SIFATLARNING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI
Belgining darajasini ko'rsatadi: yaxshiroq, eng uzun, ko'kish.
Otlashadi: Yomonlardan qoch.
Yasaladi: chiroyli, guldor.
Fe’lga bog'lanib, ravish o'rnida keladi: Do'stim chiroyli yozadi.
SIFATLARNING SINTAKTIK XUSUSIYATLARI
Sifatgapdaotgabog'lansa, sifatlovchianiqlovchi,fe’lgabog'lansa,ravishholi, gapningoxiridakelsa, otkesimvazifasinibajaradi: Nomusjondanhamqimmatliroq. Yozgi harakat-kuzgi barakat.U chiroyli yozadi.
Otlashsa: Ega: Yoshroqlari olovga yaqinroq, keksalari bo'lsa olovdan uzoqroq о'tirishar edi. To'ldiruvchi: Kattaga katta bo'l, kichikka-kichik . Qaratqich aniqlovchi: Baxilningbog'iko'karmas. Hol: Sotuvchiolmalarni arzonga sotdi.
SIFATLARNING TUZILISHIGA KO'RA TURLARI
Sifatlar tuzilishiga ko'ra sodda, qo'shma, juft va takroriy bo'ladi.
1. Sodda sifatlar bir asosdan iborat bo'lgan sifatlardir. Ular ikkiga bo'linadi:
a) sodda tubsifatlar - tarkibida so'z yasovchi qo'shimchasi bo'lmagan sifatlar: qora, ko’kish, kattaroq, qalin,yo'g'on,oq, egri, tabiiy, sun'iy.
b) sodda yasama sifatlar - tarkibi so'z yasovchi qo'shimcha bilan shakllangan sifatlar: xosiyatli, bo'ydor, sersut, tiniq, sovuq, ulug'vor, yoqimli, beor,noumid.
2.Qo'shma sifatlar ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan sifatlar hisoblanadi. Masalan: devqomat, ko'ylakbop, qirg'iyko’z, xushfe’l.
Qo'shma sifatlar, asosan, qo'shib yoziladi. Qo’shma sifat quyidagicha hosil bo’ladi:
Ot+ot: havorang,chumchuqko’z,kulrang,mehmondo’st, devqomat, sheryurak, jigarrang, toshbag'ir,bodomqovoq.
Ot+fe'l: erksevar, osmono'par, mehnatsevar, jonkuyar, ichakuzdi,ishyoqmas.
Sifat+ot: balandparvoz, sofdil, kaltafahm, oqko'ngil, shirinso’z, ochko'z;
Ravish+ot: hozirjavob, kamgap, kamqon,kamquvvat,kamhosil;
5. Ot+sifat: tepakal, yoqavayron, xonavayron.
6. Ravish+ fe’l: tezyurar,ertapishar,tezoqar.
7. Olmosh+ot: umumjahon,umumxalq.
8. Son+fe’l: beshotar.
3. Juft sifatlar o'zaro yaqin yoki zid ma’noli ikki asosning juft kelishidan hosil bo'ladi. Juft sifat qismlari chiziqcha bilan yoziladi:yaxshi-yomon, katta-kichik, baland-past, oq-qora,qing'ir-qiyshiq, boy-badavlat, sarson-sargardon, sog'- salomat.
Juft sifat qismlari -u,-yu vositasida bog'lansa, ular o'rtasiga chiziqcha qo'yiladi va ajratib yoziladi: yakka-yu yagona.
4. Takroriy sifatlarbir asosning aynan takrorlanishidan hosil bo'ladi. Masalan: katta-katta, yangi-yangi, barra-barra, mayda- mayda, lo'nda-lo'nda, achchiq-achchiq, oppoq-oppoq, yirik-yirik,uzun-uzun.
Takroriy sifatlar belgini ta'kidlab, kuchaytirib ifodalaydi. Takroriy sifat qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
SON
Narsalarning son-sanog'i va tartibini bildirib, qancha? necha? nechanchi? nechta? so'roqlariga javob bo'ladigan so'zlar son deyiladi. Sonlar narsalar, belgi-xususiyatlar, harakat-holatlarining miqdori yoki tartibini bildiradi. Shunga ko'ra sonlar ikki guruhga bo'linadi:
miqdor sonlar; 2) tartib sonlar.
MIQDORSONVAUNINGTURLARI
Miqdorsonlarqandayma’nonibildirishigako'rasanoq, dona, chama, taqsim, jamlovchi, kasrsonlargabo'linadi.
SANOQ SON
Son-sanoqni bildiruvchi sonlar sanoq sonlar deyiladi. (Akad. litsey darsligida: Bosh shakl orqali ifodalangan miqdor sonlarga sanoq sonlar deyiladi).
Sanoq sonlar yozuvda, ko'pincha, arab raqami bilan yoziladi. Sanoq son tarkibiga kiruvchi bir so'zi sanoq bildirishidan tashqari quyidagi ma’nolarni ifodalaydi:
Noaniqlik (bunda u kimdir olmoshiga sinonim bo'ladi): Tashqarida sizni bir kishi chaqiryapti.
Kuchaytirish: Bir yig'ladi, bir yig'ladi.
Ketma-ketlik (bunda u dam, goh bog'lovchilariga sinonim bo’ladi): Bir qor yog'di, bir yomg'ir.
4.Chegaralash (bunda u faqat so'ziga sinonim bo'ladi): Darsga bir Furqat kelmadi.
5. Tenglik (bunda u teng so'ziga sinonim bo’ladi): Qonun oldida hamma bir.
DONA SON
Narsalarning miqdorini donalab ifodalaydigan sonlar dona son deyiladi. Ular
-taqo'shimchasi yordamida hosil qilinadi.
Bu qo'shimcha urg'u olmaydi va faqat donalab sanalishi mumkin bo'lgan predmetlarni sanash uchun qo'llaniladi. Masalan, o'nta kitob, beshta daftar, lekin o'nta kerosin, beshta benzin deb bo'lmaydi. O'nta suv deyilishi mumkin, lekin bu vaqtda o'nta soni shisha ma'nosini ham o'z ichiga oladi. O'nta suv «o'n shisha suv» ma’nosida qo'llaniladi. Shuningdek, mashinaga quyilgan benzin haqida gap ketganda, o'nta quy, о'ttizta quydim, degan jumlalarni eshitamiz. Bunday vaqtda dona son litr ma’nosini ham o'z ichiga oladi. O'nta quydim jumlasi «о‘n litr quydim» ma’nosini ifodalaydi.
Donalash ma’nosi -ta qo'shimchasidan tashqari dona so'zi bilan ham ifodalanadi.
Donalab sanalayotgan narsalarning turini ta’kidlash uchun -ta qo'shimchasi o'rnida bosh(hayvonlar),nafar (shaxslar),tup(o'simliklar),litr(suyuqlik),gramm(og'irlik) kabi so'zlar ishlatiladi: uchta ot, besh bosh qo'y, o'n nafar o'quvchi, uch tup daraxt, ikki litr benzin, ming gramm go'sht.
CHAMA SON
Narsaning miqdorini taxminlab, chamalab ko'rsatadigan sonlarga chama son deyiladi. Ular -tacha, -lab, -larcha qo'shimchalari yordamida yasaladi: beshtacha, yuzlab, o'nlarcha.-cha qo'shimchasi hisob so'zdan so'ng qo'shilib, chama, taxmin ma’nolarini ifodalashi mumkin: besh kuncha, o'n kuncha.
Esda tuting: Chama son qo'shimchalardan tashqari ikki sonni juftlash orqali ham hosil qilinadi: besh-olti yil, o'n besh-yigirma bola,ikki-uch kun kabi.
JAMLOVCHI SON
Narsalarning miqdorini jamlab ko'rsatadigan sonlar jamlovchi sonlar deyiladi. Ular sanoq songa –ov,-а1а,-оv1оn(eski shakli) kabi qo'shimchalarni qo'shish bilan hosil bo'ladi.
Jamlovchi sonlar otlashgan xususiyatga ega bo'ladi,ya’ni otlarga yaqin turadi. Shuning uchun jamlovchi son qo'shimchalari ko'plik va uch shaxsdagi egalik qo'shimchalaridan birini olib keladi. Masalan. besh-beshovi-beshovlari, uch- uchalasi-uchalalari, ikki-ikkovlon, ikkalasi kabi.
-alа qo'shimchasini olgan son egalik qo'shimchasini olmasligi ham mumkin.U vaqtda son otlashmagan bo'ladi. Masalan: Uchala qiz chiqdi ariq bo'yiga.
–ov,-ala qo'shimchalari faqat ikkidan o'ngacha bo'lgan sonlarga qo'shilib,jamlik ma’nosini ifodalaydi. Bu qo'shimchalar unli bilan tugagan sanoq sonlarga qo'shilganda, asos qismdagi iunlisi tushib qoladi: olti+ovlon=oltovlon,ikki+ala=ikkala kabi.
TAQSIM SON
Narsalarning miqdorini taqsimlab ko'rsatadigan sonlarga taqsim son deyiladi. Taqsim sonlar ikkitadan ortiq predmetlarning bo'laklarga teng ajratilganini bildiradi. Ular –tadan qo'shimchasi yordamida yasaladi. Masalan: to'rttadan, uchtadan.
Azim har yelkasiga to'rttadan odam sig'adigan yigit bo'libdi.
Taqsim sonlar dona sonlarni takrorlash orqali ham hosil bo'ladi: beshta-beshta
Do'stlaringiz bilan baham: |