97.Эсда олиб колиш: билвоситалик ва бевоситалик характери. Esda olib qolish inson faoliyatining xususiyatiga bevosita bog'liqdir . A.A.Smimov , P.I.Zinchenko tajribalari shuni ko'rsatadiki , esda olib qolish u yoki bu faoliyatdagina samarali bo'lishi mumkin . A.A.Smimovning tajribalarida tekshirishlarga qaraganda ikki xil faoliyat taklif qilinsa , birinchi holda ular ma'noli matnni esda olib qolish nazarda tutiladi . Sinaluvchilar matnni yodlar ekanlar , materiallar ustida hech qanday faol ish olib bormaganlar . Ikkinchi holda esa esda olib qolish vazifasi qo'yilmaydi - yu , lekin matn ustida muayyan ish olib borish unda uchraydigan ma'noviy xatolarni aniqlash taklif etiladi . Ikkinchi holda esda olib qolish ancha samarali bo'lganligi aniqlangan . Maxsus vositalar va oqilona usullarni qo'llash orqali esda olib qolish sohasidagi yondashishdan iborat tashkiliy faoliyat alohida ahamiyatga ega . A.A. Smimov o'tkazgan tajribasida shuni ko'rsatadiki , matnni maxsus tuzib chiqilgan rejaga asoslangan holda yodlash rejasi , pala - partish esda olib qolishdan ikki barobar samaraliroq ekan , psixolog olimlarning tavsiyasiga binoan yodlash jarayonida materialni takrorlash bilan uni faol esga tushirishni o'zaro almashtirib turish yuqori natijalar beradi .Esda olib qolish jarayoni deganda sezgi , idrok , tafakkur , ichki kechinmalarni xotirada saqlanish xususiyati tushuniladi . Kundalik hayotimizda kitob , jurnal , gazeta oʻqiyotganimizda materialni esda olib qolish uchun shu materialning ma'nosiga tushunib olishga harakat qilamiz . Jamiki narsa insonga yetarli darajada tushunarli boʻlmasa , u taqdirda ularni esda olib qolish jarayoni juda qiyin kechadi . Oʻrganilayotgan materialning mazmuni va ma'nosiga tushunib olish uchun odam uni tahlil qilishga , umumlashtirishga harakat qiladi . A.A.Smirnov ta'kidlaganidek , materialni oʻzlashtirib olish xuddi shu jarayonga yaqqol misoldir . Mualliflarning shaxsiy fikriga koʻra oʻzlashtirayotgan materiallarni esda olib qolish qiyinligi sababli ularni tushuna olmaslikdir . Tushunib olishning esda olib qolishdagi ahamiyati xuddi shu bilan tavsiflanadi . Jahon psixologiya fani to'plagan ma'lumotlarga qaraganda oʻzlashtirilayotgan materialni mexanik tarzda egallashga nisbatan uning ma'nosini tushunib oʻzlashtirish bir necha marta mahsuldordir . Esda olib qolish jarayonida oʻzlashtirilayotgan materialning ma'noga ega boʻlishi yoki bo'lmasligi muhimdir . Assotsiativ psixologiya maktabining vakili , taniqli psixolog G.Ebbingauz jahon psixologiyasida birinchi boʻlib 1885 yilda oliy ruhiy jarayon boʻlgan xotirani , yilda intellektni ilmiy tajriba metodi negizida tekshirdi va keng koʻlamda turmushga tatbiq etdi . U xotira jarayonini tajriba orqali tekshirishning asosiy yo'nalishini ishlab chiqdi . Xotirani « sof » koʻrinishda o'rganishga harakat qilib ma'no kasb tmayd bo ardan foydalandi . Uning bu tadqiqoti kishining mantiqiy xotirasi emas , balki mexanik xotirasiga nisbatan qoʻllanishiga xos toʻgʻri yo'nalishdir . G.Ebbingauzning bu tadqiqoti psixologiyada introspektiv ( oʻz - oʻzini kuzatish yoki ichki kuzatish ) metodiga qarama - qarshi qoʻyilgan ilmiy tajribaviy metod yutug'i sifatida ilmiy - amaliy ahamiyatga egadir . U xotira jarayonini tekshirishda o'z oldiga 38 ta ma'no anglatmaydigan boʻgʻinlardan tuzilgan materialni esda olib qolishni maqsad qilib qo'ygan . Bu materialni oʻzlashtirish oʻrtacha 55 marta takrorlashni talab qiladi Esda olib qolish uchun 38-40 soʻzdan , 11 ta soʻz oʻzaro bogʻliq boʻlmagan soʻzlardan foydalangan . Bu materialni oʻzlashtirish 6-7 marotaba takrorlashni talab etgan , umumiy hisob esa 9 + 1 nisbatga toʻgʻri keladi. Xotira faoliyati esda qoldirishdan boshlanadi . Esda qoldirish idrok qilingan narsa va hodisalarni miya po'stida iz hosil qilishdir . Uning fiziologik asosi miya poʻstida muvaqqat nerv bog'lanishining vujudga kelishidir . Esda qoldirish oʻzining faolligi jihatidan ikkiga bo'linadi : Caixtiyoriy esda qoldirish ; Dixtiyorsiz esda qoldirish . xtiyorsiz esda qoldirishda oldindan maqsad quyilmaydi , mavzu tanlanmaydi va iroda kuchi sarflanmaydi . Oʻzining go'zalligi , hissiy ta'sirchanligi , hajmi , harakatchanligi , tezligi , shakli va boshqa xossalari bilan farq qiladigan narsa va hodisalar ixtiyorsiz esda qoladi . Masalan , tasodifiy hodisalar , kamay - surnay ovozi ixtiyorsiz esda qoladi . Ixtiyoriy esda qoldirishda esa oldindan maqsad qo'yib mavzu belgilanadi . Masalan , dars materiallarini esda olib qolish , imtihonga tayyorlanish va boshqalar . Ixtiyoriy esda qoldirishda quyidagi turli usullardan foydalaniladi : maqsad qo'yish , masalan , institutga kirish oldidagi maqsad ; o'quv materiallarini tushunib esda qoldirish ; esda qoldirishning ratsional usullaridan foydalanish , masalan , esga tushirish yo'li bilan esda qoldirish . Beixtiyor esda qoldirishda qiziqish katta rol o'ynaydi . Bizning oldingi tajribamiz bilan bogʻliq narsa va hodisalar beixtiyor oson esda qoladi . Biz ba'zi bir faktlarni bilsak , ular haqida tushunchaga ega bo'lsa , shu faktlarga tegishli bo'lgan hamma narsalar oson esda qoladi . Ixtiyorsiz esda qoldirish inson hayotida katta ahamiyatga ega bo'lib , undan ortiqcha harakat talab qilmagan holda hayotiy tajribalarni kengaytiradi va boyitadi . Biroq ixtiyorsiz esda qoldirish tez bo'lsa ham ko'pincha noaniq bo'ladi , bunday esda olib qolingan narsa va hodisalar keyinchalik yanglish esga tushiriladi . Ixtiyoriy esda qoldirish ko'zda tutilgan maqsadga muvofiq tanlangan materialni esda qoldirishdir . Kishi ixtiyoriy esda qoldirish uchun esda saqlashning maxsus usullarini saqlagan holda materialni puxta esda qoldirish uchun o'zining kerakli kuchini sarf qiladi . Ammo mexanik esda saqlanishni ma'noli esda saqlash bilan qoʻllanilishi foydalidir . Nemis psixologi German Ebbingauz xotira jarayonlarini tadqiq qiladi U ma'nosiz 3 harflardan iborat o'rtda unli ikki chekkada undosh bo'lgan harflarni yozadi . U har yerdan tanlab , takrorlaydi . Va o'zini test qiladiUshbu ro'yhatni bir kun o'rganib o'zidan so'ng sbbingauz bir nechta so'zlarni ayt deydi lekin ular butunlay esidan chiqib ketadimi ? Ebingauz shuni topdikiki u qanchalik so'zlami bir kundan ko'p qaytarsa ikinchi kunda bu so'zlarni qaytarishi kamroq vaqt ketgazgan ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |