida tushunchalar, hukmlar, xulosalar shaklida ifodalanadi. T. til va nutq bilan chambarchas bogʻliq ravishda namoyon boʻladi. Fikrlash faoliyati nutq shaklida namoyon boʻladi. Nutq aloqasi jarayonida insonning hissiy mushohada doirasi kengayib qolmay, orttirilgan tajriba boshqa kishilarga ham beriladi. Inson fikr yuritish faoliyatida oʻzida aks ettirgan, idrok qilgan, tasavvur etgan narsa va hodisalarning haqiqiyligini aniqlaydi, hosil qilingan hukmlar, tushunchalar, xulosalar chin yoki chin emasligini belgilab oladi. Inson T.i orqali voqelikni umumlashtirib, bevosita (bilvosita) aks ettiradi, narsa va hodisalar oʻrtasidagi eng muhim bogʻlanishlar, munosabatlar, xususiyatlarni anglab yetadi. Ong — psixik faoliyatning oliy shakli. U fakat insonga xos fenomendir. O., uning mohiyati masalasi eng qad. muammolardan biri. O.ni dastlab diniy va mifologik karashlar doirasida tushuntirishga uringanlar. O.ni liniy tushuntirish uni iloxiy hodisa, xudo yaratgan moʻʼjiza tarzida talkin qilishga asoslanadi. Koʻpgina dinlarda inson O.i buyuk ilohiy aqlning namoyon boʻlish shakli tarzida tavsiflanadi. Bunday qarashlarning ildizi juda qad. boʻlsada, ular hamon oʻzining koʻplab tarafdorlariga ega. Kimki olam va odam yaratilganligini tan olar ekan, O. ham yaratganning qudrati deb hisoblaydi. O.ning mohiyatini izohlashda 2-yoʻnalish — bu O. moddiy olamni inson miyasida aks etishi deb tushunish, uni inson tanasi faoliyati bilan bogʻlab talqin etishdir. O. tarixi insonning inson boʻlib shakllana boshlashi tarixi bilan bogʻliqdir. Inson ham biologik, ham ijtimoiy mavjudot ekan, demak, O. ham biologik va ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir. O. insonning fikr va hislari, sezgilari, tasavvurlari, irodasi va karashlaridan tashkil topgan. Oʻz oʻzini anglash, xotira, iroda, nutq O.ning asosiy jihatlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |