23.Диккатнинг кучиши ва таксимланиши. Diqqatning ko‘chuvchanligi Diqqatning ko‘chishi deganda, biz uning bir narsadan ikkinchi boshqa bir narsaga, faoliyatning bir turidan boshqa turiga o‘tishini tushunamiz. Masalan, odam o‘z diqqatini kitob o‘qishdan surat ko‘rishga, surat ko‘rishdan esa o‘z fikrlarini bayon etishga ko‘chirishi mumkin. O‘quvchilar o‘z diqqatlarini bir fanni o‘qishdan boshqa fanga ko‘chiradilar, chunonchi, matematikadan tarixga, tarixdan rus tiliga va shuning kabilar. Diqqatning ko‘chishi ixtiyorsiz va ixtiyoriy tarzda sodir bo‘lishi mumkin. Diqqatni ko‘chirishning nerv-fiziologik asosi, asosan, ikkinchi signallar sistemasining signallari orqali bosh miyaning po‘stida paydo bo‘lgan optimal qo‘zg‘alish o‘chog‘ining o‘rin almashtirishidir. Diqqatning ko‘chirilishi ko‘p hollarda qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, ba’zan diqqatni bundan oldingi obyektdan ajratish qiyin bo‘lsa, boshqa hollarda oldingi ishining ketidan qilinadigan yangi ishga kirishib ketish qiyin bo‘ladi. Diqqatni ko‘chirishning yengillik yoki qiyinligi bir qancha sabablarga bog‘liqdir. Bu sabablardan biri – ketmaket qilinadigan ish mazmunlari o‘rtasida bog‘liqlik bor yoki yo‘qligidir; agarda bunday bog‘liqlik yo‘q bo‘lsa, diqqat tez va yengillik bilan ko‘chishi mumkin. Diqqatni ko‘chirishning yengillik yoki qiyinlik sabablaridan yana biri diqqat qaratilgan narsalarga va bajarilayotgan ishlarga nisbatan kishining munosabatidadir. Masalan, agar kishi ilgari qilgan ishiga zo‘r qiziqish bilan qarab, undan keyingi qilinadigan ishga aytarli qiziqmasa, bunday paytda ilgarigi ishdan diqqatni ko‘chirish qiyin bo‘ladi va sekinlik bilan amalga oshiriladi. Aksincha, agar keyingi qilinadigan ish oldingisiga qaraganda qiziqarli va yoqimliroq bo‘lsa, diqqat tez va osonlik bilan ko‘chadi. Agar qilinayotgan ish to‘la tugallansa, u paytda kishi o‘z diqqatini bir faoliyatdan ikkinchisiga yengillik bilan ko‘chira oladi, aksincha, agar oldingi ishni oxirigacha yetkazmay turib, qandaydir sababga ko‘ra, diqqatni yangi bir faoliyatga ko‘chirish lozim bo‘lib qolsa, bu narsa ancha qiyin bo‘ladi. Eng yaxshi diqqat, albatta, bir narsadan ikkinchi narsaga tez ko‘cha oladigan diqqatdir. Diqqatning mana shunday xususiyati tufayli, kishi atrofidagi muhitga tez moslasha oladi hamda o‘zgaruvchan sharoitdagi turli elementlarning ahamiyatlarini tezlik bilan belgilay oladi. Diqqatning tez ko‘chuvchanligi kishining ishini ham tezlashtiradi. Diqqatning tez ko‘chuvchanligi, uning boshqa sifatlari kabi kishining amaliy faoliyati jarayonida taraqqiy etadi. Diqqatning ko’chuvchanligi. Diqqatning ko’chishi deganda, biz uning bir narsadan ikkinchi boshqa bir narsaga, faoliyatning bir turidan boshqa turiga o’tishini tushunamiz. Masalan, odam o’z diqqatini kitob o’qishdan surat ko’rishga, surat ko’rishdan esa o’z fikrlarini bayon etishga ko’chirishi mumkin. O’quvchilar o’z diqqatlarini bir fanni o’qishdan boshqa fanga ko’chiradilar, matematikadan tarixga, tarixdan rus tiliga va shuning kabilar. Diqqatning ko’chishi ixtiyorsiz va ixtiyoriy tarzda sodir bo’lishi mumkin. Diqqatni ko’chirishning nerv-fiziologik asosi, asosan, ikkinchi signallar sistemasining signallari orqali bosh miyaning po’stida paydo bo’lgan optimal qo’zg’alish o’chog’ining o’rin almashtirishidir. Diqqatning ko’chirilishi ko’p hollarda qiyinchiliklar bilan bog’liq bo’ladi. Masalan, ba’zan diqqatni bundan oldingi obektdan aj’ratish qi-yin bo’lsa, boshqa hollarda oldingi ishining ketidan qilinadigan yangi ishga kirishib ketish qiyin bo’ladi. Eng yaxshi diqqat, albatta, bir narsadan ikkinchi narsaga tez ko’cha oladigan diqqatdir. Diqqatning mana shunday xususiyati tufayli, kishi atrofidagi muhitga tez moslasha oladi hamda o’zgaruvchan sharoitdagi turli elementlarning ahamiyatlarini tezlik bilan belgilay oladi. Diqqatning taqsimlanishi - ikki va undan ortiq faoliyat turlarining ayni bir vaqtning o‟zida muvaffaqiyatli bajarish imkoniyati bilan bog‟lik xususiyatidir. Diqqatning taqsimlanishi murakkab faoliyat jarayonini amalga oshirishda alohida axamiyatga ega. Agarda diqqat faqat bir murakkab ish jarayonining o‘zida ikki yoki uch narsaga qaratilgan va faoliyatning turli usullari bilan bog‘liq bo‘lsa, bunday diqqatni bo‘lingan yoki taqsim qilingan diqqat deyiladi. Masalan, tramvay haydovchisi o‘z ishi davomida diqqatni ayni bir vaqtda piyoda yuruvchilar, avtomobillar va boshqa tramvaylar harakatini hamda shuning bilan birga, motorning ishlashini va konduktorning signallarini kuzatib boradigan qilib taqsimlashi lozim. Haydovchi ham o‘z diqqatini xuddi shunday taqsimlashi kerak. O‘qituvchi darsni tushuntirish paytida o‘z diqqatini o‘quvchilar xulqiga, ko‘rgazma qurollarni ko‘rsatishga, sinf doskasiga va shu kabilarga taqsimlashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |