milligramm,gramm, kilo(gramm), litr, tonna, sentner
|
misqol, botmon, paysa,
dahsar
|
2
|
Uzunlik o'lchovlari
|
millimetr, santimetr, ditsimetr, kilometr
|
chaqirim, qarich, yog'och, gaz, qalam
|
3
|
Donalik o'lchovlari
|
dona, bosh, nafar, tup
|
dona, bosh, nafar
ttttt
tanob
|
4
|
May Maydon o'lchovlari
|
Sot sotix, gektar
|
Ttttt tanob
|
Sanoqsonbilansanaladigannarsalarniifodalovchiso‘zo'rtasidaqo'llanilib, bunarsaningo'lchovinibildiradigan so‘zlarhisob (o'lchov) so'zlarisanaladi. Masalan: ikki qop guruch - bu yerda ikki sanoq son bo'lsa, guruch sanaladigan narsa. Ularning o’rtasidagi qop so'zi hisob so'zdir. Qop aslida ot so'z turkumi bo'lib, bu yerda otlik xususiyatini yo'qotib, guruchning miqdorini ifodalab kelmoqda. Hisob so'zlar ko’pincha ot so'z turkumi bilan ifodalanadi.
Masalan: Shu orada u ikki hovuch arpa solingan tog'orachani keltirib, eshakning oldiga va bir bog' beda keltirib, ho'kizning oldiga qo 'yibdi.
Yuqorida sanab o'tilgan o'lchov birliklarining ayrimlari o'lchanayotgan, sanalayotgan predmetning qandayligiga xoslangan bo'ladi. Masalan, nafar shaxslarning, bosh hayvonlarning, litr suyuqliklarning, tup o'simliklarning miqdorini ifodalashga xoslangan: besh tup daraxt (pomidor), o'n bosh qo'y, to 'rt nafar talaba kabi.
O'lchov so'zlar ichida ayrimlari faqat o'lchov-hisob ma’nosini bildirsa, ayrimlari alohida olinganda predmet nomini, matn ichidagina o'lchov birligi ma’nosini bildiradi. Masalan, suvuqlik o'lchovi uchun paqir (chelak), shisha, bochka; xashak-o'tinlarni o'lchash uchun tutam, quchoq, bog'; uzunlikni o'lchash uchun qarich, qadam,yog'och singari so'zlar faqat matn ichidagina qo'llaniladi. Masalan, besh shisha suv, uch bochka pivo, bir paqir yog';yuz bog' beda, bir quchoq о'tin, bir tutam xashak; uch qarich gazmol, besh qadam yo'l kabi.
Alohida olinganda esa narsa va hodisalarning nomini bildiradi: shisha,paqir, qarich, qadam kabi.
O'lchov so'zlar butunning,guruhning yoki to'daning qismini hisoblash uchun(burda,parcha,varrak(sahifa),og'iz,luqma,siqim,tilim(karch),chimdim,qultum,tomchi, qatra,chaqmoq,nimta,to'g'ram,poy,bo'lak,shingil) va to'dalab,guruhlab ko'rsatish uchun(gala,to'p,para,guruh,to'da,dasta,bog'(bog'lam),quchoq,shoda,nafar,hovuch) ishlatiladi.
SONLARNING OTLASHUVI
Sonlar ba’zan otlar kabi egalik,kelishik, ko'plik qo'shimchalarini qabul qilib, uning so'rogi'ini olib otlashadi. Son otlashishi uchun son bog'langan so'z gap tarkibidan tushirilishi kerak. Masalan: Tayog'i yo'g'on birni urar, so'zi yo'g'on mingni urar. (Tayog'i yo'g'on bir kishini urar, so'zi yo'g'on ming kishini urar)
SONLARNING TUZILISHIGA KO'RA TURLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |