5.2.1-chizma
O’zbekiston Respublikasining tuzilmaviy investisiya siyosati
Tuzilmaviy investisiya siyosati hududlar, tarmoqlar va korxona investisiya siyosatlaridan tarkib topib, ular o’zaro bog’liqdir. Hududlar investisiya siyosati - investisiyani sarflashda aholi, hudud va investor manfaatlarini hisobga olgan holda samarali ishlatishga imkon beruvchi hududda olib boriladigan chora-tadbirlar majmui. Tarmoq investisiya siyosati esa bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini ta’minlovchi tarmoqlar, sanoat mahsulotlarini eksport qilish, import o’rnini bosuvchi ishlab chiqarishni rivojlantirish, ilmiy-texnika taraqqiyotini investisiya yo’li bilan qo’llab-quvvatlash hisoblanadi. Davlat tuzilmaviy investisiya siyosatida yangi tarmoqlarni tashkil etish va rivojlantirish, aholining iste’mol tovarlari, ish joylarga bo’lgan talabini qisqa vaqt ichida yuqori darajada ta’minlashga erishish yo’lida quyidagi vazifalarga amal qilmoqda:
-eskirgan ishlab chiqarishlarni sekin-asta muomaladan chiqarib tashlash;
-mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash;
-to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan va talabga mos holda ishlab chiqarish tuzilmalarini yaratish;
-ishlab chiqarish resurslaridan va ilmiy-texnika salohiyatidan imkon qadar yuqori darajada foydalanishni ta’minlash;
-mamlakatning ekologik va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash va uni kuchaytirish;
-samarali, raqobatga asoslangan ishlab chiqarishlar, bozor infratuzilmasi, xizmat ko’rsatish soxasi va intellektual faoliyatlar rivojlanishini uyg’unlashtirish;
-iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish va yangi tarmoqlarni barpo etish;
-aholining ish bilan bandligini va hamda iqtisodiy faolligini oshirish;
-hududlar ijtimoiy infratuzilmasini to’liq shakllantirish.
Tuzilmaviy investisiya siyosatini olib borishda muhim strategiyalar ishlab chiqarilgan bo’lib, ularning mohiyati kichik iqtisodiy subyektlar rivojlanishini qo’llab-quvvatlashdan iborat. Mazkur ishlarni amalga oshirishda xorijiy investisiyalarni jalb etish muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda siyosiy barqarorlik, investisiya muhitini juda qulayligi xorijiy investorlar uzoq muddatli investisiya loyihalarini tuzishda asos bo’lmoqda. Bundan tashqari, jalb etilgan chet el investisiyalar va kreditlar uchun kafolatlar taqdim etish, soliq va bojxona ta’riflari bo’yicha imtiyozlar, zayom va foiz stavkalarini subsidiyalash kabi shart-sharoitlar yaratilmoqda, o’nlab qonuniy hujjatlar amal qilmoqda.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan investisiya siyosatining asosiy yunalishlari orasida kuyidagilarni alohida ta’kidlab ko’rsatish mumkin:
-investisiya jalb qilish uchun xalqaro me’yorlar va konvensiyalarga mos keladigan, sanoati rivojlangan mamlakatlar investorlari tomonidan tan olinadigan huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga intilish;
-respublikaga jahon darajasidagi texnologiyalarni yetkazib beradigan va iqtisodiyotning zamonaviy tuzilishini vujudga keltirishga yordam beradigan investorlar uchun ochiq eshiklar siyosatini izchillik
bilan amalga oshirish;
-ishlab chiqarish bilan bog’liq investisiyalarni kiritishga ko’maklashish;
-mamlakatning kredit qobiliyatini qo’llab-quvvatlash;
-mamlakatning ayrim mintaqalarida ijtimoiy va ekologiya muammolarini hal qilishga qaratilgan investisiyalarni kiritishga yordam berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |