46. Тафаккурнинг билиш жараёнлари тизимидаги урни. Inson o‘z tafakkuri, ongi bilan hayvonot olamidan ajralib chiqqan hamda jahonning hukumdoriga aylangan. Tafakkur inson bilish faoliyatining yuksak bosqichi hisoblanib, uning yordami bilan atrof-muhitga aloqador qonuniyatlar ochiladi, bunyodkorlik ishlari ro‘yobga chiqariladi, jamiyatning istiqbol rejalari yaratiladi, tabiatga nisbatan munosabat o‘matiladi. Ma’lumki, olamdagi barcha narsalarning yaratilishi, loyihasi, tuzilishi, yaqqol ijrosi, g‘oyalar ishlab chiqilishining barchasi tafakkur mahsuli bo‘lib hisoblanadi. Taraqqiyot (progress), madaniyat, jamiyat, shaxs kamoloti negizida salohiyat majmuasi tarzida yuzaga keluvchi, rivojlanishning harakatlantiruvchisi - tafakkur yotadi. Inson o‘z tafakkuri, nutqi, ongi mavjudligi tufayli dunyodagi, borliqdagi mavjudotlardan ham mazmun, ham miqdor jihatidan yuksak kamolot darajasiga ko‘tarilgan. Xuddi shu bois inson tafakkurini rivojlantirish, takomillashtirish, ichki imkoniyatlari, mexanizmlarini ro‘yobga chiqarish taraqqiyotni belgilovchi omil sifatida gavdalanadi. Bugungi kunda biz insonlar butun yer yuzidagi o‘ta murakkab J -J telefon tarmoqlariga qaraganda ancha murakkab tuzilishdan iborat bo‘lgan atigi uch funtli inson miyasini tadqiq eta oldik: yangi tug‘ilgan chaqaloqlaming qobiliyatlaridan taajjubga tushdik; inson ongining vizual obrazlarini bir vaqtning o‘zida, parallel ishlov berish uchun guruhlab, keyin esa ulardan qayta yorqin rangli obrazlami yaratuvchi millionlab nerv impulslariga taqsimlovchi sensor tizimini munosib baholay oldik; inson xotirasining umumiy ko‘rinishi bilan hajmining cheksizligini va biz tevarak-atrofdan olayotgan axborotlarga ongli hamda anglamagan holda osonlik va zudlik bilan ishlov berishimizga ishonch hosil qildik. Shuning uchun insoniyat vakillari orasida fotoapparat, avtomobil va kompyutemi ixtiro qilgan, atomni parchalagan va genetik kodni kashf etgan, kosmik fazoni zabt etgan va okean tubiga sho‘ng‘iy olgan daholaming mavjudligi ajablanarli hol emas. Psixologiya fani paydo bo‘lgandan buy on soha doirasida ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilgan bo‘lsa-da tafakkur muammosi eng kam o‘rganilgan kategoriya sanaladi. Mavzuni o‘qib-o‘zlashtirish jarayonida bu muammoning mohiyatini o‘zlashtirish juda ham murakkabligini tushunasiz. Biz tafakkurning ba’zi aspektlarini va qismlarini tadqiq qila olamiz va hamma savollarga javob bera olmasak ham ulami aniqlashtirishga harakat qilamiz. Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur orqali biz sezgi a’zolarimiz bilan bevosita aks ettirib boTmaydigan narsa va hodisalami ongimizda aks ettiramiz. Umuman olganda tashqi muhitdagi narsa va hodisalar o‘rtasida ko‘z bilan ko‘rib, quloq bilan eshitib bo‘lmaydigan ichki munosabatlar hamda qonuniyatlar mavjud. Ana shu ichki bog‘lanish hamda qonuniyatlami biz tafakkur orqali bilib olamiz. Demak, tafakkur deb, narsa va hodisalar o‘rtasidagi eng muhim bog‘lanishlar va munosabatlaming ongimizda aks ettirilishiga aytiladi. Сӯз-мантиқ хотираси. Сўз-мантиқ хотираси мазмунини фикр ва мулоҳазалар, аниқ ҳукм ҳамда хулоса чиқаришлар ташкил этади. Инсонда фикр ва мулоҳаза турли хил шакллар ифодаланган-лиги туфайли, уларни ифодалаш фақат ўзлаштирилаётган материалларнинг асосий маъносини изохлаш, талқин қилиб бериш ёки улар-ни сўзма-сўз ифодаланилишини айнан айтиб беришга қаратилган бўлиши мумкин. Агар маълумот, ахборот, хабар, материал маъно жи-ҳатдан қайта ишланмаса, у ҳолда материални сўзма-сўз ўзлаштириш мантиқий ўрганиш бўлмасдан, балки, аксинча, механик эсда олиб қолишга айланиб қолади. Сўз-мантиқ хотиранинг вужудга келишида биринчи сигнал билан бир қаторда иккинчи сигналлар тизими асосият касб этади. Чунки сўз мантиқ хотираси фақат инсонга хос бўлган хотиранинг махсус тури ҳисобланиб, бу хотира тури ўзининг содда шакллари билан ҳай-вонларга ҳам тааллукди бўлган характер ҳис-туйғу ва образли хотиралардан ҳам сифат, ҳам миқдор жиҳатидан кескин фарқ қилади. Ана шу боисдан сўз-мантиқ хотираси бир томондан хотиранинг бошқа турлари тараққиётига асосланади, иккинчидан, уларга нисбатан етак-чилик қилади. Шу билан бирга бошқа барча турларнинг ривожлани-ши сўз-мантиқ хотиранинг таккомиллашувига узвий боғлиқдир. Сўз мантиқ хотиранинг ўсиши қолган хотира турларининг барқарорлашувиниь белгилайди.
Do'stlaringiz bilan baham: |