SIFATLARNING MA’NO GURUHLARI
Sifatlar qanday belgini ifodalashiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo'linadi:
1.Xususiyat sifatlari shaxs va narsalarning xil-xususiyatlarini, holatini ifodalaydi: kamtar, xira, chopag’on, xursand, g’amgin, eski, sun’iy, sho'x, notanish, ezma, no'noq, so'zamol, tansiq, yangi, yoqimli, mos, dono, ziyrak, serfahm, zukko, ravon, tiniq, zabardast kabi.
2.Rang-tus sifatlari narsalarning turli xil rang-tusini ifodalaydi: oq, qora, ko'k, sap-sariq, olachipor, ko’m-ko’k, yashil, zangori , malla.
3.Maza-ta'm sifatlari narsalarning maza-ta'mini ifodalaydi: shirin, achchiq, sho’r, nordon.
4.Hid sifatlari narsalarning hidini ifodalaydi: xushboy,sassiq,badbo’y,muattar, qo'lansa.
5. Hajm-o'lchov sifatlari narsalarning hajmini, vaznini. o’lchovi va shaklini ifodalab keladi: egri, keng. tor, uzun, qisqa, baland, kattakon, yapaloq, yirik, dumaloq, bahaybat.
6.Makon-zamon sifatlari narsalarning o'rin va vaqtga nisbatan belgilarini bildiradi: qadimgi, yozgi, ichki, bulturgi, oldingi, qishki, kechki, kuzgi.
E s l a t m a: Agar sifatlar ko'chma ma’noda ishlatilsa,sifatning bir ma’no turi boshqa ma’no turini ifodalaydi.Masalan: Voy,manavi bolaning shirinligini qarang gapida maza-ta’mni bildiruvchi sifat (shirin) xususiyat bildirishga xizmat qilgan.
Yoki Salim aka bag'ri keng inson gapida hajm-o'lchov bildiruvchi sifat (keng) xususiyat bildirgan.
SIFATLARNING OTLASHUVI
Sifat bog'lanib kelgan ot ba’zan gapda tushib qoladi. Bunday vaqtda uning ma’nosi ham sifatga yuklanadi. Natijada sifat otlashib, egalik, kelishik, ko'plik qo'shimchalari bilan o'zgarish xususiyatiga ega bo'ladi va ot bajargan sintaktik vazifalarda keladi. Sifat otlashsa, ot kabi kim?, nima? so'roqlarini oladi.Taqqoslang: Yaxshi odamdan bog' qoladi,yomon odamdan-dog'- Yaxshidan bog' qoladi, yomondan-dog'. Birinchi gapda yaxshi sifati shaxsning(odamning) xususiyatini ifodalab sifatlovchi aniqlovchi vazifasida qo'llanyapti, ikkinchi gapda shaxs (odam) tushirilib, uning shakli (qo'shimchasi) sifatga qo'shilgan, yani -dan qo’shimchasi odam so'zi tushirilgach, sifatga qo'shilmoqda va endi gapda to'ldiruvchi vazifasida qo'llanmoqda. Otlashish uchun sifat bog'langan so'z tushirilishi kerak. Sifatning otlashganligini aniqlash uchun tushirilgan otni tiklab ko'rish lozim: keksalar keldi-keksa kishilar keldi. Sifat gapda asosan sifatlovchi aniqlovchi va ot kesim vazifasida qo'llanadi. Agar egalik, kelishik, ko'plik shakllarini оlsa, gapda ega,to'ldiruvchi,qaratqich aniqlovchi, undalma sifatida qo'llanadi.
Namuna: Ilg'orlarga mukofotlar topshirildi. 2. Dono, aqllilar hech qachon yo'ldan adashmaydi. Dono-durdan a’lo.
E s l a t m a: Aniqlanmishsiz qo'llangan sifat deganda otlashgan sifat tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |