ma’lumotlar uzatish va boshqa xizmatlarni taklif qiladi. Telefon tarmog‘i bо‘yicha
ma’lumotlar uzatish (telefon xizmatini qо‘llab) telefon kanallari bо‘ylab
ma’lumotlar uzatish xizmati sifatida kо‘riladi. Telefondan foydalanuvchi, modem
yordamida о‘zining kompyuterini telefon tarmog‘iga ulashi mumkin. Ma’lumotlar
uzatish xizmati sifatida biz ma’lumotlar uzatish uchun maxsus yaratilgan
aloqa
tizimini tushunamiz, ya’ni qurilma va dasturiy vositalar majmui, qayta ishlash
usullari, taqsimlash va ma’lumotlar uzatish. Shu vaqtning о‘zida ma’lumotlar
uzatish xizmati telefon aloqa xizmatini ham taqdim etishi mumkin.
Telekommunikatsiyaning barcha xizmatlarida axborot almashish avvaldan
belgilanga aniq qoidalar bо‘yicha amalga oshishi kerak. Bu qoidalar (standartlar)
elektr aloqaning bir nechta xalqaro tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilad i. 1978
yilda standartlashtirish bо‘yicha xalqaro tashkilotda SC16 komiteti tashkil etildi.
Uning vazifasi ochiq tizimlarni о‘zaro aloqasi uchun xalqaro standartlar ishlab
chiqarish.
Ochiq tizim deb – ochiq tizimlar talablarini qondiruvchi, turli tizimlar
bilan
о‘zaro ta’sirlashishi mumkin bо‘lgan tizim tushuniladi. Agar tizim ochiq tizimlarni
о‘zaro bog‘langan (OTО‘B) etalon modeliga mos kelsa u ochiq tizim xisoblanadi.
OTО‘B etalon modeli – standartlar tuzilishini umumiy strukturasi. U aloxida
standartlar orasidagi о‘zaro bog‘lanish prinsipini aniqlaydi va OTО‘B uchun talab
etiladigan kо‘pgina standartlarni bir vaqtda ishlab chiqish imkonini ta’minlash
uchun asos xisoblanadi. Biroq OTО‘B standarti
faqatgina etalon modelni
aniqlabgina qolmay, balki etalon modelni qondiruvchi aniq xizmatlar t о‘plamini,
shuningdek xizmatlarni ta’minlovchi protokollar tо‘plamini aniqlashi zarur. Bunda
protokol deb, bir-biri bilan ishlovchi satxlarni о‘zaro ta’sirlash qoidalarini va
jarayonlarini aniqlaydigan xujjat tushuniladi.
Bunda ochiq tizimlarga taalluqli barcha jarayonlar о‘zaro bog‘langan
satxlarga bо‘linadi. Yetti satxli modelda (1-3) quyi
satx protokollari axborot
uzatishga, yuqori satx (5-7) protokollari axborotlarni
qayta ishlashga
mо‘ljallangan. Transport satx protokollari ba’zida aloxida ajratiladi, u axborot
uzatish bilan bevosita bog‘liq emas. Biroq bu satx о‘zining funksiyalari bо‘yicha
quyi satlarga yaqin bо‘lgani uchun quyi satxga tegishlidir. Barcha yettita satxning
vazifasi qо‘shimcha jarayonlarni ishonchli о‘zaro ta’sirini ta’minlashdir. Bunda
qо‘shimcha jarayonlar sifatida foydalanuvchi extiyoji uchun axborotlarni berish,
kiritish, saqlash va qayta ishlash jarayonlari tushuniladi. Xar bir satx о‘zining
vazifasini bajaradi. Biroq satxlarning xavfsizligi uchun
ular bir-birining ishini
tekshiradi.
Qо‘shimcha satx – tarmoqda uzatiladigan axborot manbalari va foydalanuvchi
xisoblanuvchi qо‘shimcha jarayonlar va tarmoq terminallarini boshqaradi. Bu
satxning vazifasi foydalanuvchining dasturini ishga tushirish, ularni bajarishni,
ma’lumotlarni kiritish-chiqarishni, terminallarni boshqarish, tarmoqni adminstrativ
boshqarishdir. Bu satxda foydalanuvchilarga turli
xizmatlarni taqdim etish
ta’minlanadi. Bu satxda ma’lumotlar uzatish
infrostrukturasini sozlash
xisoblunuvchi texnologiyalar ishlaydi: elektron pochta, tele va videokonferensiya,
resurslarga ulanish, internetda ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: